Hozirgi kunda kimyo sanoati xalq xo‘jaligining muxim tarmoqlaridan biri


Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi


Download 0.86 Mb.
bet2/20
Sana20.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1036450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ATJ laboratoriya 1

Laboratoriya ishlarini bajarish tartibi


O‘qituvchi birinchi laboratoriya darsida talabalarga texnika xavfsizligi bo‘yicha instruktaj o‘tkazib, maxsus jurnaliga instruktaj o‘tkazilgan sana, talabaning familiyasi, ismi-sharifi, imzosi, hamda o‘qituvchining imzosi tushiriladi. Texnika xavfsizligi ko‘rigidan o‘tgan talabalarga laboratoriya ishlarini bajarishga ruxsat beriladi. Talabalar ishning maqsadi, qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipini, nazorat-o‘lchov asboblaridan foydalanishni, qanday kattaliklarni o‘lchash lozimligini aytib berganlaridan keyingina o‘qituvchining ruxsati bilan laboratoriya ishlarini bajarishga kirishishlari mumkin.


Ishni bajarish davomida qurilmada kamchiliklar kuzatilsa, darxol o‘qituvchiga yoki o‘quv ustasiga xabar qilish lozim. Agar jixozlarni tuzatish lozim bo‘lib qolsa, bu ishni faqat qurilmani to‘xtatgandan keyingina amalga oshirish keraq SHuningdek ishlab turgan jihozlarni qarovsiz qoldirish ham ta’qiqlanadi. Laboratoriya ishini bajarib bo‘lganligini talaba o‘quv ustasiga bildirishi va tajriba qurilmasini unga topshirishi shart.
Laboratoriya ishi haqidagi hisobot umumiy daftarga yoki 210x297 mm varaqlarga yoziladi. Daftarning birinchi sahifasida oliygoh va fakultetning nomi, talabaning ismi-sharifi, guruh raqamlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.


Hisobot tuzish tartibi


Tajriba ishlarining hisoboti kuyidagilarni uz ichiga olishi shart:



Talabalar ishni bajarib, hisobot yozib bo‘lganlaridan keyin nazorat savollariga javob beradilar. SHundan keyin o‘qituvchi ularning hisobotlarini qabul qiladi va shu ish himoya qilingan hisoblanadi.
Laboratoriya ishining hisobotini talabalar dars davomida tugatishlari maqsadga muvofikdir. CHunki bunda ularning bilimini, mustaqil ishlash qobiliyatini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Xisobot tuzishda tajriba natijalarini umumlashtirish uchun xisoblash mashinkalari (mikrokalkulyatorlar) ishlatiladi. SHuning uchun laboratoriya mashg‘ulotlariga talabalar hisoblash mashinkalari olib kelishlari zarur.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling