To‘g‘ri chiziqli (shtabli) boshqaruv tuzilmasi yanada murakkabroq
bo‘ladi. Bunda depozit, kredit, investitsion va boshqa operatsiyalarning
bajarilishini ta’minlovchi bo‘limlar yuridik va jismoniy shaxslarning
har xil guruhlariga xizmat ko‘rsatuvchi oraliq bosqichdagi boshqaruvga
bo‘ysinadi. Ular bankning global boshqarish maqsadlariga tobe ravishda
o‘zlarining mahalliy maqsadlarini belgilashlari mumkin. Keyingilarga
quyidagilar kirishi mumkin: yo‘l qo‘yiladigan xavf-xatarda ång katta
foydani olish, shaxsiy likvidlarni oshirish va boshqalar. Shuning bilan
bir vaqtda bunday tuzilishda bajarilayotgan boshqaruv vazifalarini bir
turliligining tamoyili bo‘yicha ajratilgan boshqaruv ålementlari saqlanib
qolishi mumkin. Tashkil qilishning bunday tizimi boshqaruvni
murakkablashtiradi va qimmatlashtiradi, ammo uning sifat darajasini
oshiradi.
Mamlakatimizdagi turli xildagi tijorat banklaridagi turli-tuman
boshqaruv tuzilmalari ularning davom åtayotgan rivojlanishi va
73
vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Tijorat banki boshqaruvi tuzilishiga
4.1-rasmda keltirilgan tuzilma misol bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |