Hoshimov, S. S
MAGNIT OQIMI O‘ZGARMAS BO‘LGANDA MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIK
Download 1.18 Mb.
|
Kitob 3531 uzsmart.uz
MAGNIT OQIMI O‘ZGARMAS BO‘LGANDA MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIKTAVSIFLARI Yakor reaksiyasini amalga oshirish maqsadida dvigatel qo‘shimcha qutblarga ega, deb hisoblaymiz. Yakor zanjirining qarshiligi R, u yerdan oqayotgan tokning qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi hisobga olinadi. U holda qo‘zg‘atish chulg‘amidan oqayotgan tok o‘zgarmas va buning natijasi o‘laroq magnit oqimi ham o‘zgarmas bo‘lganligi uchun dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: w= U R M = w0 R M , KE KE KM KE KM (2.20) bu yerda: KE = CEФ; KM = CMФ; w0 — ideal salt yurish tezligi, Ф = Фnom bu (2.20) tenglamadan dvigatelning elektromexanik tavsifi tenglamasini olish mumkin: w = w0-(R/KE)•I. (2.21) Bu (2.20) va (2.21) ifodalar K = R/(KEKM)-1 va w0 o‘zgarmas qiymatlarida to‘g‘ri chiziq tenglamasiga aylanadi, ya’ni: w = w0-KM yoki w = w0 - K1I, (2.22) 2.2- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgandagi va yakor zanjiridagi qarshiliklar o‘zgargandagi (a), kuchlanish nol bo‘lgandagi (b) mexanik tavsiflari bu yerda: K va K1 — mexanik va elektromexanik tavsiflari qiyaligi burchagining tangensiga teng. Bu parametrlarning mexanik tavsif qiyaligi koeffitsiyentlari bilan bog‘liqligini aniqlash mumkin K = bwnom/Mnom; K1 = KMwnom b/Mnom. (2.20) tenglamaga muvofiq dvigatel sun’iy mexanik tavsiflarining ikki turini (tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lib, yakor zanjiri qarshiligi R ning qiymatini o‘zgartirganda, R ning qiymati o‘zgarmas bo‘lib, yakorga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirganda) kuzatish mumkin. Tavsiflarning birinchi turi ko‘p nurli yulduzdan iborat bo‘lib, barcha nurlar koeffitsiyenti w0 va M = 0 nuqtada kesishadi. Har bir nurning qiyaligi yakor qarshiligi Rya va yakorga ulangan qo‘shimcha qarshilik Rq larning yig‘indisi bo‘lgan R qarshilikning qiymatiga bog‘liq. Agar Rq = 0 ga teng bo‘lsa, tabiiy mexanik tavsifni, Rq№0 da esa turli qiyaliklarga ega bo‘lgan sun’iy tavsiflarni olamiz (2.2-rasm, a). Xususiy holda, ya’ni U = 0 bo‘lganda mexanik tavsiflar koordinata boshida kesishib, (w0 = 0, M = 0) ko‘p nurli yulduz ko‘rinishida bo‘ladi. misol. Mustaqil qo‘zg‘atishli P51 rusumli o‘zgarmas tok dvigateli uchun tabiiy elektr mexanik tavsifi qurilsin. Dvigatelning pasport ma’lumotlari: Pn = 11 kW, Un = 220 V, In = 59A, nn = 3000 ayl/min. Yechimi. Dvigatelning nominal qarshiligi: R = U n = 220= 3, 73W, n I n 59 dvigatelning nominal yuklamadagi foydali ish koeffitsiyenti: = 1000 Pn = 100011= 0, 845, n U n I n 22059 dvigatel yakorining qarshiligi: Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling