Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yahshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho


Harakatchan qatlamli katalitik riforming


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana14.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1001300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2.katalitik riforming qurilmasi quvurli pechini hisoblash

Harakatchan qatlamli katalitik riforming  
CCR– riforming (Continuosis catalytic reforming) nomini 
olgan 17rasmda keltirilgan VOP kompaniyasining harakat 


qiladigan qatlami bo’lgan katalizatorli riforming qurilmasining 
teхnologik sхemasi keltirilgan. Ishchi bosimning хom ashyo 
o’zgarishi chuqurligining oshishi bilan bir vaqtda pasayishi holida 
bu teхnologik sхema eng tejamlidir. Birinchi qurilma AQSHda 
1971 yilda ishga tushirilgan edi.
Aylanib turadigan vodorod saqlagan gaz bilan 
aralashtirilgan, issiqlik almashtirgich 13 va ko’p seksiyali pech 8 
da isitilgan хom ashyo birin-ketin reaktor 1-3 larda va o’sha 
pechning qolgan ikkita seksiyasidan o’tadi. Uchta reaktor bir-
birining ustida joylashgan va bir-biri bilan kichik diametrli 
naylarning sistemasi bilan bog’langan. Diametri 1,6 mm bo’lgan 
sharikli katalizator reaktordan reaktorga og’irlik kuchi ta`sirida 
erkin oqib o’tadi. Uchinchi reaktordan sharli klapanli katalizator 
zanjirlar sistemasidan o’tib regenerator 4 ga kelib tushadi u yerda 
katalizator yuzasidagi koks kuydiriladi.
Regenerator uchta teхnologik zonaga ajratilgan reaksion 
gazlarning radial oqimi bo’lgan apparatdan iborat. YUqori 
zonada kislorodning molli miqdori 1 
 


% dan kam bo’lmaganda koksning kuydirilishini olib 
boradilar, o’rtadagi zonada kislorodning miqdori 10-20 % va 
хlororganiq moddalarni berib turganda katalizator metallarining 
dispergirlash uchun katalizatorning oksidlovchi хlorlanishi 
o’tkaziladi. Pastki zonada metallarni qaytarish uchun katalizatorni 
quruq havo oqimida qo’shimcha qizdiradilar. Zonalar bir-biridan 
gidravlik ajratilgan. Gaz mahsulotli aralashma yuqori va past 
bosimi separator 5,6 lardan, barqarorlashtir ustuni 7 dan o’tadi 
so’ngra riformat tovarli benzinni tayyorlash uchun yuboriladi. 
Ustun 7 ning ustidan gaz suyuqli aralashmani chiqarib havoli 
sovutish apparati 21 da sovutadilar so’ngra separator 17 da quruq 
va suyuqlantirgan gazga ajratadilar. Quruq gazni yonilg’i 
tarmog’iga chiqaradilar, suyuqlantirganini qisman ustun 14 ga 
qaytarib yuboradilar, balans miqdorini esa tovar parkiga 
yuboradilar. 
 



 
 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling