Hozirgi davrning global muammolari
Download 492.95 Kb.
|
Hozirgi davrning global muammolari
Tashqi omil — ilgari mustamlaka yoki qaram bo'lgan
xalqlarning o‘tmishi bilan bog'liqdir. 0 ‘tmishda ularning xo'jalik hayoti zo'rlik bilan o‘zgartirilgan, ko‘pincha turg'un holda bo'lgan qoloq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. Milliy mustaqillik qoMga kiritilgandan keyin ham sobiq mustamlakalarda metropoliyalar yirik markazlarining iqtisodiy ta’siri saqlab qolindi. Ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikning davom etishi, ularning xo‘jalik taraqqiyoti yo‘nalishi ustuvor darajada sobiq metropoliya bilan mavjud aloqalarni davom ettirishga qaratildi. Natijada, xalqaro monopolistik guruhlarning qoloq mamlakatlar ustidan xo‘jayinlik qilishi davom etaverdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan olinayotgan foyda zayom va qarzlarni foizli qaytarish hamda keltirilgan mahsulotlarga belgilangan monopol bahodan foydalanish tufayli,ularning iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital mablag‘ lardan bir necha marta ko‘p bo‘lmoqda. Masalan, Yer yuzida eng kam rivojlangan mintaqa bo'lgan Afrikada (Janubiy Afrika Respublikasini qo'shmaganda) o‘lim, umrning qisqaligi, savod- sizlik, qashshoqlik dunyo bo‘yicha birinchi o.£rindaligiga qaramay, bu yerdan faqatgina AQSH olgan daromad 1950-yildan 1975- yilgacha 5436 mln dollar bo‘ldi (foyda 200 % dan ortiq). Keyingi 15 yilda ham bu ko‘rsatkich saqlab qolindi. Aksariyat rivojlangan davlatlar „uchinchi dunyo “ mamlakatlariga xomashyo manbayi, sarmoya bozoriga kapital chiqarish uchun qulay soha sifatida qaraydilar. Pirovardida, rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Download 492.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling