Hosil qiluvchi,qoplovchi,asosiy,mexanik,òtkazuvchi tòqimalar ularning tuzilishi va turlari


Download 21.28 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi21.28 Kb.
#189447
Bog'liq
Hosil qiluvchi


Hosil qiluvchi,qoplovchi,asosiy,mexanik,òtkazuvchi tòqimalar ularning tuzilishi va turlari.

Shakli jixatdan o‘xshash bo‘lib, ma’lum bir yoki bir necha vazifani bajaradigan hujayralar gruppasiga (to‘plamiga) to‘qima deyiladi. To‘qimalar ularni hosil qilgan hujayralarning shakliga qarab parenxima hujayralaridan tashkil topgan parenximatik to‘qimalar va prozenxima hujayralaridan tashkil topgan prozenximatik to‘qimalarga bo‘linadi.

       Po‘stlari bir-biriga zich taqalgan hujayralardan iborat to‘qma zich to‘qima deyiladi, hujayra orqali yaxshi taraqqiy etgan to‘qima g‘ovak to‘qima deyiladi. To‘qima hosil qiluvchi hujayralar po‘stlarining kimyoviy tarkibiga qarab yog‘ochlashgan, po‘kaklashgan va x.k. deb ta’riflanadi. Xujayra po‘stlarining qalinligiga qarab qalin devorli yoki yupqa devorli to‘qima deyiladi. Bulardan tashqari tirik va o‘lik hujayralardan tuzilgan to‘qimalar mavjud. To‘qimalar kelib chiqishi jixatidan 2 gruppaga: 1) Embrional va 2) Doimiy to‘qimalarga bo‘linadi: ular birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi. Embrional to‘qima o‘zida boshqa hujayralari bo‘linib yana yangi hujayralarni hosil qiladi.

       Rus botaniklari akademiklar Borodin, Paladin, professorlar Ivanov, Aleksandrov va Rozdorskiylar to‘qimalarning bajaradigan vazifalariga binoan, ya’ni fiziologik xususiyatiga asoslanib to‘qimalarni 5 gruppaga bo‘lishdi.

1.        Embrional (tuzuvchi, tashkil etuvchi, yaratuvchi meristema).

2.        Qoplovchi to‘qima

3.        Mexanik to‘qima

4.        O‘tkazuvchi to‘qima

5.        Asosiy negiz to‘qma

6. Hosil qiluvchi to‘qimalar


Meristema bu o’simlikning butun umri davomida o’zining faol ko’payish xususiyati va fiziologik faolligi saqlab qoluvchi, o’simlik umumiy massasining doimiy ortib borishiga sabab bo’luvchi, shu bilan birga boshqa muhim to’qimalarni hosil bo’lishiga javobgar to’qimalarning umumiy nomi hisoblanadi.

O’simlik hujayralari ixtisoslashgandan so’ng o’zining ko’payish xususiyatini yo’qotadi, shu bilan birga ular boshqa tipdagi hujayralarga aylana olmaydi. Meristema hujayralari juda oz ixtisoslashgan yoki umuman ixtisoslashmagan bo’ladi. Meristema hujayralari boshqa hujayralardan farqli ravishda mayda bo’lib, hujayraning asosiy qismini sitoplazma tashkil etadi. Yadrosi yirik, hujayra hajmining yarmini tashkil etadi, membranasida juda ko’p poralar mavjud. Vakuolalari nihoyatda kichkina. Shakllangan plastidalar mavjud emas. Hujayralar o’zaro zich joylashgan, hujayralararo moddasi kam bo’ladi.

Meristema hujayralari mitoz usulida ko’payadi. Hosil bo’lgan hujayralarning biri meristema sifatida saqlanib qolsa, ikkinchisi ixtisoslashib boshqa to’qima hujayrasiga aylanadi. Meristema hujayralari ichidagi initsial hujayra faol bo’linish xususiyatiga ega bo’lib, u bo’linganda hosil qilgan bo’lajak boshqa to’qima hujayrasidan hajmi va vakuolalari soni bilan farqlanadi. Meristema atamasini ilk marotaba nemis botanigi Karl Vilgelm fon Negeli “Botanika faniga qo’shilgan hissalar” asarida keltirib o’tadi.

Qoplovchi to‘qima kelib chiqishi jihatdan 2 xil bo‘ladi.

    1.   Birlamchi qoplovchi to‘qima - epidermis

    2.   Ikkilamchi qoplovchi to‘qima - periblema.

       Epidermis dermatogendan hosil bo‘ladi. Ikkilam-chi qoplovchi to‘qima esa fellogen hosil bo‘ladi.

       Bir pallali o‘simliklarning hamma organlari, ikki pallali o‘simliklarning barglari va yosh novdalari epidermis bilan qoplangan, qolgan organlari esa ikkilamchi qoplovchi to‘qima bilan qoplangan.

 Mexanik  to‘qima o‘simlikka  mustahkamlik  beradi.  Bu  to‘qimalarning 



uch xili mavjud: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar. 

Kollenxima-to‘qimasi  tirik  parenxima  hujayralaridan  iborat.  
Ularda  protoplazma,  yadro  va  xlorofill  donachalari  bo‘ladi.  Hujayra  po‘sti  sellyulozadan  tashkil  topgan.  Kollenxima  toqima  hujayralarining  devorlari har xil qalinlashishi mumkin. Hujayra burchaklari qalinlashgan bo‘lsa, buni  burchakli  kollenxima  deyiladi.  Hujayraning  tangental  devorlari  qalinlashib,  radial  devorlari  yupqaligicha  qolsa,  plastinkali  kollenxima,  qalinlashgan  hujayra devorlari orasida hujayralararo bo‘shliq bo‘lsa yumshoq kollenxima  deb ataladi. Kollenxima to‘qimasi ikki pallali o’simliklarning yosh poyalari  va barg bandida uchraydi. 

O‘tkazuvchi  to‘qimalar  2  ta  asosiy  funksiya  bajaradi.  
Shuning  uchun    ular      o‘  tkazuvchi  to‘qimalar deb ataladi.  Bu to‘qimalar suv va unda erigan mineral tuzlarni ildizdan poya orqali yuqoriga  chiqaradi  (ko‘tariluvchi  oqim)  va  o‘simliklarning  assimilyasiyalovchi  qismlaridagi  erigan  fotosintez  mahsulotlarini  boshqa  organlarga  olib  boradi.(pastga  tushuvchi  oqim).Yuksak  o‘simliklarning  o‘tkazuvchi  to‘qimalari  bajaradigan  funksiyasiga  qarab  ikkita  asosiy  gruppaga  bo‘linadi,bular  moddalarning  suvli  eritmalarni  ildizdan  poya  va  barglarga  o‘tkazuvchi  naycha  va  traxeidlar  xamda  bargdagi moddalarni poya va ildizlarga o‘tkazuvchi to‘rli naychalar va ularning yo‘ldosh 
xujayralaridir. 
Traxeidlar  ingichka  uchli  va  yog‘ochlashgan  qalin  devorli  o‘lik  prozenxima  xujayralaridir.  Po‘stining  qalinlashmagan  qismida  traxeidlarni  bir  biri  bilan  bog‘lab  turadigan  ko‘p  teshikchalar  bo‘ladi.
Bargli  daraxtlar traxeidining devori ko‘pincha spiral xolda ninabargli daraxtlarniki esa yoppasiga qalinlashgan  bo‘ladi.  O‘tkazuvchi  to‘qimalarining  yuksak  o‘simliklar  tanasidagi  elementlari  aloxida  gruppalarga  to‘plangan,  ya‘ni  bog‘lam  shklida bo‘ladi.  Bu  bog‘lamarga  naychalar,traxeidlar  va  yo‘ldosh  xujayralari  bilan  birga  to‘rli  naychalar  kiradi.Tuzulish  jixatidan  bu  bog‘lamlar  lub,  ya‘ni  floema  yog‘ochlik  ya‘ni  ksilema  deb  ataladigan  ikkita  asosiy  qismga  bo‘linadi.  
Download 21.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling