Hozirgi kunda o'qituvchi nutq texnikasi va notiqlik madaniyatini takomillashtirish muammolari
Download 354.5 Kb.
|
HOZIRGI KUNDA O\'QITUVCHI NUTQ TEXNIKASI VA NOTIQLIK MADANIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI
Uy-mustaqil ishi. Yetuk pedagog – mutaxassislar o‘quvchilarning o‘zlashtirishini oshirish samaradorligini har doim uy – mustaqil ishini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘laydilar. Yaxshi pedagoglar uy vazifalarini qiziqarli bo‘lishiga harakat qiladilar.
Shu maqsadda ular vazifalarni harakter va formasiga qarab:og‘zaki va ѐzma, muhim va o‘z hohishidagi, qo‘shimcha adabiѐtlarni qo‘llab, o‘zi tanlangan topshiriq, individual va gruppali va x.k.ga o‘zgartirishadi. Uy vazifasini aniq va to‘g‘ri bo‘lishi uchun pedagog dars jaraѐnida samarali qilib,tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. Shuning uchun ham malakali pedagoglar yangi materialni tushuntirishga ko‘proq vaqt ajratadilar.Chunki bilimlarning og‘zaki mag‘zini chaqish, anglash jaraѐni qanchali samarali bo‘lsa, keyingi darsda uy vazifalari tekshirishga shunchplik kamroq vaqt ketadi. Shubhasiz, uy vazifalarini bajarishining faollashtirish sabablaridan biri, ularni tez – tez pedagogtomonidan tekshirilib borilishidir. Aks holda pedagoglarda uy vazifalarining nazoratsiz (tarzda) bo‘lishi vujudga kelishi mumkin va ular uy vazifalarni bajarishda sust bo‘lib qolishadi. ―Topshiriq berdingmi – tekshir, tekshirmadingmi topshiriq berma‖ – bu qoidaga pedagog doimo amal qilishi kerak. Darsning psixologik aspektlarini hisobsa olish. Birinchi navbatda, o‘quvchiga xalaqit beraѐtgan, diqqatini bir joyga jamlashga to‘sqinlik qilaѐtgan, guruh sharoitida, o‘rtoqlari ѐki pedagogning harakatlarida ѐki o‘zining mustaqil ishida chalg‘itadigan, g‘ashiga tegadigan narsalarga barham topish kerak: Yosh pedagog o‘quvchilarga, darsda nima ish bilan shug‘ullanishaѐtgani, loqayd o‘quvchilarning bor-yo‘qligidan boxabar bo‘lishlari lozim. Shubhasiz bundaylar har bir pedagogda ham bo‘ladi. Bunga sabab pedagogda hali yetarli mahoratga, o‘quvchiga ta’sir etish qobiliyatiga ega emasligidir. O‘quvchini ko‘p narsa bezovta qiladi: tayѐrlanmagan uy vazifasi, yaqinda o‘qigan kitobi, sevimli futbol komandasining mag‘lubiyati va x.k. Shuning uchun, pedagog o‘quvchilarning yuzidan ularning ko‘nglida nima kechaѐtganini, ularning diqqatini jalb qila olishi uchun maxsus psixolog bo‘lish kerak. Shundagina, xatoni juda loqayd, befarq o‘quvchini ham darsga qaytarish mumkin. Qiziqishlarni, qobiliyatlarni, fikrlash surhatlarni, tayѐrlanish, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat, o‘quvchilar xarakterining xususiyatlarini hisobga olish ijodiy darsning asosiy talabi. Pedagogning o‘quvchiga bo‘lgan talablarining xarakati. Shu narsa mahlum bo‘ldiki, har xil darslar jaraѐnida pedagogo‘zining tarbiyalanuvchilaridan juda ko‘p talablar qiladi. Lekin gap qancha talablarni aytishda emas, ularni qay tarzda aytishda. Talab qilishni qanday o‘rganish kerak? Bahzi xodisalar uni kelajakka yetaklaydi, bahzilariga u befarvo bo‘lishi mumkin. Bir xil narsalarni yaxshi ko‘rib boshqalarini ѐmon ko‘rish, bahzi pedagoglarni ѐqtirib,boshqalariga faqat toqat qilish mumkin. Psixologlarni aytishicha, ijobiy tiyg‘ular faoliyatini tug‘dirishadi. Darsni emotsional-intellektual sharoiti turli xil usullar orqali yaratiladi. Birinchidan, o‘rganilaѐtgan ѐki qo‘shimcha material tarkibida biror qiziq informatsiya, axborot keltirish orqali. Ikkinchidan, darsga u ѐki bu haqidagi mahlumotlarni, olimlarning haѐti va ijodi haqidagi mahlumotlarni, insonning aql zakovati nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi hikoyalarni kiritish. Uchinchi yo‘nalish, o‘quvchilarga qiziq bo‘ladigan ijodiy ishga jalb qilish usullaridan iborat. Bunday usullar ko‘p.Ularni tanlash turli xilmuammo vaziyatini vujudga keltirish bilan bog‘liq. To‘rtinchi yo‘nalish, pedagogning o‘quv materialga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishini bildiruvchi his-tuyg‘ularga bog‘liq. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, pedagog darsga qanchalik tayѐrlanmasin, dars ko‘ngildagidek o‘tmasligi mumkin. Endigina ishga tushgan pedagoglar shuni eslab qolishlari kerakki, o‘rgatilaѐtgan materialning go‘zalligi, qirraligi, ematsional, to‘g‘ri yetkaza olishda o‘quvchilarga ham o‘tadi «yuqadi‖. Dars surhati pedagog uchun nafaqat mehnat madaniyatining muammosi, balki intizom, darsning sifati muammosi. O‘quv ishining surhatini yuqori qilish uchun mutaxassislar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat qilishadi. Tajribasiz pedagoglar, ulgurolmaslikdan qo‘rqib, o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatini hisobga olmay, darsning surhatini oshirib borishga harakat qiladilar. Darsning turlicha buzulib ketishi, o‘quvchilarning ishchi kayfiyatiga,lekin hotirjam ishdan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir qiladi, ularni toliqtiradi. Download 354.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling