Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yahshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho


Katalitik riformingni sanoat qurilmalari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana14.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1001300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.katalitik riforming qurilmasi quvurli pechini hisoblash

  


Katalitik riformingni sanoat qurilmalari  
Riformingning sanoat qurilmalarini qo’zg’almas qatlamli 
katalizatori bo’lgan (yarim regenerativ riforming) va harakat 
qiluvchi qatlamli bo’lish mumkin. Bularning orasida 
qurilmalarning oraliq turi mavjud bo’lib bunda qo’zg’almas 
qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmaga qo’shib katalizatorni 
uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (dualforming) bo’lgan yangi 
reaktorni yoki katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi 
(oktanayzing) ni quriladi.
Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarida VNIIN nefteхim 
instituti teхnologiyasi va Lengipronefteхimiya loyihasi bo’yicha 
qurilgan qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming 
qurilmalari hamda UOP va “Axens” kompaniyalarining 
lisenziyasi bo’yicha harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan 
qurilmalar ishlayapti. UOP kompaniyasining teхnologiyasi 
bo’yicha vertikal joylashgan reaktor va harakat qiladigan 
katalizatorli ХK,K qurilmalari loyihalashtirilayapti va 
qurilmoqda.


“Axens” kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha asosan 
dualforming va oktanayzing qurilmalari kurilayati. Riformingni 
birinchi sanoat qurilmasi AQSH da 1941 yilda, Rossiyada esa 1953 
yilda qurilgan.
Katalitik riforming o’tkazishni ikki usuli keng tarqalgan:  
1) 
qo’zg’almas katalizator qatlamida boruvchi riforming;
2) 
uzluksiz qayta tiklanuvchi qo’zg’aluvchan katalizator 
qatlamida boruvchi riforming.
Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming 
jarayoni tavsifi  
Qurilma quyidagi bloklardan tuzilgan: xom ashyoni 
gidrotozalash, tsirkulyatsiyalanuvchi gazni tozalash, katalitik 
riforming, gazlarni separatsiyalash va benzinni 
barqarorlashtirish.
 Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming 
texnologik sxemasi quyidagi 16-rasmda keltirilgan.
 Xom ashyo 12-nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) 
gidrotozalangan sirkulyatsiyalangan vodorod saqlovchi gaz va 
riformingdan ajralgan ortiqcha vodorod saqlovchi gaz bilan 


aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16- pechning aloqida 
bo`limida qizdiriladi (425
0
C gacha) va 15- gidrotozalash 
reaktoriga kiritiladi. Reaktordagi alyumokobal'tmolibdenli 
katalizator ishtirokida oltingugurtli birikmalar buzilib, so`ngra 
vodorod sul'fid qolatida chiqariladi. Shuningdek bir vaqtda xom 
ashyo azotli va kislorodli birikmalardan tozalash jarayoni boradi.
Bug’-gazli aralashma 15-reaktordan pastki qismidan 
chiqarilib, 10qaynatkich va 14-sovutkichda sovitiladi va 35
0

harorat bilan 8-gazseparatorga kiritiladi. Bu yerda aralashma 
suyuq gidrogenizatga va sirkulyatsiyalanuvchi gazga ajratiladi. 
Gaz 2- absorber pastki qismidan monoetanolamin (MEA) 
yordamida vodorod sul'fiddan tozalash uchun kiritiladi, so`ngra 
11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha siqiladi va 
gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha sirkulyatsiyalanuvchi 
gaz 1- kompressor yordamida 5,0 MPa bosimgacha siqiladi va 
qurilmadan chiqariladi.
 Gidrogenizat 8-gaz separatoridan 9-issiqlik almashtirgichda 
sovitiladi va 7- buqlatuvchi kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori 
qismidan chiquvchi vodorod sul'fid, uglevodorod gazlari va suv 


buqi 6-sovutkichda sovitiladi va 4separatorga yuboriladi. 
Separator pastki qismidan 5-nasos orqali kondensat yiqib olinadi 
va 7- buqlatuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod sul'fid va 
uglevodorod gazlari monoetanolamin (MEA) yordamida tozalash 
uchun 3kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi
buqlar 27- fraksiyalovchi absorberga yuboriladi.
Gidrogenizat 7- buqlatuvchi kolonna pastki qismidan 
chiqariladi va 10- qaynatkich va 9-issiqlik almashtirgichdan so`ng 
13-nasos orqali platforming blokiga yuboriladi. Gaz mahsulotli 
aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgichda qizdiriladi, keyin 
16-pechda va 500-520
0
C haroratda 19reaktorga kiritiladi. 
Aralashma 18 va 17- reaktorlardan ketma ketlikda o`tib, qar bir 
reaktordan so`ng 16-pechda qizdiriladi. Va niqoyat, oxirgi 17- 
reaktordan keyin gazmahsulotli aralashma 20-issiqlik 
almashtirgich va 21-sovutkichda 30
0
C gacha sovitiladi va 22- 
yuqori bosimli separator (3,2-3,6 MPa) ga katalizatdan 
sirkulyatsiyalanuvchi gazni ajratish uchun kiritiladi.
 Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5MPa bosim ostida 24-kompressor 
yordamida platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa - 


gidrotozalash tizimiga. Beqaror katalizat 22-separatordan 23-
past bosimli separator (1,9 MPa) ga kiritiladi. Katalizatdan 
ajraluvchi uglevodorodli gaz separator yuqori qismidan chiqarilib, 
27-fraksiyalovchi absorberga kirishdan oldin gidrotozalash-dagi 
uglevodorod gazlari bilan aralashtiriladi. 


 


Shu absorberga 23- past bosimli separatordan suyuq faza 25-
nasos orqali beriladi. Absorbent sifatida barqaror 
katalizat(benzin) xizmat qiladi. Absorber 27 da 1,4 MPa bosimda 
yuqori qismidagi harorat 40
0
C pastki qismida 165
0
C da quruq gaz 
ajratiladi.

Beqaror katalizat 26-nasos yordamida 31-issiqlik 
almashtirgich orqali 34kolonnaga beriladi va u yerda 
barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34 - 
jiqozlarning pastki qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech 
orqali sirkulyatsiyalanib turadi. Barqarorlashtirishni bosh 
fraksiyasi 32-jiqozda sovitiladi va 33-yiqgichga kiritiladi, u yerdan 
35-nasos orqali kolonnaga "sovuq quyilish" hosil qilish uchun 
qaytariladi, ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Kolonna 34 ni pastki qismidagi barqaror benzin 31 va 30-
issiqlik almashtirgichlarda sovitilgandan keyin 29-nasos orqali 27-
fraksiyalovchi absorberga kiritiladi, uning ortiqcha qismi 
qurilmadan chiqariladi.
 

Qurilma ish rejimi:


Harorat, 
0
C................................................................................................480
-520
Bosim, 
MPa..................................................................................................
.....3-4
Xom ashyoni uzatish hajmiy tezligi, soat-
1.................................................1,5-2,0
Sirkulyatsiyalanuvchi vodorodsaqlovchi gazning xom 
ashyoga
 nisbatan 
karrasi……………………………………………………………..1500
Bosqichlar bo`yicha katalizator 
tarqatilishi..................................................1: 2 :4  Izomerlash 
jarayoni mohiyati yengil normal parafin uglevodorodlarini mos 
izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o’zgarishi hisoblanadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling