Hozirgi kunda iqtisodchining ish joyini kompyutersiz tasavvur
vositalarini ko‘p darajali tashkil qilishning prinsipial sxemasi
Download 38.45 Kb.
|
hisobot praktika
vositalarini ko‘p darajali tashkil qilishning prinsipial sxemasi.
Rahbarning AIJ o‘zining tuzilmasiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: — tarqatilgan; — lokallashgan. Rahbarning tarqatilgan AIJ — monitor, klaviatura hamda sichqon- chadan iborat va boshqa barcha funksional qismlar uning yordamchisi yoki kotibada bo‘ladi. Lokallashgan tuzilma avtonom ishlash va funksional yopiqlik bilan ta’minlanadi. Rahbarning AIJni yaratishda ikkita asosiy funksiya hisobga olinadi: tezkor boshqarish va qarorlar qabul qilish. Shuning uchun ham, rahbarning AIJ quyidagi talablarga javob berishi kerak: — doimiy ravishda ishonchli axborotlar bilan to‘ldirilib boriluvchi, kirish chegaralangan, rivojlangan ma’lumotlar bazasi (MB); — axborotlarni tezkor izlash; — axborotlarni ko‘rgazmali tasvirlash; — haqiqiy sharoitga maksimal moslashtirilgan, ishlash uchun optimal kirish sharoitini ta’minlovchi muloqot dasturiy vositalarning mavjudligi; 7
— texnik va dasturiy vositalarning yuqori ishonch bilan ishlashi hamda oddiyligi; — AIJ xotirasida qabul qilingan qarorlar tajribasini to‘plash im- koniyati mavjudligi. Shunday qilib, rahbarning AIJ ish faoliyatida qarorlar qabul qilishni, qo‘lda bajariladigan ishlarni hamda kommunikatsiya aloqalarini ta’minlovchi tizimlarni qamrab olishi kerak. Rejalashtirilgan barcha tadbirlarni tashkil qilish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini rahbar yordamchisi yoki kotiba bajaradi. Majlislar bayonnomasi rahbarning AIJdagi maxsus elektron yozuv daftarchasiga yoki uning AIJ bilan bir tarmoqdagi boshqa AIJga maxsus faylga yoziladi. Faoliyatning ma’lum bir bosqichida bajarilgan ish natijalarini baholash uchun arxivlashtirish lozimdir. Rahbar o‘z ishini dasturning dispetcher bo‘limi orqali rejalash- tiradi. Shaxsiy arxiv uzoq muddatga mo‘ljallangan yozuvlarni saqlashga xizmat qiladi. Masalan, korxonalar, shaxslarning telefonlari, manzili, shablonlar hamda tez-tez ishlatiladigan shakllar va boshqa shu kabilar. Topshiriqlar kartotekasidan rahbarning shaxsiy topshiriqlari joy oladi. Download 38.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling