Hozirda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz sh. M


Maydalash mashinalarining turlari


Download 269.13 Kb.
bet7/19
Sana03.12.2023
Hajmi269.13 Kb.
#1806103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
bexa

1.4.1. Maydalash mashinalarining turlari


Maydalagichlarning tasnifi
Maydalagichlar tuzilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1.Jag‘li maydalagichlar (щekovыe drobilki)
2.Konusli maydalagichlar (konusnыe drobilki)
3.Jo‘vali maydalagichlar (valkovыe drobilki)
4.Bolg‘ali maydalagichlar (molotkovыe drobilki) va x.k.
Jag‘li maydalagichlarda maydalash jarayonlari qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan jag‘lar orasida xom ash’yoning maydalanishi hisobiga amalga oshiriladi. Maydalagich jag‘lari sillik yoki mayda tishli bo‘ladi. Bu jag‘lar maydalagichlarning turlariga qarab oddiy va murakkab xarakatlanadi. Jag‘li maydalagichlar asosan birinchi bosqich maydalashda va boyitish fabrikasining unumdorligi katta bo‘lgan xollarda qo‘llaniladi. Bunday maydalash mashinalarining bir necha xil markadagi turlari mavjud bo‘lib, bu foydali qazilmalarni fizik xossalariga asoslangan xolda tanlanadi. Konusli maydalagichlarda maydalash jarayonlari ko‘zg‘almas va ko‘zg‘aluvchn ekssentrik aylanadigan konuslar orasida xom ashyoning uzluksiz maydalanishi natijasida amalga oshiriladi. Bunday maydalagichlarning bir nechta tulari mavjud bo‘lib. uch boskichli maydalashda qo‘llash mumkin. Ularni quyidagi turlari mavjud: katta o‘lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KKD); o‘rtacha o‘lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KSD); va mayda o‘lchamda maydalovchi konusli maydalagich(KMD).
Jo‘vali maydalagichlarda xom ashyo 2 ta, bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan silindrik yoki o‘tkir tishli jo‘valar orasida uzluksiz maydalanadi.
Bolg‘ali maydalagichlarda xom ashyo to‘xtovsiz aylanadigan valga biriktirilgan bir nechta bolg‘alarning kuchli zarbi natijasida rudalarni maydalaydi. Bunday maydalagichlardan asosan o‘rtacha va yumshoq (Fosforit rudalari, sement xom ashyolari, oxaktoshlar va h.) tog‘ jinslari hamda foydali qazilmalarni maydalash uchun kullaniladi.


1.5. Foydali qazilmalarni yanchish jarayoni
Tegirmonlar 2 xil bo‘ladi: mexaniq va aerodinamik. Tegirmon ichida materialni ezadigan jismlari bo‘lsa mexaniq tegirmonlar va aksincha materialni ezadigan jismlari bo‘lmasa aerodinamik tegirmonlar deyiladi. Metallni ezadigan jismlarga metall sterjenlar, po‘lat sharlar va yanchiladigan ruda bo‘laklarining o‘zi kiradi ya’ni ruda, rudani ezib maydalaydi. Tegirmon xar xil ash’yolarning kattaligini 5mm gacha o‘lchamda maydalovchi agregat. Ularni shakliga va yanchish usuliga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1. Aylanma (soqqali, zoldirli, sterjenli, o‘zi yanchar va boshqalar);
2. Korpusi ko‘zg‘almas, inersion, titrama;
3. Planetar tegirmonlar;
4. Gaz oqimi yordamida yanchuvchi tegirmonlar.

Download 269.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling