Hosila asarga bo‘lgan mualliflik huquqi


Download 15.25 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi15.25 Kb.
#1231397
Bog'liq
Hammualliflik


Hammualliflik - adabiyot, ilmfan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi.

Mualliflik huquqi turlari qanday?


Mualliflik huquqi turlari qanday?
Hammualliflik:
Ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxsning birgalikdagi ijodiy mehnati natijasida yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi, mazkur asar bo‘linmas bir butun yoki har biri ham mustaqil mazmunga ega qismlardan iborat ekanligidan qat’i nazar, hammualliflarga birgalikda tegishli bo‘ladi.
Agar hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa, asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga hammualliflardan hech biri haqli emas.
Hosila asarga bo‘lgan mualliflik huquqi:
Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va san’at asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga bo‘lgan mualliflik huquqidir.
Jamlama asarga bo‘lgan mualliflik huquqi:
Jamlama asar muallifiga (tuzuvchisiga) ijodiy mehnat natijasini ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni tanlab olish yoki joylashtirishga bo‘lgan mualliflik huquqidir.
Agar mualliflik shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, jamlama asarga kiritilgan asarlarning mualliflari o‘z asarlaridan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquqlarini jamlama asardan qat’i nazar saqlab qoladilar.
Tuzuvchining mualliflik huquqi boshqa shaxslarning o‘z jamlama asarlarini yaratish uchun ayni o‘sha materiallarni mustaqil ravishda tanlab olishlariga yoki joylashtirishlariga to‘sqinlik qilmaydi.
Audiovizual asarga bo‘lgan mualliflik huquqi:
Audiovizual asar mualliflari (hammualliflari) quyidagilardan iboratdir:
sahnalashtiruvchi rejissyor;
ssenariy muallifi;
muayyan audiovizual asar uchun maxsus yaratilgan matnli yoki matnsiz musiqa asari muallifi;
sahnalashtiruvchi operator;
sahnalashtiruvchi rassom.
Intervyu mualliflari:
Intervyuga bo‘lgan mualliflik huquqi intervyu bergan shaxsga va intervyu olgan shaxsga, agar ular o‘rtasidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hammualliflar sifatida tegishlidir.
Intervyudan foydalanishga faqat intervyu bergan shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslarning huquqlari:
Asarlar yaratilishini tashkil etuvchi shaxslar (audiovizual asarlarni tayyorlovchilar, ensiklopediyalar noshirlari, prodyuserlar va boshqa shu kabilar) tegishli asarlarning mualliflari deb e’tirof etilmaydi. Biroq ushbu Qonunda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, bunday shaxslar ana shu asarlardan foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo‘ladilar.
Download 15.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling