Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida hududiy taqsimlangan


 Sug’orish rejimini belgilovchi omillar


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana05.01.2022
Hajmi1.75 Mb.
#226287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
amudaryo tumani suv drenaj tizimining geoaxborot modeli va algoritmini yaratish (1) (1)

1.2. Sug’orish rejimini belgilovchi omillar 

 

Qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  sug‘orish  rejimi  deganda  biz  o‘simliklarning 

rivojlanish  fazalariga  ko‘ra  sug‘orish  sonini  aniqlash,  sug‘orish  va  mavsumiy 

sug‘orish me‘yorlarini va mo‘tadil sug‘orish muddatlarini belgilashni tushunamiz. 

Qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  suvga  bo‘lgan  talabi  iqlim  mintaqalari,  tuproq 

sharoitlari, sizot suvlar chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasi, parvarish 

qilinayotgan ekin turi yoki navining biologik xususiyatlari bilan aniqlanadi. 

Ekinlarni  sug‘orish  rejimini  to‘g‘ri  belgilash  uchun  Markaziy  Osiyo  hududi 

quyidagi iqlim va gidrogeologik mintaqalarga bo‘lingan: Shimoliy iqlim mintaqasi 

o‘z  ichiga  Qoraqalpog‘iston,  Xorazm  viloyati,  Toshkent  va  Samarqand 

viloyatlarining shimoliy tog‘ oldi rayonlarini oladi. Bu yerda vegetatsiya davri 200 

kundan  oshmaydi,  yillik  o‘rtacha  harorat +12,5

0

C,  iyulda +25…+26



0

C,  aprel-

oktyabrda haroratlar yig‘indisi 3800-3900

0

C, bug‘lanish esa 1500 mm. 



Markaziy  iqlim  zonasi  esa  o‘z  ichiga  Farg‘ona  vodiysi,  Toshkent  viloyati, 

Sirdaryo, Samarqand viloyatlarini, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat-

larining shimoliy tumanlarini o‘z ichiga oladi. Bu yerda vegetatsiya davri 200-220 

kun,  haroratlar  yig‘indisi  4000-4200

0

C,  yillik  o‘rtacha  harorat +12,5…+13,5



0

C, 


iyulda 26-30

0

C, bug‘lanish 1500-1700 mm. 



Janubiy  iqlim  zonasida  Buxoro,  Qashqadaryo,  Surxondaryo  viloyatlari 

joylashgan.  Bu  yerda  vegetatsiya  davri  240-260  kun,  haroratlar  yig‘indisi  4600-

5000

0

C, yillik o‘rtacha harorat +14,5…15



0

C, iyulda 32-33

0

S, bug‘lanish esa 1800-



2000 mm. 


13 

Har  bir  iqlim  zonasi  o‘z  navbatida  gidrogeologik  rayonlarga  bo‘lingandir. 

Birinchi gidrogeologik rayon o‘z ichiga sizot suvlari 3-4 m chuqurlikda joylashgan 

bo‘z  tuproqlarni  oladi.  Gidrogeologik  koeffisent  (K)  1  ga  teng.  Ikkinchi 

gidrogeologik  rayon  sizot  suvlari  2-3  m  chuqurlikda  joylashgan  qoramtir  bo‘z  va 

o‘tloqi tuproqlarni o‘z ichiga oladi. K-0,85. Uchinchi gidrogeologik rayon esa sizot 

suvlari 1-2 m chukurlikda joylashgan o‘tloqi tuproqlarni o‘z ichiga olib, bu yerda 

K-0,60. 


To‘rtinchi  gidrogeologik  rayonda  sizot  suvlari  1  m  gacha  chuqurlikda 

joylashgan bo‘lib, ularga o‘tloqi botqoq va botqoq tuproqlar misol bo‘ladi. K-0,40. 

Shimoliy  iqlim  mintaqasida  g‘o‘zani  1-2-0  yoki  1-3-0  sxemada  3-4  marta 

sug‘orish kifoya qilsa, markaziy iqlim mintaqasida 2-3-0 yoki 2-4-1 sxemada 5-7 

marta,  janubiy  iqlim  mintaqasida  1-5-1  yoki  2-6-1  sxemada  7-9  marta  sug‘orish 

kifoyadir. 

G‘o‘zani  sug‘orish  soni  gidrogeologik  rayonlarga  ham  bog‘liq  bo‘lib,  IV 

gidrogeologik  rayonda  3-4  marta  sug‘orilsa,  I  rayonda  sug‘orish  soni  bir  muncha 

ko‘paytiriladi. 

2.Mavsumiy  sug‘orish  me‘yori  bu  1  ga  maydonga  1  mavsum  davomida 

berila-digan suv miqdoridir. U quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi: 

M

H



 = E- 10aP - (W

H

 - W



k

) - Wg, m

3

/ ga. 


bu yerda: E- jami suvga bo‘lgan talab, m

3

/ga; P - yog‘in miqdori, mm; 10-mm 



ni  m

3

/ga  ga  aylantiruvchi  ko‘paytiruvchi;  a-yog‘in  suvlaridan  foydalanish 



koeffitsenti  (shimoliy  va  markaziy  iqlim  zonasi  -0,8-0,9;  janubiy  0,4-0,6);  W

H

 va 



W

k

-vegetatsiya  boshidagi  va  oxiridagi  tuproqning  nam  zaxirasi,  m



3

/ga;  Wg-sizot 

suvlaridan  o‘simlik  foydlanadigan  miqdor,  m

3

/ga.  Jami  suvga  bo‘lgan  talab 



quydagicha aniqlanadi: 

E = U x K

u

 x Z x K x i 



bu yerda: U-rejalashtirilgan hosildorlik, s/ga; 

Ku-suvga bo‘lgan talab koeffitsienti, m

3

/ga; 


K-gidrogeologik koeffitsent (1-0,4); 


14 

Z-zonallik  koeffitsienti  (shimoliy-0,85;  markaziy  1,0;  va  janubiy  zonada  -

1,15). 

g-serunum yerlar uchun tuzatish koeffitsienti (0,90-0,92). 

Umumiy  suvga  bo‘lgan  talabning  65-70%  ini  o‘simlik  transpiratsiyaga 

sarflaydi va 30-35 % i bug‘lanishga sarflanadi. 

G‘o‘za  gullashgacha  umumiy  ehtiyojini  20-25  %  ini  sarflasa,  gullash-meva 

to‘plash fazasida 55-65% va pishish davrida 15-20% ini talab qiladi. 

Mavsumiy  sug‘orish  me‘yori  iqlim  zonalari  va  sug‘orish  usullariga  ham 

bog‘liqdir. 

  Markaziy  Osiyo  respublikalari  xududi  yog‘ingarchilik  miqdori,  vegetatsiya 

davri  davomiyligi,  iqlim  elementlariga  ko‘ra  3  ta  iqlim  zonasiga  bo‘lingan. 

Shimoliy  iqlim  zonasi  o‘z  ichiga  Xorazm,  Qoraqalpog‘iston,  Toshkent  va 

Samarqand viloyatlarining shimoliy tog‘li hududlarini hamda Janubiy Qozog‘iston 

viloyatini  oladi.  Janubiy  iqlim  zonasi  Surxondaryo,  Qashqadaryo  va  Navoiy 

viloyatining  janubiy  xududlarini  o‘z  ichiga  oladi.  Qolgan  hudud  esa  Markaziy 

iqlim zonasini tashkil etadi. 

Iqlim va tuproq sharoitlarining turlicha bo‘lishi bu mintaqalarda novegetasion 

davrda u yoki bu sug‘orish turlarini qo‘llashni taqozo etadi. Respublika sharoitida 

oktyabrdan to aprel oyiga qadar quyidagi sug‘orishlar o‘tkaziladi: 1) Shudgordan 

oldin sug‘orish; 2) Sho‘r yuvish maqsadida sug‘orish; 3) Nam to‘plash maqsadida 

sug‘orish;  4)  Ekin  ekishdan  oldin  sug‘orish;  5)  Chigit  suvi  berish;  6)  Sovuq 

urishiga qarshi sug‘orish. 

 1.Shudgordan oldin sug‘orish. 

Bedapoyalar,  g‘alla,  makkajo‘xori  ekinlaridan  bo‘shagan  dalalarni 

shudgorlash  davrida  tuproq  namligi  haddan  tashqari  kamayib  ketadi.  Namligi 

mo‘‘tadil bo‘lmagan tuproqni shudgor qilishda yerga sifatsiz ishlov beriladi (katta-

katta  kesaklar  ko‘chadi),  qishloq  xo‘jalik  mashinalariga  tuproq  katta  qarshilik 

ko‘rsatadi.  Shu  sababdan  bunday  tuproqlar  shudgordan  oldin  eski  egatlar  orqali 

yoki  bostirib  sug‘oriladi.  Sug‘orishlar  tuproqni  mayin  haydalishini  ta‘minlaydi. 

Bunday  sug‘orishlar  shudgordan  10-12  kun  oldin  yengil  mexanik  tarkibli 



15 

tuproqlarda  800-900  m

3

/ga,  o‘rtacha  va  og‘ir  mexanik  tarkibli  tuproqlarda  1000-



1200  m

3

/ga  me‘yorda  o‘tkaziladi.  Bu  sug‘orish  me‘yori  tuproqni  ustki, 



haydaladigan qatlamini to‘liq namiqtirishga yetarli hisoblanadi. Yer yetilishi bilan 

tuproq kerakli chuqurlikda haydaladi. 

 2.Sho‘r yuvish maqsadida sug‘orish. 

O‘zbekistondagi  sug‘oriladigan  maydonlarning  deyarli  yarmisi  har  xil 

darajada sho‘rlangan. Tuproq tarkibidagi ortiqcha tuzlar o‘simliklarga zararli ta‘sir 

ko‘rsatadi  -  o‘simlik  yaxshi  o‘sib  -  rivojlanmaydi  va  hosildorlik  keskin  kamayib 

ketadi. Sho‘rxok yerlarda o‘simlik deyarli o‘sib rivojlanmaydi. Tuproq tarkibidagi 

tuzni yo‘qotishning eng asosiy bevosita tadbiri  - bu sho‘r yuvishdir. Sho‘r yuvish 

samaradorligi  uni  o‘tkazish  muddati,  sho‘r  yuvish  me‘yorlarini  to‘g‘ri  tanlash, 

tuproqni sho‘r yuvishga qanday tayyorlanganligi , sho‘r yuvish usullari kabilarga 

bog‘liq. 

Ilmiy  tadqiqot  muassasalarining  tavsiyalariga  ko‘ra  qumloq,  yengil  soz 

mexanik  tarkibli  kam  sho‘rlangan  yerlarda  tuproq  1-2  marta  1500-2000  m

3

/ga 



me‘yorda, o‘rta soz tuproqli kam sho‘rlangan yerlar 2 marta 2500 m

3

/ga me‘yorda, 



og‘ir  soz  tuproqli  o‘rtacha  sho‘rlangan  yerlar  2-3  marta  3000-3500  m

3

/ga 



me‘yorda,  og‘ir  mexanik  tarkibli  kuchli  sho‘rlangan  yerlar  4  marta  4000  m

3

/ga 



umumiy me‘yorda yuviladi. 

Tuproq sho‘ri kuzgi shudgorishdan so‘ng - kuz va erta qish oylarida yuvilsa 

yaxshi  samara  beradi.  Xorazm  va  Qoraqalpog‘istonda  sho‘r  yuvishning  qulay 

muddatlari  1-10  dekabr  va  qo‘shimcha  fevral  oxiridan  1-10  aprelgacha  bo‘lgan 

muddat  hisoblanadi.  Mirzacho‘l  va  Markaziy  Farg‘onada  25-31  dekabrgacha, 

Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryoda 15-20 yanvargacha bo‘lgan muddat qulay 

hisoblanadi. 

Sho‘r yuvish cheklarining kattaligi: yaxshi suv o‘tkazuvchan joylarda 0,05  - 

0,08  ga,  yaxshi  tekislangan  og‘ir  mexanik  tarkibli  turoqlarda  0,20  -  0,25  ga  va 

o‘rtacha sharoitlarda 0,10 - 0,15 ga. 

 3. Nam to‘plash maqsadida sug‘orish.. 



16 

Janubiy  iqlim  zonasida  va  sizot  suvlari  chuqur  joylashgan  yerlarda  qish  va 

bahor  oylarida  yog‘inning  kam  bo‘lishi  tuproqda  kerakli  darajada  nam 

to‘planmasligiga,  bu  esa  ekishdan  so‘ng  to‘liq  ko‘chatlar  olmaslikka  olib  keladi. 

Shu  sababdan  bunday  mintaqalarda  fevral  oyi  va  mart  oyining  boshlarida  nam 

to‘plash maqsadida sug‘orishlar o‘tkaziladi. 

Nam  to‘plash  uchun  sug‘orish  me‘yori  (M)  S.N.Rijov  taklif  etgan  quyidagi 

ifoda yordamida hisoblanadi: 

M = P - (H + K x O) 

 bunda: P - tuproqning CHDNS, m

3

/ga; 


H - sug‘orish arafasida tuproqning amaldagi nam zahirasi, m

3

/ga; 



K - yog‘inlar hisobiga to‘planadigan suv miqdori koeffitsienti (0,5): 

O - sug‘orishdan ekin ekkunga qadar tushadigan yog‘in miqdori, m

3

/ga: 


Nam to‘plash maqsadida sug‘orish me‘yorlari quyidagicha: 

- yengil mexanik tarkibli tupoqlarda 1000-1200 m

3

/ga; 


- o‘rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda 1200-1500 m

3

/ga; 



- og‘ir mexanik tarkibli tuproqlarda 1800 - 2000 m

3

/ga; 



Bunday sug‘orishlar bostirib yoki egatlar orqali o‘tkaziladi. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling