Hoshimov, S. S


MAGNIT OQIMI O‘ZGARMAS BO‘LGANDA MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIK


Download 1.04 Mb.
bet18/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

MAGNIT OQIMI O‘ZGARMAS BO‘LGANDA MUSTAQIL QO‘ZG‘ATISH CHULG‘AMLI DVIGATELNING MEXANIK


TAVSIFLARI

Yakor reaksiyasini amalga oshirish maqsadida dvigatel qo‘shimcha qutblarga ega, deb hisoblaymiz. Yakor zanjirining qarshiligi R, u yerdan oqayotgan tokning qiymatiga bog‘liq bo‘lmagan holda cho‘tkalardagi kuchlanish tushishi hisobga olinadi. U holda qo‘zg‘atish chulg‘amidan oqayotgan tok o‘zgarmas va buning natijasi o‘laroq magnit oqimi ham o‘zgarmas bo‘lganligi uchun dvigatel mexanik tavsifining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


w= U R M = w0 R M ,



KE KE KM
KE KM
(2.20)

bu yerda: KE = CEФ; KM = CMФ; w0 — ideal salt yurish tezligi, Ф = Фnom bu (2.20) tenglamadan dvigatelning elektromexanik tavsifi tenglamasini olish mumkin:


w = w0-(R/KE)•I. (2.21)


Bu (2.20) va (2.21) ifodalar K = R/(KEKM)-1 va w0 o‘zgarmas qiymatlarida to‘g‘ri chiziq tenglamasiga aylanadi, ya’ni:


w = w0-KM yoki w = w0 - K1I, (2.22)



2.2- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelining kuchlanish o‘zgarmas bo‘lgandagi va yakor zanjiridagi qarshiliklar o‘zgargandagi (a), kuchlanish nol bo‘lgandagi (b) mexanik tavsiflari

bu yerda: K va K1 — mexanik va elektromexanik tavsiflari qiyaligi burchagining tangensiga teng.


Bu parametrlarning mexanik tavsif qiyaligi koeffitsiyentlari bilan bog‘liqligini aniqlash mumkin


K = bwnom/Mnom; K1 = KMwnom b/Mnom.

(2.20) tenglamaga muvofiq dvigatel sun’iy mexanik tavsiflarining ikki turini (tarmoq kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lib, yakor zanjiri qarshiligi R ning qiymatini o‘zgartirganda, R ning qiymati o‘zgarmas bo‘lib, yakorga berilayotgan kuchlanishni o‘zgartirganda) kuzatish mumkin.


Tavsiflarning birinchi turi ko‘p nurli yulduzdan iborat bo‘lib, barcha nurlar koeffitsiyenti w0 va M = 0 nuqtada kesishadi. Har bir nurning
qiyaligi yakor qarshiligi Rya va yakorga ulangan qo‘shimcha qarshilik
Rq larning yig‘indisi bo‘lgan R qarshilikning qiymatiga bog‘liq.
Agar Rq = 0 ga teng bo‘lsa, tabiiy mexanik tavsifni, Rq№0 da esa turli qiyaliklarga ega bo‘lgan sun’iy tavsiflarni olamiz (2.2-rasm, a).
Xususiy holda, ya’ni U = 0 bo‘lganda mexanik tavsiflar koordinata boshida kesishib, (w0 = 0, M = 0) ko‘p nurli yulduz ko‘rinishida bo‘ladi.

  1. misol. Mustaqil qo‘zg‘atishli P51 rusumli o‘zgarmas tok dvigateli uchun tabiiy elektr mexanik tavsifi qurilsin. Dvigatelning pasport ma’lumotlari: Pn = 11 kW, Un = 220 V, In = 59A,

nn = 3000 ayl/min.
Yechimi. Dvigatelning nominal qarshiligi:
R = U n = 220= 3, 73W,
n I n 59
dvigatelning nominal yuklamadagi foydali ish koeffitsiyenti:


= 1000 Pn = 100011= 0, 845,
n U n I n 22059
dvigatel yakorining qarshiligi:



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling