Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida hududiy taqsimlangan


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana05.01.2022
Hajmi1.75 Mb.
#226287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
amudaryo tumani suv drenaj tizimining geoaxborot modeli va algoritmini yaratish (1) (1)

system, GIS) - fazoviy xarakterdagi ma‘lumotlar va ular bilan bog‘langan fazoviy 

bo‘lmagan  ma‘lumotlarni  to‘plash,  saqlash,  ishlov  berish,  tahlil  qilish  va 

akslantirish  asosida  geografik  fazo  haqida  ma‘lumot  va  bilim  olish  imkonini 

beruvchi tizimdir. 

Zamonaviy  GAT  lar  ma‘lumotlarni  to‘plash,  saqlash,  yangilash,  ifodalash 

kabi  bosqichlarni  o‘z  ichiga  oluvchi,  axborotga  kompleks  ishlov  berishni  amalga 

oshiruvchi  axborot  tizimidir.  Shu  munosabat  bilan  GAT  larni  turli  nuqtai  – 

nazardan qarash mumkin. Geografik yoki fazoviy ma‘lumotlar hozirda obyektlarni 

fazoviy  joylashtirish  bilan  bog‘liq  turli  faoliyatlar  yurgizuvchi  tashkilotlar 

ishlatadigan  ma‘lumotlarning  asosiy  qismini  tashkil  etadi.  Yer  –  suv  resurslarini, 

shahar  xo‘jaligini,  transport  va  telekommunikatsiya    tarmoqlarini    va  boshqa 

hududiy  obyektlarning  boshqaruvi  muammolarini  yechishda  GAT  boshqaruv 

tizimini  bajaradi.  Bunda  yechimlar  qabul  qilishda  turli  xil  ma‘lumotlardan, 

jumladan,   kartografik ma‘lumotlardan foydalaniladi. GAT lar avtomatlashtirilgan 

axborot  tizimlari    sifatida  o‘z  ichida    turli    ko‘p  ishlatiladigan  axborot 

texnologiyalari  va  tizimlari,  jumladan,  ilmiy  tadqiqotlarning  avtomatlashtirilgan 

tizimlari(ASNI), 

avtomatlashtirilgan 

loyihalashtirish 

tizimlari(SAPR), 

avtomatlashtirilgan  axborot-qidiruv  tizimlari(ASIS)  ga  xos  texnologiyalar  va 

texnologik jarayonlarni umumlashtiradi. Geoaxborot tizimi sifatida GAT o‘z ichiga  

avtomatlashtirilgan  kartografiya  tizimlari(AKS),  avtomatik  fotogrammetrik 

tizimlar(AFS),  yer  axborot  tizimlari(ZIS),  avtomatlashtirilgan  kadastrlovchi 

tizimlar(AKS)  va  hokazo  larga  xos  texnologiyalarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Modellashtiruvchi  tizim  sifatida  GAT  boshqa  avtomatlashtirilgan  tizimlarda 




qo‘llaniladigan  matematik modellashtirish usullari va vositalariga ega. Axborotni 

taqdim  qilish  tizimi  sifatida  GAT  zamonaviy  multimedia  texnologiyalaridan 

foydalanishga  asoslangan.  Amaliy  tizim  sifatida  GAT  qo‘llanish  sohasining 

kengligi  bilan  xarakterlanadi.  Hozirda  GAT  lar  xalq  xo‘jaligining  turli 

tarmoqlarida,  jumladan  ekologiya,  iqtisod,  transpotni  tashkil  qilish,  meditsina, 

geologiya, telekommunikatsiya va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi.  

Mazkur  bitiruv-malakaviy  ishi  Amudaryo  tumani  misolida  drenaj  tizimini 

geoaxborot  tizimlari  asosida  o‘rganish  va  tizim  holatlari  monitoringini  o‘tkazish, 

drenaj  tizimi  holatlarini  samarali  tashkil  qilish  va  yaxshilash  kabi  masalalarni  hal 

qilishda GAT texnologiyasi imkoniyatlaridan foydalanishga bag‘ishlangan. 

 

Bitiruv  malakaviy  ishi  kirish,  to‘rtta  bo‘lim,  xulosa  va  foydalanilgan 



adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan: 

Birinchi  bo‘limda,  Amudaryo  tumanining  tabiiy-geografik  joylashish  holati 

va  drenaj  tizimi  haqida  umumiy  tushunchalar  keltirilib,  Amudaryo  tumanining 

geografik  joylashuvi,  tumanning  drenaj  tizimi  va  geoaxborot  tizimlarining  tuman 

drenaj tizimini loyihalashga doir amaliy masalalar yechishga tadbiqi kabi masalalar 

ko‘rilgan. 

Tumanga  tegishli  drenaj  tizimlari  o`rganib  chiqilib  bunday  kamchiliklarni 

bartaraf  qilishning  GIS  texnolgiyasi  asosida  qilinishi  maqsadga  muofiq  bo‘ladi. 

Shu  bois  bitiruv  ishining  2-bobida  geoaxborot  tizimlarining  dasturiy    vositalari 

haqida so‘z borib, ArcGIS, ArcCatalog va ArcMap dasturiy paketlari, ArcCatalog 

ni  ishga  tushirish,  ArcMap  da  ma‘lumotlarni  tasvirlash  usullari    v.h.  geoaxborot 

tizimlarining dasturiy vositalarini ishlatish usullari keltirilgan. 

Tuman  drenaj  tizimining  ma‘lumotlari  asosida  Arc  Catalog  da 

geoma‘lumotlar  bazasi  yaratilgandan  so`ng  bitiruv  ishining  3  –  bobi  Amudaryo 

tumani  drenaj  tizimining  GIS  modelini  ishlab  chiqishga  qaratiladi.  Bu  bobda 

tumandagi  sizot  suvlarning  satxini  tushirish  maqsadida  yangi  tizimini  

loyihalashtirish,  Amudaryo  tumanini  drenaj  tizimi  GIS  modeli  strukturasi, 

topologik  elementlari  va  geoma‘lumotlar  bazasi  va  ArcMap  dasturiy  muhitida 

Amudaryo  tumanini  drenaj  tizimi  elektron  kartasini  yaratishga  qaratilgan 



muammolarning  yechimi  ishlab  chiqilgan.  Mazkur  bobda  kiritish  ma‘lumotidan 

boshlab  tuman  dernaj  GIS  modeligacha  bo`lgan  tizimni  keltirib  va  asoslari 

keltirilgan. 

Bitiruv ishining 4-bobi hayot faoliyati xavfsizligidan tashkil topgan.  

Xulosada  bitiruv  ishining  natijalari  va  tadqiqot  xulosalari  keltirilib, 

adabiyotlar ro`yxati bilan yakun topgan.  

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling