Hovuz baliqchilik xo‘jaliklarida kombinatsiyalashgan shakldagi ishlarni yuritish suv ombori va ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish
Download 24.65 Kb.
|
HOVUZ BALIQCHILIK XO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sholi o‘stiriladigan (sholipoya) suvliklarda baliq yetishtirish
HOVUZ BALIQCHILIK XO‘JALIKLARIDA KOMBINATSIYALASHGAN SHAKLDAGI ISHLARNI YURITISH Suv ombori va ko‘llarda baliqchilikni rivojlantirish Respublika yoki viloyat miqyosida baliqchilikni rivojlantirish va aholini baliq mahsuloti bilan ta’minlash uchun suv ombori, ko'llar slui jumladan qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz joylardan baliq yetishtirish uchun foydalanish mumkin. Yerlarni melioratsiyalash dasturini keng ravishda amalga oshirish natijasida kanallar, zovurlar va suv tashlaydigan joylar ko'paymoqda. Bunday sug‘orish inshootlari yil savin ko'paymoqda. Ayniqsa, suv omborlaridan kompleks foydalanish maqsadga muvofiq. Qishloq xo'jalik ekinlarini hamda baliqchilikni rivojlantirish mumkin. Kichik yoki mini baliqchilik hovuzlari 1,5—3,0 yoki yanada kattaroq maydonlar 5,0—10 gektar maydonlar ochish va baliq yetishtirish mumkin bo‘lgan joylar suv ta’minoti imkoniyatiga ega bo‘lsa tashkil qilish mumkin. Baliqchilik hovuzlarni tashkil qilishda albatta mutaxassislar bilan maslahatlashish zarur. O'zboshimchalik bilan ish ko'rish qonunga xilofdir. Baliqchilik hovuz xo'jaligini tashkil qilishda tanlangan maydonlar tekislanadi, daraxtlar, butalar, daraxt qoldiqlaridan tozalanadi.Hovuz tubi 15—25°C qiyalikda sozlanadi. Agarda hovuz tubi qoidaga asosan tayyorlansa o'stiriladigan baliqlar 100 % ovlanadi. Suv omborida boisa unda to‘g‘on yoki platina va suv kiradigan joy larda baliqlar chiqib ketmasligi uchun maxsus «baliqtutgich» quriladi. Baliqlarni chiqib ketishiga yo'l qo‘ymaslik maqsadida, suv omborning suvi qishloq xo'jaligini suv bilan ta’minlash maqsadida qurilgan bo'lsa, unda har yili oktabr—noyabr oylarida baliqlashtiriladi va kelgusi yili sentabr oylarida qo'yilgan baliqlar to'liq ovlanadi va yangidan suv qo'yilib baliqlashtiriladi. 0 ‘zbekistonning barcha suv omborlari sug'orish uchun qurilgan. Yozgi vegetatsiya davrida lining suvi sug'orish uchun olinadi. Natijada suv sathi (gorizonti) pasayadi, suv hajmi kamayadi, maydoni esa 80—90 % gacha qisqaradi, ba’zi bir kamsuv yillari to'liq suvi oli nadi (Pachkamar, 1982: Sho'rkoi, 2002). Shuning uchun baliqlar suv omborlariga o'tkaziladigan bo'lsa, baliq zichligi uchun suv omborining o'rtacha maydoni hisobga olinadi, olinadigan suvning o'rtacha miq dori ham hisobga olinishi kerak. Agarda baliqchilik xo'jaligining suvga bo'lgan talabi hisobga olinsa yaxshi bo'ladi (limit). Baliqchilik uchun mayda ko'llar, o'rtacha kattalikdagi ko'llardan ham foydalansa bo'ladi. Agarda mayda va o'rtacha kattalikdagi ko'llar 181(2,0—20 ming/ga) yaqinida qoidaga muvofiq hovuz baliqchiligi tash kil qilinsa, ozuqa bazasiga muvofiq keladigan baliq turlari bilan ba liqlashtirilsa, bar bir gektar suvlikdan 14 kg gacha baliq mahsuloti olish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasining Tyumen oblastidagi ko‘llardan 1973-yilda, jami 5900 s baliq ovlangan. Kollarning baliq mahsuldorligi 100 kg\ga ni tashkil qilgan. Buxoro viloyati ko'llari umumiy maydoni 101 ming\ga va 5-8 milliard \m 3 suvga ega bolib, 2007-yili bor-yo‘g‘i 126 tonna baliq ovlangan. O'rtacha baliq mahsuldorligi liar bir gektariga 1,2 kg ni tashkil qilgan. Ovning asosiy qismini 50-60 % vobla tashkil qiladi. Ko‘pchilik kollar evtrofiashgan. Buxoro, Xorazm ko‘llari sayoz (litoral), chuqurligi 2~4 m, pelagik zona yo‘q. (Qoraqir, Tuzkon, Zikri) pelagik tipga xos ko‘llar kam (Devxona — 80—100 metr maksimal chuqurligi, Og‘itma mak simal chuqurlik — 40—45 m, Dengizkol maksimal chuqurlik 35—40 m). Litoral ko'llarga xos baliq turlari: zog'ora, lesh, karas, karp, vobla hisob lansa, pelagial tipiga tegishli baliqlar asosan oq va chipor do‘ngpeshana, chexon, peiyad. oq va qora amur hisoblanadi. Ammo oq amur litoral tipi dagi kollarda biomeliorator sifatida foydalaniladi. Sayoz kollar ko'pincha o‘tloq bo‘lib, suvdagi erigan kislorod sutka davomida o'zgarib turadi. Kun duzi fotosintez jarayoni hisobiga suv kislorodga to‘yinadi, yana tez-tez boladigan shamollar ham suvni kislorodga to'yintiradi. Asosan invaziya orqali (atmosfera havosining suvga bosib kirishi) suv kislorodga to‘yinadi, evaziya ham yuz beradi, suvdagi kislorod havoga chiqadi. Ammo kechqurun suvdagi erigan kislorod miqdori keskin kamayadi va kislorod defitsiti yuz beradi. Suvo‘tlari, mikroorganizmlar nafas jara yoni uchun kislorodni sarfiaydi. Hayvonlar-gidrobiontlar uchun kislorod qolmaydi, organik moddalar oksidlanishi uchun sarfianadi va dimiqish — zamor yuz beradi, havo yetishmasligi sababli baliqlar nobud boladi. Bunday kollarning qishki ahvoli ham gidrokimyoviy jihatdan ancha og‘ir o'tadi. Cho'kmadagi o‘simliklarning chirishi suvdagi erigan kis lorodni kamaytiradi, balchiqdagi qoldiq organizmlar chiriydi, bu esa za mor (dimiqish)ga olib keladi. Shuning uchun ham bunday koilarni baliq lashtirish ishlari kuzda emas, erta bailor faslida amalga oshiriladi. Agarda imkoniyati boisa kech kuzda nevod yordamida baliqlarni ovlash maqsad ga muvofiq boladi. Chunki qishga qolib ketsa zamor natijasida nobud bolishi mumkin. Bunday hodisa ko‘pincha Qoraqir kolida yuz beradi. Koilarni baliqlashtirish uchun quyidagi ishlarga e’tibor berish ke rak. Eng avval nevod tortish uchun joy tayyorlash kerak. Buning uchun kolning tubi o'simlik qoldiqlaridan va xalaqit beradigan predmetlar- 182dan tozalanadi. Agarda koi, daryo yoki zovur bilan aloqada baliqlar ni ko'ldan chiqib ketishiga to'sqinlik qilish maqsadida bo'lsa, unda shlyuza (sarjuna) inshootlari quriladi. Ko'lni baliqlashtirishdan oldin yirtqich baliqlardan (sudak, laqqa, jerex, ilon bosh) tozalash kerak. Baliqxo‘r qushlar (baklan, chayka, saplya)ning taxminiy sonini bilish kerak. Ko'lni baliqlashtirishdan oldin uning gidroximiyasi, gidrologiya si, gidrobiologiyasi chuqur o‘rganiladi. Koining tabiiy ozuqa resurslari qaysi baliq turiga to'g'ri kelishi va ozuqa zaxirasiga qarab koi klassi fikatsiya qilinadi (Teniman-Nauman, 1920). Suvliklar qaysi sinfga te gishli ekanligi aniqlanadi. Agarda yuksak suv o‘simliklari bosib ketgan bo'lsa, og'irligi 400-450 g kcladigan oq amurni qo'yib yuborish tavsiya etiladi. Buning uchun ko'ldagi yuksak suv o'simliklarining yalpi mah suldorligini aniqlab, so'ngra ozuqa koeffitsientiga boiinadi. Oq amur ning ozuqa koeffitsienti 80 ga teng. Shunday qilib, ko'lning yuksak suv o'simliklarining mahsuldorligiga qarab qancha oq amur qo'yish mura kinligi aniqlanadi. Karp segoletkalari qo'yilsa ham bo'ladi. Chunki karp zoobentos yetishmaganda yumshoq suvo'tlari bilan ham oziqlanadi. Mamlakatda melioratsiya sistemasining keng rivojlanishi hovuz ba liqchilik xo'jaligining rivojlanishiga imkoniyat beradi. Kanallar, zovurlar, tashlandiq joylarda baliqchilik hovuzlarini qu risli mumkin. Ayniqsa, ko'l-hovuz xo'jaligi (Xaticha, Zikri, Sho'rkoi, Devxona) tashkil qilish maqsadga muvofiq. Bunday hovuzlardan kompleks maqsadida foydalansa bo'ladi. Ay niqsa, Sho'rkoi suv ombori qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda ishlatiladi. Sho'rko'l suv omboridan kompleks maqsadda foydalanish uchun hovuz baliqchiligini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki Sho'rkoi suv ombori ABM К orqali suv bilan ta’minlanadi. U shu jihat dan Buxoroning boshqa tabiiy suvliklaridan ajralib turadi. Viloyatda baliqchilikni rivojlantirishda Dengizko'lning aharni yati katta, chunki u ikkita tashlama kanallari orqali Amudaryo bilan aloqada bo'ladi. Tashlanma kanallar orqali erta bahorda (aprel-may) Amudaryo orqali katta miqdorda otalangan uvildiriqlar va chavoqlar oqib keladi. Ayniqsa, ikkinchi tashlanma kanal atrofida inkubatsion sex qurib, hovuz baliqchilik xo'jaligi tashkil qilish uchun keng sharoit lar mavjud. Ammo 35 000 gektar maydonga ega bo'lgan Dengizkoi hozirgi kunda qarovsiz ahvolda qoldirilgan. Agarda Dengizko'lda ilmiy asosda asoslangan baliqchilik xo'jaligi tashkil qilinsa, asosiy baliq ov lash manbasiga aylanadi. Buning uchun Dengizko'lga 10 m:'/sekundiga Amudaryodan tashlanma kanallar orqali suv tashlab turish zarur. 183Sholi o‘stiriladigan (sholipoya) suvliklarda baliq yetishtirish Sholipoyalardan kompleks ravishda foydalanish maqsadida, uzoq yiliardan buyon baliq o'stirilmoqda. Sholipoyalarda baliq o‘stirish — Janubi Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan va birinchi bodib amaliyotda qollanilgan. Baliqchilik xo‘jaligining bu formasi keyinchalik boshqa mamlakatlarda qo'llanila boshlangan. Ayniqsa Italiya, Fransiya, XXR, Koreya, Indoneziya kabi mamlakatlarda sholi - baliqchilik xo‘jaliklari tashkil qilingan va hozirgacha faoliyat ko'rsatmoqda. 0 ‘zbekistonda Download 24.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling