Hoshimov, S. S


SINXRON MASHINALARNING MEXANIK VA BURCHAK TAVSIFLARI


Download 1.18 Mb.
bet52/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1208227
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

SINXRON MASHINALARNING MEXANIK VA BURCHAK TAVSIFLARI


Elektr yuritma tizimlarida sinxron dvigatellar keng qo‘llanilmoqda. Bu an’anaviy katta quvvatga ega bo‘lgan ayon qutbli (2p = 4) va ayonmas qutbli (2p = 2) rotorli mashinalar bilan birga maxsus sohalarda ishlaydigan yangi konstruksiyaga ega bo‘lgan dvigatellarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir.


Sinxron dvigatellar (SD) ma’danni maydalashda va sement ishlab chiqarishda, katta kompressorlarda va boshqa katta quvvatga ega bo‘lgan qurilmalarda hamda elektrlashtirilgan agregatning quvvat koeffitsiyentini oshirish hisobiga sezilarli darajada elektr energiyani iqtisod etishni ta’minlaydigan qurilmalarda ishlatiladi.
Statordagi aktiv qarshilikni hisobga olmay (r1 = 0) quyidagini yozish mumkin:


U1cos q = E + IdXd; U1sin q = IdXd (4.37)

g = y + q,


bu yerda: d va q — ikki fazali umumlashtirilgan elektr mashinasining bo‘ylama va ko‘ndalang o‘q chizig‘i; E — sinxron dvigatelning (CD) elektr magnit qo‘zg‘atish manbasi kuchlanishi; g, y, q — elektr birliklardagi burchak.
Elektrmagnit quvvat uchun quyidagi taxminiy tenglikni olamiz:
P » mUI cos g = mU [Iq cos q- Id sin q ]. (4.38)

(4.37) formuladan Iq va Id toklarining qiymatini (4.38) ga qo‘yib quyidagini aniqlaymiz:




P = m UE sinq- U 2 sin 2q 1 - 1 .

Xd 2 Xq Xd
(4.39)

М = m UE sinq-
U 2 sin 2q 1 - 1 .



о Xd
2 Xq Xd
(4.40)

(4.40) tenglama shuni ko‘rsatadiki, SD ning elektromagnit momenti aktiv va reaktiv tashkil etuvchilardan iborat ekan. Ayon qutbli tizimga ega bo‘lgan dvigatellarda reaktiv moment tavsifining ish qismi qiyaligini oshirishga moyillik qiladi.


Har qanday sinxron mashinaning asosiy bog‘lanishi statik burchak tavsifi M = f (q) bo‘ladi (4.15- rasm).
Lekin shuni ta’kidlash joizki, yuklamaning geometrik burchagi q1 elektr burchaklar qiymatidan ancha farq qiladi, masalan, q1 = q/p.

Sinxron mashinalar uchun, asinxron mashinalari kabi statik va dinamik ustuvorlik tushunchasi mavjud. Masalan, CD burchak tavsiflari statik ustuvor (¶M/¶q < 0 bo‘lganda) ishlash qismlaridan iborat.
Bu tushunchalar nochiziq tizimlarning ustuvor va noustuvor tushunchalariga o‘xshash. Haqiqatda (4.17-
4.17- rasm. Burchak statik tavsiflari:
a — ochiq ko‘rsatilgan qutbli; b — reaktiv dvigatel.

rasm, b ga qarang) agar 1 nuqtada ishlayotgan yuritma uchun eng kam tashqi ta’sir berilganda burchak q1 ± q qiymatga og‘adi, bunda CD elektr magnit momenti ortib (kamayib) rotorning aylanishini tezlatadi (sekinlatadi) va burchak q ni q1 holatga qaytaradi. Shu jarayonlarni 2 nuqtada qaraganda q2 burchak dvigatel o‘zining burchak tavsifidagi 1 nuqtadan o‘tgunga qadar ortishini ko‘ramiz. Bundan ko‘rinib turibdiki CD uchun ustuvor ishlash yuklama


burchagining -p/2 < q < p/2 oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Sinxron mashinaning nominal momentini odatda Mmax ning yarmiga teng, deb qabul qilinadi, shuning uchun lm » 2 ga teng bo‘ladi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling