Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida hududiy taqsimlangan


 ArcMap dasturiy muhitida Amudaryo tumanini drenaj tizimi


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana05.01.2022
Hajmi1.75 Mb.
#226287
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
amudaryo tumani suv drenaj tizimining geoaxborot modeli va algoritmini yaratish (1) (1)

3.3. ArcMap dasturiy muhitida Amudaryo tumanini drenaj tizimi 

elektron kartasini yaratish 

 


49 

Daslab  shaharcha  hududiga  tegishli  poligonli  obyetlar  to‘plamini  elektron 

kartamizga  tushiramiz  (3.13-rasm)  va  nomlarini  kiritamiz.  Amudaryo  tumanini 

drenaj tizimi elektron kartasini yaratish uchun quyidagi bosqichlardan iborat 

Poligonli  obyektlarni  tiplariga  qarab  ranglar  va  boshqa  tuslarga  kiritamiz. 

Buning  uchun    Layers  oynasidan  poligonli  obyektni  tanlab  sichqoncha  o‘ng 

tugmasi  bosib  Properties  buyrug‘ini  bossak  tanlangan  obyektlarni  shakllarga 

keltiruvchi    Layer  Properties  oynasi  ochiladi  (3.14-rasm)  va  bu  oyna  orqali 

tanlangan obyektimizni o‘zimizga kerak bo‘lgan shakllarga keltirishimiz mumkin. 

Keyingi  bosqichimizda  chiziqli  obyektlar  to‘plamini  chizamiz  ya‘ni  tuman 

hududiga  tegishli  kanal,  ariqlar,  yo‘llarni  va  barcha  chiziqli  obyektlarni  chizib 

Layer  Properties  oynasidan  shakllarga  keltiramiz  va  nomlarini  kiritamiz  (3.15-

rasm).  


 

 

3.13-rasm ArcInfo bo‘limiga poligonli obyektlarning yuklanishi 



 


50 

 

 



3.14-rasm Layer Properties oynasi 

 

 



 

3.15-rasm ArcInfo bo‘limiga chiziqli obyektlarning yuklanishi 

 



51 

Keyingi  bosqichimizda  tuman  hududiga  tegishli  nuqtali  obyeklarni  ya‘ni 

noyob daraxtlar, gorizontal drenaj uchun maxsus quduqlar va boshqalarni ArcInfo 

bo‘limida chizamiz va quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lamiz(3.16-rasm).      

 

 

 



 

3.16-rasm ArcInfo bo‘limiga nuqtali obyeklarning yuklanishi 

 

Keltirilgan  bog‘liqliklarni  o‘ziga  xos  topologik  elementlarga  (3.18-rasm) 



ajratgan  holda  ko‘rib  ularning  har  biri  asosida  tadqiqotlar  o‘tkazish  mumkinligin 

ko‘ramiz.  Yuqorida  Amudaryo  tumani  elektron  kartasi  yaratilish  bosqichlari 

keltirildi.  Mazkur  hududni  ko‘kalamzorlashtirish  maqsadida  yangi  drenaj  tizimini 

loyihalashtirish  3.1-rasmda  keltirilgan  bog‘liqliklar  asosida  ko‘rib  chiqiladi  va 

loyihalar ishlanadi (3.17-rasm).  



52 

 

 



3.18-rasm Topologik obyeklarning qatlamlarga ajratilishi 

 

Quyida    Amudaryo  tumani  elektron  kartasi  yaratilishi  tizimi  (3.19-rasm) 



keltirilgan  bo‘lib, kiritish  ma‘lumotlaridan  GIS  modelgacha  jarayonlar keltirilgan 

Keltirilgan  Amudaryo  tumani  elektron  kartasi  yaratilishi  mazkur  hududning  yer 

osti sizot suvlari satxini ko‘tarilish jarayonlarini namoyon qilishga va bunga qarshi 

choralar  ko‘rish  uchun  geografik  joylashishiga  qarab  yangi  drenaj  tizimlari 

loyihasini ishlab chiqish imkonini beradi. 

 

 




53 

 

3.19-rasm. Amudaryo tumani elektron kartasi yaratilishi tizimi 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



54 

XULOSA 

Zamonaviy  GAT  lar  ma‘lumotlarni  to‘plash,  saqlash,  yangilash,  ifodalash 

kabi bosqichlarni o‘z  ichiga  oluvchi,  axborotga kompleks ishlov  berishni  amalga 

oshiruvchi  axborot  tizimidir.  Shu  munosabat  bilan  bitiruv  ishida  Amudaryo 

tumanining drenaj tizimini loyihalashda zamonaviy geoaxborot texnologiyalaridan 

foydalanib GIS modeli yaratildi. Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida 

hududiy taqsimlangan obyektlarga doir ko‘pgina masalalar yechimining sifati shu 

hudud  yoki  obyektga  doir  katta  hajmdagi  turli  xil  ma‘lumotlarga  ishlov  berish 

jarayonining  ishonchliligiga  bog‘liq.  Geografik  yoki  fazoviy  ma‘lumotlar  hozirda 

obyektlarni  fazoviy  joylashtirish  bilan  bog‘liq  turli  faoliyatlar  yurgizuvchi 

tashkilotlar ishlatadigan ma‘lumotlarning asosiy qismini tashkil etadi.  

Bunday hollarda ma‘lumotlarni vizuallashtirish natijalar tahlili asosida qabul 

qilinadigan  qarorlarning    asoslilik  darajasini  oshirishning  muhim  omilidir. 

Yaratilgan  GIS  model  asosida  drenaj  tizimiga  bog‘liq  muammolarni  hal  etish, 

monitoringlar  olib  borish,  tumanga  tegishli  barcha  obyektlarni  topologiyasiga 

qarab tadqiq qilish va qarorlar qabul qilishga ko‘maklashish imkoniyati shakllandi. 



 

 

 

 

 

 

 

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling