Tijorat bankining boshqaruvi bankning yuqori organidir. Bu strategik
boshqaruv: iqtisodiy tahlilning ma’lumotlari va buxgalteriya hisobotining
ma’lumotlari asosida bankning trayektoriyali maqsadlari va siyosatini
belgilaydi; ularni bundan keyingi detallashuvi va tegishli bo‘limlar
tomonidan bajarilishi uchun departamentlarga yetkazadi; bank
tomonidan yuritilayotgan siyosatning umumiy nazariyasi nazoratini
amalga oshiradi; iqtisodiy vaziyat o‘zgarganda uni qayta ko‘rib chiqadi
hamda bank portfelining holatini nazorat qiladi, shuningdek, boshqaruv
tizimlarini tashkil etadi. Ular bankning strategik rahbarligini qo‘llab-
quvvatlashini ta’minlaydi, boshqaruv tizimidagi har xil bo‘limlar
ishini muvofiqlashtiradi. Bankning kattaligi va uning åhtiyojlariga ko‘ra
boshqaruv a’zolari tomonidan boshqariladigan quyidagi qo‘mitalar
4.1-rasm. Tijorat bankining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi.
74
tashkil qilinadi: kredit, taftish, ijroiya, ishonch operatsiyalari va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |