Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida hududiy taqsimlangan
Geoaxborot tizimlarining tuman drenaj tizimini loyihalashga doir amaliy
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
amudaryo tumani suv drenaj tizimining geoaxborot modeli va algoritmini yaratish (1) (1)
1.3. Geoaxborot tizimlarining tuman drenaj tizimini loyihalashga doir amaliy
masalalar yechishga tadbiqi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan qisqa vaqt ichida shaharlar obodonchilik darajasini oshirishga katta e`tibor berilmoqda. Misol
tariqasida shaharlar infrastrukturasini yaxshilash, shahar hududlaridagi ekologik vaziyatni yaxshilash, tuproq va suv resurslaridan oqilona foydalanish va yer osti gidrosferasini yaxshilash shahar aholisini turmush tarzini yaxshilishda katta imkoniyatlar ochadi, ana shu o`rindagi muhim masalalardan bo‘lib shaharlarni obodonlashtirishda yer osti sizot suvlarining satxini me`yorida saqlash hisoblanadi. 17 Bunda shahar suv va tuproq resurslarini hisobga olgan holda ko‘kalamzorlashtirish muammolarini hal etish, shahar transportlarini tashkil qilishda, transport vositalarining chorahalarda uzoq turib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, masalan yangi ko‘priklar qurish, yo‘llarni ta`mirlash, vodoprovod shaxobchalarining monitoringini tashkil qilish kabilar muhim masalalar qatoriga kiradi. Tumanda barpo etilgan va mavjud hududlar yer osti sizot suvlarini miyorida saqlash va ularga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rish va obodonligini yanada oshirish uchun tuman geografik joylashuviga qarab drenaj tizimlari yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi 10-15 yil orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining infrastrukturasi sezilarli darajada o‘zgarganligini ko‘rishimiz mumkin, jumladan Amudaryo tumanida katta yangi qurilishlar, yangi aholi punktlari, yangi ko‘kalamzor maydonlar barpo etilganligini ko‘rishimiz mumkin. Tuman drenaj tizimini o‘rnatishda asosan qo‘yidagilarga e`tibor qaratiladi: Tumanning geografik joylashuvi o‘rganib chiqiladi. Tuman aholi punktlarini hisobga olgan holda yangi xaritalar tuziladi. Tuman ko‘kalamzorlashtirish maydonlarini o‘lchamlari olinadi va joylashishiga qarab drenaj tizimi qo‘llanish turlari tanlanadi. Tuman
ko`chalarini va
aholi punktlarini ko`kalamzorlashtirishda qo‘yidagicha ish ko‘riladi: 1. Ko‘chalardagi noyob daraxtlar xisobga olinadi va tizimlanadi. 2. Shaxar ko‘chalarining suv bilan ta‘minlanish darajasi o‘rganib chiqiladi. 3. Shaxar ko‘chalari planiga asosan manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekish hududlari aniqlanadi. 4. Har bir ekilgan daraxtning joylashish koordinatalari, atributlari aniqlanadi. 5. Ana shu ma‘lumotlar asosida tuman obodonlashtirish kartografik modelining ma‘lumotlar bazasi ishlab chiqiladi. 6. Ma‘lumotlar bazasi asosida tumanni obodonlashtirish GIS modeli yaratiladi. 18 GIS modelni yaratish ArcGIS dasturiy paketi asosida 2 bosqichda olib boriladi: Arc Catalog tizimi yordamida model strukturasi aniqlanadi va topologik elementlari kiritiladi. Natijada geoma‘lumotlar bazasi strukturasi hosil bo‘ladi. Arc Map dasturida tuman yoki biror hudud uchun obodonlashtirish GAT modeli yaratiladi. Yaratilgan elektron kartografik model asosida tuman ko‘chalari va noyob daraxtlar taqsimoti, ariqlar va ularning suv ta‘minoti, daraxtlarning rivojlanish jarayonlarini o‘ragnish kabi hisoblash eksperimentlari o‘tkazish mumkin va shu asosida obodonlashtirish rejasini tahlil qilish, o‘zgartirishlar kiritish mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling