41
Har bir geografik axborot tizimining asosiy negizini malumotlar bazasi
(MB) tashkil etadi. Malumotlar bazasi deganda obektning holatini, uning xossalari
va boshqa obektlar bilan o‗zaro munosabatlarini aks ettiruvchi malumotlarning
nomlangan to‗plami hamda bu malumotlar bazasini yuritish uchun zarur bo‗lgan
texnik va dasturli vositalarning kompleksi tushuniladi. Umumiy manoda
malumotlar bazasi - bu maxsus tashkil etilgan yozuv va fayllar to‗plamidir.
GISning MBsida, masalan, obektning nomi, u joylashgan viloyat yoki shahar, u
haqida joy kartasi, obektning iqtisodiy geografik va boshqa ko‗rsatkichlari
saqlanishi mumkin.
MBning ierarxik, tarmoqli va relyasion modellari farqlanadi. Ierarxik
ma‘lumotlar bazasi modelida axborotlar qat‘iy qaramlik bo‗yicha yoziladi. Bunday
tarkibga ega malumotlarni saqlash quyidagi rasmda keltirilgan model yordamida
yaxttti tutttunilittti mumkin (3.1-rasm).
3.1.-rasm. Ma‘lumotlar bazasi ierarxik modeli chizmasi
Malumotlarning tarmoqli bazasidan axborotlarning tarkibi oddiyga nisbatan
ancha murakkab bo‗lganidafoydalaniladi.
Malumotlarning tarmoqli va ierarxik bazalari juda aniq qo‗yilgan munosabatlar
to‗plamidan iborat bo‗ladi, shuning uchun ma‘lumotlar tarkibini dastlab tanlash
zarur