Hoshimov, S. S


Download 1.18 Mb.
bet16/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Qattiq mexanik tavsif (2.1- rasm, a dagi 2 tavsif). Bu tavsifga ega bo‘lgan yuritmalarda b 1—10% atrofida o‘zgaradi. Bu guruhga mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari, kollektorli mashinalar va ventilli dvigatellar kiradi.
Yumshoq mexanik tavsifga (2.1- rasm, a dagi 3 tavsif) tavsif qiyaligi 10% dan ko‘p bo‘lgan dvigatellar ega bo‘ladi. Ularning qatoriga ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgaruvchan tarmoqqa yoki o‘zgarmas tokka ulanadigan kollektorli universal dvigatellar yuqori sirpanishga ega bo‘lgan asinxron dvigatellar kiradi. Ko‘p turdagi dvigatellarning sun’iy tavsiflari ham yumshoq hisoblanadi.
Ko‘pincha mexanik tavsiflari o‘zgaruvchan qattiqlikka ega bo‘lgan dvigatel yoki elektr yuritma tizimlari qo‘llaniladi. Masalan, 2.1- rasm, b dagi 1 qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelning mexanik 2 ekskavatorga xos bo‘lgan mexanik tavsifni, 3 ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatelining tavsifini ifodalaydi. Agar AB qismdagi tavsiflar qattiq bo‘lsa, BC qismidagi tavsiflar yumshoq
ko‘rinishga ega. Shunday qilib, bu tavsiflar o‘zgaruvchan qiyalikka ega bo‘lgan tavsiflar deb yuritiladi.
Mexanik tavsiflarning ko‘rinishi va elektr dvigatel turini texnologik talablardan kelib chiqqan holda tanlanadi. Masalan, po‘latni prokatlash, qog‘oz ishlab chiqarish, rotatsion bosim, zamonaviy metall kesish dastgohlari mexanizmlari uchun qattiq mexanik tavsif talab etiladi. Ba’zi, sinov stendlari va tasmali mexanizmlari ko‘pincha yuritmada absolut qattiq mexanik tavsif bo‘lishini taqozo etadi.


    1. NISBIY BIRLIKLAR


Turli nominal qiymatlarga ega bo‘lgan elektr yuritmalarni taqqoslash va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazishda nisbiy birliklardan foydalanish maqsadga muvofiq.


Har qanday o‘zgaruvchini nisbiy birliklarda ifodalash uchun uning absolut qiymatini shunga o‘xshash bazaviy qiymatga bo‘lish kerak. Odatda, elektr yuritmalarda bazaviy qiymat sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
Unom nominal kuchlanish; Inom — nominal tok; Mnom(Fnom) — nominal moment (kuch); Rnom(Znom) — tarmoqdan nominal kuchlanish berilganda nominal tok oqishini ta’minlaydigan qo‘zg‘almas dvigatel zanjiridagi nominal qarshilik; wnom — dvigatel yakorining (rotorining) nominal burchak tezligi. Bu qiymatlardan tashqari o‘zgaruvchan tok mashinalari uchun bazaviy qiymat sifatida magnit maydonining sinxron burchak tezligi w0(wsx), mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli uchun elektr
yurituvchi kuch tarmoq kuchlanishiga teng bo‘lgandagi ideal salt yurish tezligi w0 qabul qilinadi.

.
Kuchlanish uchun nisbiy kattalikni quyidagicha yozish mumkin:




U
=U
1 nom
(2.2)

Asinxron mashinalarda kuchlanishning ikkita bazaviy qiymatidan foydalanish maqsadga muvofiq: stator zanjiri uchun tarmoq kuchlanishi va qo‘zg‘almas rotor uchun uning elektr yurituvchi kuchi (EYK) E2 nom.



.
Nisbiy birlikda tokni quyidagicha ifodalaymiz:




I
i= I
1 nom
(2.3)

O‘zgarmas tok mashinalari uchun yuqorida keltirilgan tushunchaga asosan






nom
Rnom = U nom I 1 .
(2.4)

U holda yakor qarshiligining nisbiy birligi:




nom
ya = Rya R1 .
(2.5)

Faza rotorli asinxron dvigatel bitta fazasining nominal qarshiligini statorni nominal kuchlanish va chastotaga ega bo‘lgan tarmoqqa ulab olinadi. Bu holda rotor zanjiriga shunday qarshilik ulash kerakki, u rotor qo‘zg‘almas bo‘lganda hamda fazalari «yulduzcha» usulida ulanganda, nominal tok oqib o‘tishini ta’minlaydigan bo‘lsin, ya’ni



R2 nom= Z2 nom= E2 nom /
3I 2 nom

, (2.6)


bu yerda: E2 nom — ochiq qo‘zg‘almas rotordagi nominal EYK:


I2 nom — rotorning nominal toki.
Rotor induktivligini yanada aniqroq hisobga olish uchun (2.6) tenglamani quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:


R2 nom= (0,98ѐ0,99)Z2 nom. (2.7)

Agar dvigatel rotori «uchburchak» usulda ulangan bo‘lsa (2.6) formula bo‘yicha «yulduz» usulida ulangan rotorning fazasiga ekvivalent bo‘lgan qarshilik hisoblanadi. U holda «uchburchak» bo‘yicha ulangan rotor fazasi qarshiligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlaymiz:




R2D = 3R. (2.8)

Momentning nisbiy qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:






MM

m=

,
1 nom
(2.9)

bu yerda: — mashina o‘qidagi moment yoki elektromagnit momentning nominal qiymati.


Dvigatelning elektromagnit momenti uning o‘qidagi momentdan yuzaga kelgan uyurma tok, gisterezis, ventilyatsiya, podshipnik va cho‘tkalardagi ishqalanishlar bilan bog‘liq bo‘lgan isroflar

kuzatiladi. Shuning uchun (2.9) formuladagi qiymat ustida to‘xtalib o‘tamiz.
Bu momentning qiymati o‘zgarmas tok dvigateli uchun tarmoqning nominal kuchlanishi va qo‘zg‘atish chulg‘ami hamda yakor zanjiridagi tokning qiymatlari nominal qiymatga ega bo‘lganda, asinxron mashinalar uchun esa tarmoq kuchlanishi hamda chastotasi va stator toki nominal qiymatga ega bo‘lganda aniqlanadi.
Ketma-ket hamda aralash qo‘zg‘atish chulg‘amli va universal dvigatellar uchun burchak tezlikning nisbiy qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.




nom
n=   1 .
(2.10)

Ammo asinxron mashinalar va mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigatellari uchun bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi, ya’ni






0
n= w w1 .
(2.11)

Asinxron dvigatelning sirpanishi:




S = (w0 - w)/w0 = 1- n, (2.12)

bu yerda: w0 = 2pfp-1; p — mashinaning juft qutblari soni.





Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling