3-BOB. AMUDARYO TUMANI DRENAJ TIZIMINING GIS MODELINI
ISHLAB CHIQISH
3.1. Amudaryo tumaninidagi sizot suvlarning satxini tushirish maqsadida
yangi tizimini loyihalashtirish
Har qanday hudud suv ta‘minoti, ko‘kalamzorlar, yo‘llar, binolar va hokazo
lardan iborat bo‘ladi va ularning biri-biriga bog‘liqliklarini va ta`sirini o‘rganish
(3.1 - rasm) geoaxborot tizimlari asosida amalga oshirilishi yana ham ishonchliroq
va qulayroq imkoniyatlarni yaratadi.
Hozirgi kunda ba‘zi hududlarda ekologik vaziyatning keskin yomonloshuvi
munosabati bilan ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha chora tadbirlar ko‘rish,
bugungi kunning muhim masalalaridan va hududni ko‘kalamzorlashtirish esa
mazkur hududning ekologik vaziyatini tiklashga qaratilgan birinchi qadamlardan
hisoblanadi.
Quyida keltirilgan rasmda suv ta‘minoti, drenaj tizimi, ko‘kalamzorlar,
yo‘llar va binolar nomli qatlamlar orasidagi bog‘liqliklar darajasi qanday
ekanligini va boshqa faktorlarning ta‘sir qanday ko‘rinishda ekanligini ko‘rishimiz
mumkin. Shu munosabat bilan Amudaryo tumaninidagi sizot suvlarning satxini
tushirish maqsadida yangi tizimini loyihalashtirishni GAT asosida amalga
oshirish uchun hududga tegishli barcha obyektlarni topologik elementlarga ajratish
ya‘ni:
Poligonli obyektlar
Chiziqli obyektlar
Nuqtali obyektlarga ajratish kerak bo‘ladi.
Ajratilgan topologik elementlar esa har bir element ustida alohida tadqiqotlar
olib borish, ularga tegishli ma‘lumotlarni geoma‘lumotlar bazasiga jamlab borish
uchun, jamlangan ma‘lumotlar asosida tanlangan elementlar ustida taxminlash
jarayonini olib borish imkonini yaratadi.
40
3.1-rasm Hududning taqsimlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |