Hozirda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz sh. M


Download 269.13 Kb.
bet3/19
Sana03.12.2023
Hajmi269.13 Kb.
#1806103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bexa

Sulfid rudalari (20-30% rudali minerallar) kam tarqalgan bo’lib, tarkibi oddiyroq: asosan, pirit va arsenopirit, 2darajada mis, qoʻrgʻoshin, vismut sulfidlari (ba’zan tel-luridlari) oltin rudalari qatlami va ba’zan quvursimon tanalar hosil qiladi (Qozog’iston, Sharqiy Sibir, Avstraliya, Braziliya).


Ekzogen konlarda rudali qatlamlar va oqimlar yumshoq va mustahkamlan-magan yotqiziqlardan iborat boʻladi. Oltin esa, koʻpincha yumalokdangan alohida zarrachalar yoki tangachalar (oʻlcha-mi 0,5–4 mm), ba’zan kum va gillarni orasida kvars bilan birga qotgan shakllarda uchraydi. Oltin rudalari tarkibida oltinning miqdori 100–150 mg/m3 dan oʻnlab g/m³ gacha, probasi 800—950 boʻladi. Oksidlanish zonasida oltin, asosan, temir va marganets gidroksidlari, mis, margimush, kumush karbonatlar, kaolinit minerallari bilan assotsiatsiyalashgan holatda yigʻiladi, tarkibida 2—3 dan 10 g/t gacha oltin boʻladi.

Oltin rudalari murakkab shaklli uyumlar, linzalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Rossiya, Dominikana Respublikasi).


Metamorfizlashgan oltin rudalari oltinli konglomeratlar, ba’zan gravelitlar qatlamlari bilan bogʻliq boʻladi. Oltin zarrachalari (5—100 mkm) kvarsseritsitxloritli yoki kvarsli shagʻaldagi ingichka tomirchalarda temir va boshqa metallar oksidi va sulfidlari bilan birgalikda joylashadi. Oltinning miqdori 3—20 g/t, probasi 900 dan yuqori boʻladi (JAR, Avstraliya, Braziliya).

Oʻzbekistonda oltin rudalari aniklangan 600 ga yaqin kon ma’lum boʻlib, 144 tasi kadastrga kiritilgan, 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda, 15 tasi razvedka qilingan, 16 tasida razvedka ishlari olib borilmoqda (2001). Oltin rudalari konlari asosiy geolo-gik-sanoat turlaridan uchtasi: oltin-kvarsli (Muruntov, Zarmitan Pirmirob,G’uzoqsoy),oltin-sulfid-kvarsli (Qizilolmasoy, Qoʻshbuloq, Balpantov, Marjonbuloq, Sarmish, Bulatkon va boshqalar), oltin-sulfidli (Koʻkpatos, Dovgiztov, Omontoytov va boshqalar) va 2 ta kompleksli turlari: oltin-kumushli ("Yuqorivolt", Kosmanachi, O’qetmas, Oqtepa) va oltin-misporfirli (Qalmoqqir, Olis va boshqalar) ajratilgan. Oʻzbekiston oltinning razvedka qilib aniklangan zaxiralari boʻyicha jahondagi eng yirik mamlakatlar orasida 4-oʻrinda, yillik qazib olish miqdori boʻyicha 9-oʻrinda turadi (2000).





Download 269.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling