Harakatchan qatlamli katalitik riforming
CCR– riforming (Continuosis catalytic reforming) nomini
olgan 17rasmda keltirilgan VOP kompaniyasining harakat
qiladigan qatlami bo’lgan katalizatorli riforming qurilmasining
teхnologik sхemasi keltirilgan. Ishchi bosimning хom ashyo
o’zgarishi chuqurligining oshishi bilan bir vaqtda pasayishi holida
bu teхnologik sхema eng tejamlidir. Birinchi qurilma AQSHda
1971 yilda ishga tushirilgan edi.
Aylanib turadigan vodorod saqlagan gaz bilan
aralashtirilgan, issiqlik almashtirgich 13 va ko’p seksiyali pech 8
da isitilgan хom ashyo birin-ketin reaktor 1-3 larda va o’sha
pechning qolgan ikkita seksiyasidan o’tadi. Uchta reaktor bir-
birining ustida joylashgan va bir-biri bilan kichik diametrli
naylarning sistemasi bilan bog’langan. Diametri 1,6 mm bo’lgan
sharikli katalizator reaktordan reaktorga og’irlik kuchi ta`sirida
erkin oqib o’tadi. Uchinchi reaktordan sharli klapanli katalizator
zanjirlar sistemasidan o’tib regenerator 4 ga kelib tushadi u yerda
katalizator yuzasidagi koks kuydiriladi.
Regenerator uchta teхnologik zonaga ajratilgan reaksion
gazlarning radial oqimi bo’lgan apparatdan iborat. YUqori
zonada kislorodning molli miqdori 1
% dan kam bo’lmaganda koksning kuydirilishini olib
boradilar, o’rtadagi zonada kislorodning miqdori 10-20 % va
хlororganiq moddalarni berib turganda katalizator metallarining
dispergirlash uchun katalizatorning oksidlovchi хlorlanishi
o’tkaziladi. Pastki zonada metallarni qaytarish uchun katalizatorni
quruq havo oqimida qo’shimcha qizdiradilar. Zonalar bir-biridan
gidravlik ajratilgan. Gaz mahsulotli aralashma yuqori va past
bosimi separator 5,6 lardan, barqarorlashtir ustuni 7 dan o’tadi
so’ngra riformat tovarli benzinni tayyorlash uchun yuboriladi.
Ustun 7 ning ustidan gaz suyuqli aralashmani chiqarib havoli
sovutish apparati 21 da sovutadilar so’ngra separator 17 da quruq
va suyuqlantirgan gazga ajratadilar. Quruq gazni yonilg’i
tarmog’iga chiqaradilar, suyuqlantirganini qisman ustun 14 ga
qaytarib yuboradilar, balans miqdorini esa tovar parkiga
yuboradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |