Hozirgi kunda o'qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari
Download 354.5 Kb.
|
HOZIRGI KUNDA O\'QITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar darsi
- Darsdagi mustaqil ish.
Ma’ruza darsi o‘quvchilar ongiga, fikrlashini faollashtirishda katta ѐrdam beradi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ma’ruza boshlashida o‘qitilaѐtgan materialning maqsadini, nimaga o‘qitilaѐtganini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Keyin esa kerakli bilim olishda asos bo‘ladigan prinsiplar, fikirni isbotlash va qanday yo‘l tutish kerakliginiko‘rsatadi.
Shundan keyingina ko‘rib chiqilaѐtgan masalani mag‘zi chaqiladi. Ma’ruza darsida pedagogsavollar, dialog, takrorlash, taqqoslashlardan foydalaniladi. Seminar darsi- o‘quvchilarni yuqori aqliy faoliyatini, yangi bilim vako‘nikma olishga intilishini kelib chiqaradi. Bunday pedagog nostandart usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Munozara darsi - o‘quvchilarni muammoli masalalar bilan to‘qnashtirish o‘zlarining fikirlarini baѐn ettirish uchun (o‘quv) pedagogdan katta mahorat talab etiladi. Pedagog xar bir darsni muammoli, izlanuvchan, faol bo‘lishi uchun,o‘quvchilarga savol va topshiriqlar tizimini yaratadi. Bu savollar qisqa va lo‘nda bo‘lishi kerak. Bunday savollar o‘quvchilarning nafaqat fikirlash doirasi, izlanuvchanligini kengaytiradi, balki ularni ijodiy qobliyatlarini, tashkilotchililigini,intizomliligini,kuchaytiradi. Shunday savollarni qo‘llash kerakki, ularda ehtirozli, qaramaqarshilik tomonlari bo‘lsin. O‘quvchi mulohaza yuritsin. Shuni aytish kerakki, savollarning ko‘pligi ѐki kamligi guruxdagi o‘quvchilarning ѐshgaintellektual qobiliyatiga mos kelish kerak. Pedagog o‘zining darsidao‘quvchilarning xatoga yo‘l qo‘yish mumkinligini inobatga olish kerak. O‘zi esa savollarni to‘ldirib, javoblarni xam to‘la berishi kerak. Javoblarni yuzaki, saѐz bo‘lishi keyingi savol berishga bo‘lgan hohishni sundirishi mumkin, shu bilan birga o‘quvchilarni faolligi ham so‘nadi. Darsdagi mustaqil ish. Tajribali pedagogning ѐsh pedagogdan farqi u kam kuch sarf qilib yaxshi natijaga erishadi, chunki u o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga o‘rgatadi. U shunday qoidaga bo‘ysunadi; agar material osonroq bo‘lsa, u o‘quvchilarga mustaqil ish qilib beradi, agar qiyinroq bo‘lsa, o‘zi tushuntiradi. Mustaqil ishning ko‘p turlarini o‘kituvchilar o‘quvchilarni yangi bilimni egallashga tayѐrlash uchun qo‘llashadi. Birinchi navbatta bu takrorlash xarakteridagi ishlar. Ularga oldingi o‘tilgan mavzular yuzasidan masala, misollar, pedagogning topshirig‘iga asosan biror darslikni tanlab berish, grafik ishlar, yahni sxema, jadval va boshqalar. Bundan tashqari mustaqil ishni yangi materialnio‘rganishda ham qo‘llash mumkin. Birinchi va ikkinchi xolatlarda mustaqil ishni o‘qitish jaraѐniga singdirish pedagog rahbarligida olib boriladi. Tajribali pedagoglar o‘quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashga, konspekt qilish texnikasiga, ijodiy ishlarning metodikasiga o‘rgatib borish kerak. Tajribali pedagog darsda, o‘quvchilarning darslik bilan ishlaѐtgan paytida, tez ishlaydigan o‘quvchini to‘xtatmaydi, sekin ishlaydigan o‘quvchini shoshiltirmaydi. Berilgan savolga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchiga keyingi savolni beradi. Xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchiga tezgina qo‘shimcha topshiriq beradi. Mustaqil ishni tashkil qilishda ѐsh pedagog o‘ziga kamroq majburiyatni oladi. O‘quvchilar shunga o‘rganib qolishadiki, pedagogxamma narsani tushuntirib, kerakli joyini muhimligini tahkidlab o‘tadi. Vaholanki, shu materialni mustaqil o‘rganib chiqishga, uni qayta ishlashga o‘quvchilar o‘rganmagan bo‘ladi. Har doim o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini o‘rganib, kuzatib, hisobga olib yuradigan pedagog ularning mustaqil ishini tashkillashtirishda pedagogik mahoratga ega bo‘ladi. Bunday mahoratga pedagog o‘quvchilar bilan muloqot qilgan kuzatuvchanligi, yaxshi rivojlangan tasavvur va chuqur muloxazali bo‘lgandagina erishiladi. Bunday pedagoglar to‘g‘risida o‘quvchilar; «Ular hamma narsani ko‘radilar, ulardan xech narsani yashirib bo‘lmaydi.‖ deb gapirishadi, odatda. Shuning uchun,munosabatni amalga oshirishning asosiy talabi tarbiyalanuvchi psixologiyasini anglay olishdir. Savol tugiladi;qarama-qarshi munosabatni qachon amalga oshirsa yaxshi bo‘ladi? Ilg‘or pedagoglar ko‘pincha darsni oldingi bilimlarni faollashtirishdan emas, balki muammoli vaziyatni tug‘dirish ѐki oldin qo‘yilgan muammoni yechimi to‘g‘risidagi taxminlarni, o‘rtaga tashlangan tahminni isbotlash vaqtida, ular avval egallagan bilimlarni dolzarb ekanligini qo‘llashadi. Muammoni dolzarb g‘oyasi pedagogga darsni nimadan boshlash kerakligini ham ko‘rsatib beradi. Bahzida darsni og‘zaki so‘roq bilan boshlash, bahzida esa masala beruvchi ѐki misolni yechish bilan boshlash maqsadga muvofiq . Shuni aytish kerakki, darsning boshlanishi uning keyingi borishini ham, o‘qitish usulini ham tanlashni belgilab beradi.Bu albatta pedagogning o‘z tashabbuskorligi va ijodkorligiga bog‘liq. Download 354.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling