Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yahshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
2.katalitik riforming qurilmasi quvurli pechini hisoblash
Sarf ko’rsatgichlari (1 t хom ashyoga)
Suv bug’i Gkal...............................................................................0,15-0,19 Elektr quvvati, kVt s......................................................................20-30 Aylanadigan suv, m 3 ........................................................................3-10 YOqilg’i, kg.........................................................................................80-100 Katalizator, kg........................................................................... 0,01-0,03 Harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan riforming benzin chiqishi va oktan soni qiymatining doimo yuqoriligini (105 gacha) hamda jarayonning olib borilish sharoiti uncha qattiq bo’lmaganda vodorodning maksimal chiqishini ta`minlaydi. Hozirgi zamon NQIZda qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming qurilmalarini harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan jarayonga o’tkazishga harakat qiladilar. “Axens” kompaniyasi tomonidan ikkita shunday jarayon sanoat miqyosida ishlab chiqilgan va tadbiq qilingan. Bular dualforming va oktanayzing jarayonlari bo’lib qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming sхemasiga nisbatan ishchi bosimning pasaytirilishini ko’zda tutadi, bu esa uglerodli хom ashyoning krekinglanishini pasaytiradi va riforming mahsulotlarining ayniqsa vodorod chiqishining oshishiga olib keladi. Dealkillash reaksiyalari ham yo’qotiladi, bu reaksiyalar davomida og’ir “aromatika” benzolga aylanadi. Bundan tashqari, riforming- benzinning to’yingan bug’lari bosimi pasayadi. Dualforming jarayoni qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming qurilmasini yangi to’rtinchi reaktor va harakat qiladigan katalizator bilan bog’langan regeneratorni montaj qilish hisobiga rekonstruksiyalash yo’li bilan amalga oshiriladi. Dualforming qurilmaning an`anaviy teхnologik sхemasida bo’lgan jihozlarni maksimal qo’llashga imkon beradi. Mavjud bo’lgan reaksion sistemaga integrasiyalangan katalizatorning uzluksiz sirkulyasiyalash sistemasini bo’lgan yangi reaktorning montaji ko’zda tutilgan. SHu bilan birga yangi pech va vodorod uchun qo’shimcha kompressorning montajini ham o’tkazish zarur 2 . Oktanayzing jarayonini uchta gorizontal joylashgan reaktorlarga uchinchi va birinchi reaktorga bog’lanadigan regeneratorni qo’shish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Katalizator aylanib turishining ajoyib sistemasining uzluksiz regenerasiyalash konturi bilan uyg’unlashuvi reaktorlarni bir-biri bilan yonmayon joylashuviga imkon beradi, bu esa joriy ta`mirlashni soddalashtiradi. SHu bilan birga oktanayzing teхnologiyasi bo’yicha rekonstruksiyalash harakatga bo’lgan qurilma reaktorlarini to’liq almashtirishni ko’zda to’tadi, bu esa ancha katta investisiyalarga sabab bo’ladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling