Django freymvorki shablonlar uchun o'zining kuchli "yuritkichi"(движок) va maxsus belgilash tiliga ega. Shablonlar o'zida html kodlarni jamlagan va ular yordamida ma'lumot taqdim etiladi. Saqlangan fayl statik yoki dinamik bo'lishi mumkin. Shablonlar o'zlarida hech qanday biznes logikalarni saqlamaydi. Shunchaki ma'lumotlarni taqdim etadi.
Django freymvorki hozirgi kunda ko'plab yuqori yuklanishga(нагрузка) ega bo'lgan masalalarni hal etmoqda. Freymvorkni quyidagilar uchun qo'llashadi:
CRM tizimlari.
CMS.
Komunikatsion platformalarda.
Raqamlarni bron qilish servislarida.
Hujjatlarni almashish vazifasini bajaruvchi platformalarda boshqaruv sifatida qo'llanadi.
API qurishda.
Kutubxonalar
Taniqli dasturlash tillarida kutubxonalar mavjud va ular yordamida muammolarga ajoyib yechimlar topsih mumkin. Kutubxonalarda tayyor yechimlarni: funksiyalarni,klasslarni,konfiguratsiyalar va hokazolarni topish mumkin. Kutubxonalar sabab dasturlash tilining imkoniyatlari oshadi va dastur tayyorlash jarayonini ham yengillashtiradi.
Shu jumladan, Django ham veb ilovalar yozish davomida kutubxonalardan foydalanadi. Bunday kutubxonalar qatoriga quyidagilarni keltirish mumkin:
Django REST Framework - API lar bilan ishlash jarayonini yangillashtiradi.
Django CMS - Kontentni boshqarish uchun qulay "instrument".
Django-all auth - bu kutubxona yordamida registratsiya, avtorizatsiya, hisob(akkaunt) funksiyalarini amalga oshirish mumkin.
Djangoda foydali kutubxonalar talaygina.
Django freymvorkining imkoniyatlari va ba'zi afzalliklari
ORM,APIlarning tranzaksiya yordamida ma'lumotlar omboriga kirish huquqining berilishi.[3]
Administrator paneli.
Administrator paneli interfeysining oldindan mavjudligi.Qo'shimcha sifatida bu interfeys ko'plab tillarga tarjima qilingan.Qisqa qilib aytganda, admin paneli tayyor:)
URL dispetchirining mavjudligi(regular expressionsga asoslanganligi albatta).
Keng ko'lamdagi shablonlarning mavjudligi.
Keshlash tiziming mavjudligi(система кеширования).
Internatsionallik ya'ni mahsulotning boshqa tillarda ham adaptivligi(Dasturlash tillari nazarda tutilmagan).
"Generic views" - boshqaruv funksiyasining shablonlari.
Avtorizatsiya va autifikatsiya.Tashqi autifikatsiya modullarga ulanganlik : LDAP,OpenID va hokazolar.
Formalar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi kutubxonalarning mavjudligi(mavjud ma'lumotlar omborining modeliga asoslangan holatda formalar yaratish).
Do'stlaringiz bilan baham: |