Hoshimov, S. S


Generator-dvigatel tizimining tormozlash tavsiflari


Download 1.04 Mb.
bet37/89
Sana17.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1208187
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
Bog'liq
Kitob 3531 uzsmart.uz

Generator-dvigatel tizimining tormozlash tavsiflari. G -D tizimida asosiy tormozlash rejimi, bu energiyani tarmoqqa qaytarib generatorli tormozlashdir. Yuritma w > wnom burchak tezlik bilan ishlayotganda (3.4- rasm) avval dvigatelning qo‘zg‘atish toki ko‘paytiriladi, bunda EYK generatordagi kuchlanish qiymatidan ortib ketadi.
Mashinalarning o‘rni almashadi: dvigatel tormozlash momentini ta’minlab generatorga aylanadi, generator esa, dvigatelga aylanib, generator rejimida ishlayotgan asinxron dvigatel orqali energiyaning aktiv qismini tarmoqqa qaytaradi.
Shundan so‘ng w < w02 bo‘lib, hamma mashinalar o‘zining asosiy rejimiga dvigatel qo‘zg‘atish toki o‘zgargunga qadar qaytadi. Dvigatel tokini oshirib tormozlash imkoniyati tugagandan so‘ng, generatorning qo‘zg‘atish toki kamaytira boshlanadi. Bu esa yana yakordagi kuchlanishning kamayishiga olib keladi, shundan keyin tormozlash rejimlari olinadi. Lekin bunda yuritma burchak tezligi
nominal qiymatidan kam bo‘ladi (3.4- rasm).
3.4- rasm. Generator-dvigatel tizimini tormozlashdagi mexanik tavsiflar.



    1. BOSHQARILUVCHI TO‘G‘RILAGICH-DVIGATEL TIZIMLARI

Zamonaviy elektr yuritmalarida boshqariluvchi to‘g‘rilagich- dvigatel (BT-D) tizimi keng qo‘llaniladi. Ular katta kuchlanish 1000 V gacha toki bir necha ming ampergacha bo‘lgan ko‘p fazali boshqari- luvchi tiristor va tranzistorli to‘g‘rilagichlarni o‘z ichiga oladi. BT-D tizimining foydali ish koeffitsiyenti G-D tizimnikidan ancha ortiq. Yuritmaning elektromagnit inersiyasi G-D tizimiga o‘xshab generator qo‘zg‘atish chulg‘ami ikkita mashinaning yakor zanjiri inersiyasi bilan emas, faqat asosan dvigatel yakori inersiyasi bilan aniqlanadi.


Statik o‘zgartgich (BT) qo‘lanilganda BT-D tizimining ishonchliligi G -D tizimiga qaraganda ikki marta ortadi. Shu bilan birga yuritmaning massa- hajm o‘lchamlari ham kamayadi. Keltirilgan afzalliklar BT-D tizimining hozirgi kunda keng ko‘lamda qo‘llanilishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling