Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozori reja


Download 66.47 Kb.
bet10/11
Sana11.05.2023
Hajmi66.47 Kb.
#1452519
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
13-Mavzu Hosilaviy qimmatli qog\'ozlar bozori

Ikki pog‘onali ipoteka modeli – berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish bu maqsad uchun maxsus tashkil etilgan, ko‘chmas mulkka garov hujjatlari bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar ikkilamchi bozori yordamida amalga oshiriladigan model. Bunday model ko‘pincha amerikacha model deb ataladi. Ushbu modelning asosida risklarni taqsimlash g‘oyasi yotadi. Bank, ipoteka krediti bergach, uni darhol maxsus tashkilot – konduitga (SPV) sotadi. Konduit (SPV) – sekyuritizatsiya o‘tkazish uchun maxsus tashkil etilgan yuridik shaxs bo‘lib, aktivlar «pul»ini to‘playdi va shu «pul» ostida ipoteka qimmatli qog‘ozlari chiqaradi, so‘ngra ularni bozorda sotadi va originatorni (bankni) qayta moliyalashtiradi.
Ssuda-omonat modeli – ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish ipoteka qimmatli qog‘ozlari hisobiga amalga oshirilmasdan, o‘zaro yordam kassasi tamoyili bo‘yicha bo‘lg‘usi qarzdorlar jamg‘armalarini jalb qilish hisobiga shakllantiriladigan model.
Xorijiy davlatlarning bank amaliyotida ipoteka kreditla­ri bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishda quyidagi usullardan foydalanilmoqda:

  1. Qat’iy belgilangan stavkalarda foiz to‘lash. Ushbu usulda tijorat banki tomonidan berilgan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlar har oyda amalga oshirib boriladi. Bunda kreditning asosiy qarz summasi va foizi bo‘yicha oylik to‘lovlar miqdori kredit shartnomasi muddati mobaynida o‘zgarmasdan qoladi.

  2. Suzuvchi stavkalarda foiz to‘lash. Mazkur usulda foiz me’yori quyidagi shartlarning mavjudligi bilan izohlanadi:

  • Ipoteka qimmatli qog‘ozlariga investorlar uchun maqbul bo‘lgan stavkalarda foiz to‘lash;

  • ipoteka qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarni qaytarish va ularga hisoblangan foizlarni to‘lashni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash;

  • ipoteka qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning real qiymatini moliyaviy xatarlar ta’sirida pasayishiga yul qo‘ymaslik.

Germaniyada ipotekali kreditlashning bir pog‘onali tizimi qo‘llaniladi va bunda ipoteka krediti Qurilish jamg‘arma kassasiga (QJK) mijoz bo‘lgan omonatchilargagina beriladi. QJK esa tijorat banklari uchun mablag‘lar jalb etish funksiyasini va kredit oluvchi uchun jamg‘arma hisobrakami funksiyasini bajaradi. Ipoteka krediti oluvchi mijoz ma’lum davr mobaynida QJKda ochilgan depozit hisobraqamiga kat’iy belgilalgan summa­ni o‘tkazib boradi.

Download 66.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling