Hoshimov, S. S


Download 1.18 Mb.
bet53/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Savol va topshiriqlar





  1. Asinxron dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi qanday ko‘rinishga ega?

  2. Kritik sirpanish va kritik moment deganda nimani tushunasiz? Ularning tenglamasini yozing.

  3. Statorga berilayotgan kuchlanish o‘zgartirilsa, asinxron dvigatelning mexanik tavsiflari qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

  4. Stator zanjiriga aktiv va induktiv qarshilik kiritilganda mexanik tavsif qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

  5. Rotor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik kiritilgandagi mexanik tavsiflarni chizing.

  6. Rotor zanjiriga aktiv va induktiv qarshiliklarni ulash sxemasini tagvirlab bering.

  7. Rotorga aktiv va induktiv qarshilik kiritilib dvigatelni ishga tushirayotganda statordagi elektrmagnit moment va tok qanday o‘zgaradi?

  8. Asinxron dvigatelni tormozlashning qanday usullarini bilasiz?

  9. Energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlashni tushuntirib bering. Tormozlashning mazkur usulida asinxron dvigatelning mexanik tavsiflari qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

  10. Asinxron dvigatel o‘qida aktiv va reaktiv statik moment bo‘lganda teskari ulab tormozlash sxemasini va mexanik tavsiflarini chizib ko‘rsating.

  11. Asinxron dvigatelni dinamik tormozlashda stator chulg‘amlari qanday ulanadi?

  12. Dinamik tormozlashdagi mexanik tavsiflarni chizib ko‘rsating.

  13. Asinxron dvigatel tezligini rostlash usullarini tushuntirib bering.

  14. Chastota o‘zgartgichlarining funksional sxemasini chizib ko‘rsating.

  15. Sinxron dvigatel mexanik tavsifini chizing.



V bob. ELEKTR YURITMALARNING PARAMETRLARI VA TUZILISH SXEMALARI




    1. INERSIYA MOMENTI VA ELEKTR MEXANIK VAQT DOIMIYLIGI


Zamonaviy elektr yuritma murakkab elektromexanik tizim bo‘lib, bunda ishlash rejimini o‘zgarishi fizika qonunlari asosida turli jarayonlarda kechadi. Bu jarayonlar dvigatelni qizishga va natijada uning parametrlarini o‘zgarishga olib keladi.


O‘tkinchi jarayonlarni to‘la tahlil etish ancha murakkab masala bo‘lib, uni yechishda tizimning tavsiflari va bog‘lanishlarning nochiziqligi masalani yanada murakkablashtiradi. Amalda o‘tkinchi
jarayonlarni tadqiq etishda dinamikaga kamroq ta’sir etadigan ikkilamchi omillar hisobga olinmasa, masala ancha soddalashadi. Bu holatda tavsiflarni chiziqlashtirish va parametrlarni o‘zgarmas deb qabul qilish mumkin.
Krivoship-shatunli mexanizmlar, robotlarda, elektr mashina magnit zanjirining to‘yinish zonasida ishlayotganda va h.k. hollarda parametrlari o‘zgarishi mumkin.
Mazkur bobda elektr yuritmalarda mexanik va elektrmagnit jarayonlarning kechishini belgilaydigan asosiy parametrlar ko‘rib chiqiladi. Bu birinchi navbatda, yuritmaning inersiya momenti, konturlar va chulg‘amlarning aktiv va induktiv qarshiliklaridir.
Elektr mashina qurilmasining inersiya momenti uni o‘tkinchi jarayonlarda o‘zini tutishini ko‘rsatadigan asosiy parametrlaridan biridir. Ayrim aylanuvchi detallarning inersiya momentini ularning geometrik o‘lchovlari orqali aniqlash mumkin. Lekin bu ancha murakkab usul hisoblanadi. Elektr dvigatel rotori uchun bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki rotor murakkab shaklga ega bo‘lgan elementlardan va turli xil materiallardan tashkil topgan. Shuning uchun inersiya momenti tajriba yo‘li bilan aniqlanadi va kataloglarda keltiriladi. Inersiya momentini salt yurish isroflari va o‘z-o‘zidan to‘xtash egri chizig‘i bo‘yicha aniqlash mumkin. Buning uchun salt yurishda dvigatel ma’lum tezlikkacha chiqarib o‘chirib qo‘yiladi va ossillograf yordamida w = f (t) egri chizig‘i olinadi. Shundan so‘ng salt yurish isrofi tezlikning turlicha qiymatlari uchun aniqlanadi va Ms.yu. = f (w) egri chizig‘i quriladi.
Yakor zanjirini o‘chirib qo‘yib tormozlash rejimida harakat tenglamasini quyidagicha yozish mumkin:
Ms.y. = Jdw/dt,

bu yerdan:




J = -Ms.y./dw/dt. (5.1)

Tizimning inersiya momenti elektr yuritma dinamikasiga katta ta’sir ko‘rsatadi va harakat tenglamasiga kiruvchi elektr mexanik vaqt doimiysini aniqlaydi:




Md-Mq = Jdw/dt. (5.2)

Dvigatel momentini tezlikning chiziqli funksiyasi deb qabul etib, quyidagini olamiz:




Mq.t.-cw - Mc= Jdw/dt. (5.3)

bu yerda: Mq.t. — rotor qo‘zg‘almay turgandagi moment yoki qisqa tutashish momenti: Mq — qarshilik momenti (statik moment) bu yerdan:




Tmdw/dt + w = (Mq.t.-Mq), (5.4)

bu yerda: Tm = J/c — elektromexanik vaqt doimiysi c = Mq.t./w0 koeffitsiyent; w0 — salt yurish tezligi.


Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigateli uchun
Mq.t.E= KmIq.t. = KmU/rya.z,

bu yerda: Km — moment M va tok I orasidagi bog‘liqlik koeffitsiyenti;


rya.z. — yakor zanjirining qarshiligi. Bu yerdan


C = KmU/(rya.z•w0) = KEKm/rya.z (5.5) Bundan kelib chiqadiki,
Tm = Jry.z/(KEKm). (5.6)

Shunday qilib, elektromexanik vaqt doimiysi nafaqat inersiya momenti, balki yakor zanjiri qarshiligi bilan ham aniqlanadi va uning ortishi bilan vaqt doimiysi ham ortadi.


Vaqt doimiysi Tm ning ifodasiga KE va Km koeffitsiyentlari ham kirganligi uchun u mashinaning konstruktiv xususiyatlariga ham bog‘liqdir.

    1. Download 1.18 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling