Hozirda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz sh. M


Oltin tarkibli rudalari haqida umumiy ma’lumot


Download 269.13 Kb.
bet2/19
Sana03.12.2023
Hajmi269.13 Kb.
#1806103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
bexa

Oltin tarkibli rudalari haqida umumiy ma’lumot

Oltin tarkibli rudalar—tarkibida oltin minerali bo’lgan tabiiy hosilalar, rudalar. Tabiatda 30 dan ortiq oltinli minerallar ma’lum. Undan tashqari, tarkibida oltin bo’lgan boshqa metallar(mis, nikel, qo’rg’oshin, rux, kumush, temir, marganets) ning rudalaridan ham oltin olinadi. Asosiy sanoat ahamiyatiga ega foydali qazilma tug’ma oltin bo’lsa, boshqa bir qancha turli minerallar: kyustelit (tarkibida 10—20 % Au), kalaverit AuTe2 (40—43% ai), krennerit (Au, Ag)Te2 (40% ai), silvanit (Au,Ag)Te4 (25—27% Au), petsit Ag3AuTe2 (25% Au), kuproaurid AuCu2, rodit Au,Rh, porpetsit Au,Rd, Aurostibit Au,Sb2, maldonit Au2Bi, yutenbogardeit Ag3AuS2 va boshqa dan ham foydalaniladi.

Endogen, ekzogen va metamorfik oltin rudalari farq qilinadi. Barcha endogen oltin rudalari gidrotermal yo’l bilan paydo bo’lgan, bir tonnasining tarkibida 2-3 g dan bir necha yuz grammgacha oltin bor. Endogen oltin rudalarining barchasi plitasimon tomir massivlar Rossiya, Qozog’iston, Kanada), egarsimon tomirlar (sharqiy Sibir, Avstraliya), quvursimon tomirlar va shtokverkli (O’zbekiston, AQSH) rudalardir.

Oltin rudalarining tarkibiga 200 dan ortiq turli minerallar kiradi. Oltin-sulfidkvars rudalari keng tarkalgan (1,5-20% ruda minerallari). Minerallarning asosiysi kvars, turli miqdorda kalsiyli va temirli karbonatlar, barit, xlorit, seritsit, turmalin. Rudali minerallarning ustuvorlari pirit, kamroq arsenopirit. Ikkinchi darajali minerallar: pirrotin, mis, qo’rg’oshin, rux, vismut, kumush sulfidlari, temir oksidi, tug’ma kumush, ba’zan -telluridlar. Oltinning probasi 700-900. Oltin-kvarsli rudalar tarkibida kamroq miqdorda rudali minerallar va umumiy hajmi ham kam bo’ladi, temir sulfidlari keskin ortadi. Yer yuzasiga yaqin joylashgan oltin-kvarsli va oltin-sulfid-kvarsli rudali konlar oltin-kumush konlari deb ataladi (Sibir, Tyanshan, Filippin hamda AQSH va meksikada uchraydi). Ular tarkibida xalsedon, magniy karbonatlari va silikatlari, adulyar, dikkit, kamroq miqdorda flyuorit va rudali minerallardan pirit, markazit, xalkopirit, galenit, argentit, kumush sulfotuzlari, kamroq oltin, kumush, vismut,qo’rg’oshin teluridlari bor.


Download 269.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling