Hosilaviy qimmatli qog'ozlar (Derivativlar) Reja


Hosilaviy qimmatli qog’ozlar tarixi va ahamiyati


Download 23.43 Kb.
bet3/8
Sana05.02.2023
Hajmi23.43 Kb.
#1168028
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hosilaviy qimmatli qog\'ozlar(Derivativlar)

2. Hosilaviy qimmatli qog’ozlar tarixi va ahamiyati


Hosilaviy qimmatli qogʻozlar haqidagi dastlabki fikrlar XVI–XVII asrlarga borib taqaladi.
Hozirgi zamonaviy hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari boʻlib qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha tuzilgan shartnomalar hisoblanadi.
Shunday fikrlar borki, ularga koʻra hosilaviy qimmatli qogʻozlarning oʻtmishdagi prototiplari yozuv kashf etilishi bilan paydo boʻlgan (Mesopotamiya, mill. avv. IV ming yillik)
XVII asr 30-yillarining oxirida Gollandiya va Ang-liyada lola oʻsimligini oʻstirish va bunda ularning piyozlariga boʻlgan talab juda keskin ortib ketadi.
Amsterdamda esa XVII asrning boshlaridayoq ular boʻyicha opsionlar savdosi amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyilgan edi, 30-yillarga kelib esa Angliyadagi Qirollik bir-jasida forvard shartnomalari ham paydo boʻldi.
XVII asrning 50-yillarida tarixdagi dastlabki fyucherslar bilan amalga oshirilgan savdolardan biri Yaponiyaning Osako shahridagi “Yodoyo” nomli guruch bozori bilan bogʻliqdir.
XIX asrning boshlarida aksiyalar boʻyicha put opsion (sotishga huquq) va koll opsion (sotib olishga huquq)lar bilan savdolar London fond birjasida amalga oshirila boshlandi.
Amerika birjalarida tovarlarga va aksiyalarga opsionlar bilan savdo XIX asrning 60-yillarida amaliyotga kirib keldi, XX asrning boshida esa Opsionlar boʻyich Brokerlar va Dillerlar Assotsiatsiyasi tashkil etildi.
1848 yilda Chikago savdo palatasi (Chicago Board of Trade – CBOT) tashkil etildi va u sotuvchi hamda xaridorlar oʻzaro tovar ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazishlari mumkin boʻlgan joyga aylandi.

Chikago savdo palatasi


  • Dastlabki savdolar naqd tovarlar bilan amalga oshirilgan boʻlsa, soʻngra esa savdolar tovarlarni kelishilangan narxlarda kelajakdagi maʼlum bir sanada yetkazib berish boʻyicha ham amalga oshirila boshlandi. Chikago savdo palatasida roʻyxatga olingan birinchi forvard shartnomasi 1851 yil 13 martda qayd etilgan boʻlib, u 300 bushel (oʻlchov birligi, 1 bushel=35,2l) makkajoʻxorini yetkazib berishga tuzilgan.

  • Uzoq muddat davomida turli davlatlar fyucherslar va opsionlar bilan savdo qilishni cheklab va man etib kelganiga qaramay 1972 yili Chikago tovar birjasi (Chicago Mercantile Exchange - CME)da Xalqaro valyuta bozori (International Monetary Market - IMM) deb ataluvchi yangi boʻlinma tashkil etildi, bu esa ilk marotaba tashkil etilgan moliyaviy fyuchers shartnomalari - valyuta fyucherslari bilan savdo qiluvchi maxsus birja maydonchasi hisoblandi.

  • Bu paytgacha fyucherslarning baʼzaviy aktivi sifatida faqat tovarlardan foydalanib kelingan edi. Shu bilan birgalikda shu yili Chikago savdo palatasi aksiyalar boʻyicha fyuchers savdolari amalga oshirish uchun ruxsatnomasiga rad javobini oldi. Bunga javoban u 1973 yilda Chikago opsion birjasini (Chicago Board Options Exchange – CBOE) tashkil etdi. Shu bilan birgalikda aynan shu yili Fisher Blek va Mayron Shoulz oʻzlarining opsionlar narxini aniqlash formulasini eʼlon qilishdi.

  • 70-yillarning oxiriga kelib esa moliyaviy fyucherslar ommaviy tarzda tan olindi va ular bilan savdolar dunyodagi barcha birjalarda amalga oshirila boshlandi.

Download 23.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling