Hozirda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz sh. M


Gidrosiklonda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar


Download 0.56 Mb.
bet12/18
Sana03.12.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1806057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Ramazonjon Rakkhmatov

1.6.3. Gidrosiklonda zarrachalarning tasniflanishi samaradorligiga ta’sir kiluvchi omillar

Mexanik tasniflagichlarga nisbatan Gidrosiklonlarda tasniflash samaradorligi ancha yuqori bo‘lib, 80 % ga etadi. Gidrosiklonlarda tasniflanish samaradorligi quydigi omillarga: Gidrosiklon diametri (D), sliv chiqaruvchi (dc), quvurlarning diametrlariga, qattiq va suyuqlikning nisbatiga (K: C), bo‘tanani zichligiga, bo‘tanani qanday bosim ostida berilayotganiga bog‘liq.


Siklonning diametri kattalashgan sari uning unumdorligi diametrining kvadrati bo‘yicha mutanosib ravishda oshib boradi, ammo slivdagi zarrachani o‘lchamlari yiriklashib boradi.

  1. Bo‘tana keluvchi quvurning (db) shakli va o‘lchami: quvurni o‘lchami kattalashgan sari (bir xil bosimda ) mutanosib ravishda Gidrosikloning unumdorligi oshib boradi, sliv yiriklashadi. Bo‘tana beruvchi quvur uchining shakli to‘g‘ri to‘rt burchak bo‘lib, balandligi – kengligiga nisbatan 2 : 1 bo‘ladi. Amalda bo‘tana keluvchi quvurning ekvivalent diametri db = ( 0,08 -0,25 ) D deb qabul qilinadi .

  2. Suv chiqib ketuvchi quvurning o‘lchami kattalashsa Gidrosiklonning unumdorligi oshadi, ammo yirik sliv olinadi. Amalda dc=(0,2-0,4) D sliv chiqib ketuvchi quvurning o‘lchami (dc), bo‘tana keluvchi (db) quvurning o‘lchamidan 20 -25 % kattaroq olinadi. Sliv chiqadigan trubani uchi Gidrosikloning slindr qismini konus qismiga ulangan erigacha tushirilgan bo‘ladi.

  3. Qum chiqib ketuvchi quvurlarning o‘lchami katta bo‘lsa, tasniflanish yuz bermaydi, xamma bo‘tana shu quvurdan chiqib ketishi mumkin. Quvurning diametri kichiklashib borgan sari qumda qattiq zarrachalarning miqdori oshib boradi, sliv yiriklashadi. Amalda dr= (0.5: 0.8)dsl qabul qilinadi.

Qum chiqaruvchi quvur diametrining (dl) sliv chiqaruvchi quvur diametriga ds nisbati dl/ds «qumlik nisbati» yoki «chiqaruvchilik nisbati» deb atalib, Gidrosiklonlarni moslashda asosiy omil xisoblanadi. Bunda dq- eng yirik zarrachaning o‘lchamidan kamida 3 marta bo‘lishi; sliv quvuri, bo‘tana quviridan kichik bo‘lmasligi kerak.
Tasniflashni eng yuqori samaradorligi dq/ dc = 0,3-0,5 qiymatiga to‘g‘ri keladi.
Konuslik burchagi amalda 200 bo‘ladi. Mayin sliv olish uchun konuslik burchagi = 5-100 bo‘ladi. Ammo ishqalanish kuchi yuqori bo‘lganligi sababli = 20 dan katta bo‘lishi kerak .
Bo‘tanani kirishdagi bosimi saralash natijalari qoniqarli bo‘lishi uchun bo‘tananing bosimi o‘zgarmas va yuqori bo‘lishi kerak. Gidrosiklonga kirayotgan bo‘tananing bosimi (10-30 ) x 104 Pa bo‘ladi.
Mayin sliv olish uchun yuqori (20 – 30) x104Pa bosimli bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa past bosimli bo‘tana ishlatiladi .
Mayin sliv olish uchun suyuqroq bo‘tana, yirik sliv olish uchun esa quyuqroq bo‘tana ishlatiladi. Bo‘tanadagi qattiq zarrachalarning miqdori (T ) 10 % dan 50 % gacha bo‘lishi mumkin .

Murakkab oltin tarkibli rudalarini boyitishga tayyorlashning texnologik sxemasi



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling