Hozirgi axborotlashtirishning globallashuvi asrida hududiy taqsimlangan
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
amudaryo tumani suv drenaj tizimining geoaxborot modeli va algoritmini yaratish (1) (1)
10 1- BOB. AMUDARYO TUMANINING TABIIY-GEOGRAFIK HOLATI VA DRENAJ TIZIMI 1.1. Amudaryo tumanining geografik joylashuvi Amudaryo tumani - Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi tuman hisoblanib 1957 yil 18 dekabrda tashkil etilgan. Amudaryo tumani shimolda Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani, janub hamda g‘arbda Turkmanistonning Gubadog‘ tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,02 ming km². Aholisi 136,1 ming kishidan ziyod. Amudaryo tumani da 1 shahar (Mang‘it), 1 shaharcha (Jumurtov), 10 ovul fuqarolari yig‘ini (Bobur, Do‘rmon, Quyuqqo‘pir, Nazarxon, Xitoy, Choyko‘l, O‘rta-qal‘a, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) dan tashkil topgan va markazi — Mang‘it shahri hisoblanadi (1.1-rasm). Tabiatiat relefi, asosan, tekis-likdan iborat. Amudaryoning chap sohili bo‘ylab Jumurtov tizmasi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi - 16, - 2G, iyulniki 27 - 32°. Yiliga o‘rtacha 100 – 110 mm yog‘in tushadi. Amudaryo tumani da Qipchoqarna, Mang‘itarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorako‘lyop, Bog‘yop, Seityop, Oqoltin, Alieliyop, Eshonyop, Sho‘ryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatliyop, Qizilyop, Kulotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, Toshyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Bo‘zsuv kanal va ariqlari barcha xo‘jalik yerlarini suv bilan ta‘minlashga xizmat qiladi. Yerlarni sho‘rlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilib muntazam ravshda tozalanib kelmoqda. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli bo‘lib, tol, terak, tut, gujum, qarag‘an, turang‘il, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, sho‘ra, kamish, chirmovuq, semizo‘t, yakan, otquloq va yovoyi utloqzorlar va ekinzorlar bilan qoplangan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, rus, tatar, koreys, tojik va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. 1 km² ga o‘rtacha 132 kishi to‘g‘ri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 105,5 ming kishiga 11 tu‘g‘ri keadi. Xo‘jaligi ko‘p tarmoqli hisoblanib sanoat korxonalaridan Mang‘it paxta tozalash, g‘isht zavodlari, maishiy xizmat ko‘rsatish, Mang‘it ip yigiruv va tikuvchilik tsexlari mavjud.
Amudaryo tumani Taxiatosh GRES va Mang‘it GES energiyasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mavjud. Amudaryo tumani ning asosiy tarmoqlari paxtachilik, pillachilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Amudaryo tumani da sug‘oriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekinzorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajo‘xori ekiladi. Amudaryo tumani da 18 jamoa xo‘jaligi, dehqon- fermer va shirkatlar uyushmasi, 296 dehqon-fermer xo‘jaligi va boshqa xo‘jaliklar mavjud bo‘lib bugingi kunda ekinzor erlarni va chorvachilik erlarni er osti sizot 12 suvlaridan asrash va oldini olish choralarini ko‘rish o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Buning uchun avvalo tumandagi drenaj tizimlarini sozlash va inventarizatsiyadan o‘tkazish lozim va bunday choralarni zamonaviy geoaxborot texnologiyalar asosida amalga oshirish ishning unumdorligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling