4.Agar iqtisodiy ahvol jamiyat rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan
taqozolangan bo‘Isa, ,{lemografiyaviy portlash “ insonning xohishirodasi,
mavjud an’analarga sodiqligi, madaniy darajasi, turmush
mezonlari va hokazolar bilan belgilanadigan jarayondir.
Yer sathida ilk paleolit davri boshida 100—200 ming, so'ng
paleolit boshida — 1 mln, neolit boshida — 10 mln, oxirida 50
mln, eramiz boshlarida — 230 mln odam yashagan. Sayyoramizdagi
aholining soni hozirgi vaqtda, 6,5 mlrd dan ortdi. Bu raqamlarda
aholining soni o‘sib borganligi qayd qilingani ko‘rinadi. Aslida esa,
bu raqamlar odamlarni tegishli moddiy vositalar (oziq-ovqat,
kiyim-kechak, turar joy va h.k.) bilan ta’minlash, zarur ma’lumot
darajasi, tibbiy va huquqiy xizmat, tegishli ijtimoiy muhofaza,
yosh avlod tarbiyasi masalasini ham kun tartibiga qo‘yadi.
Olimlar aholining o ‘sishi bilan bog‘liq masalalarga XVIII
asrdayoqe’tiborberishgan. Xususan, ingliz iqtisodchisi R.T.Maltus
bundan 200 yil awal shunday yozgan edi: ,/lgar past tabaqa
sinflar nodonligi va buzuqligiga qaramasdan ко ‘payib boraversa,
и holda m a ’rifatli sinflar o ‘zlarining yaqinlariga bo'lgan
nasroniylarcha muhabbati bilan hech nima qila olmaydilar“. ,,Otaonasi
farzandining yashashini ta ’minlash uchun zarur kapitalga
ega bo ‘Imasa, bu farzandning yashashga qanday haqqi bor? Bunday
farzand faqat xayr-ehsonga ко ‘z tikishi mumkin ". ,J3oshqa kishilar
tomonidan egallangan dunyoga kelgan odam... bu dunyoda mutlaqo
ortiqchadir“.
Maltusning bu qarashlari bilan hozirgi davrda ilgari surilgan
nuqtayi nazarlar umumiyday ko'rinadi. Masalan, Rim klubining
taniqli vakili, matematik J.Forreyster modeli bo'yicha va Massachusets
texnologiya instituti (AQSH professori Denis Medouz va
uning xodimlari tomonidan tayyorlangan ,,0 ‘sish chegaralari“
kitobida insoniyat rivojlanishining beshta parametrlaridan bin bo‘lgan
,4emografik portlash “ haqida gap boradi. Uning fikricha, agar
aholining o'sishi hozirgi sur’atlar bilan borsa, 2000-yilga kelib,
tez orada hamma unumdor yerlar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
doirasiga tortilib bo'ladi. Nounumdor, sahro yerlarni o‘zlashtirish,
dengiz suvini chuchuklashtirish, sun’iy oziq-ovqat yaratish va
hokazolar esa juda katta xarajatni talab etadi. 2100-yilga kelib esa,
bu resurslar tugaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, o‘lim ko'payadi
Do'stlaringiz bilan baham: |