Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yahshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho
Katalitik riformingni sanoat qurilmalari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
2.katalitik riforming qurilmasi quvurli pechini hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalitik riforming o’tkazishni ikki usuli keng tarqalgan
- Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming jarayoni tavsifi
Katalitik riformingni sanoat qurilmalari Riformingning sanoat qurilmalarini qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan (yarim regenerativ riforming) va harakat qiluvchi qatlamli bo’lish mumkin. Bularning orasida qurilmalarning oraliq turi mavjud bo’lib bunda qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmaga qo’shib katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (dualforming) bo’lgan yangi reaktorni yoki katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (oktanayzing) ni quriladi. Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarida VNIIN nefteхim instituti teхnologiyasi va Lengipronefteхimiya loyihasi bo’yicha qurilgan qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming qurilmalari hamda UOP va “Axens” kompaniyalarining lisenziyasi bo’yicha harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmalar ishlayapti. UOP kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha vertikal joylashgan reaktor va harakat qiladigan katalizatorli ХK,K qurilmalari loyihalashtirilayapti va qurilmoqda. “Axens” kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha asosan dualforming va oktanayzing qurilmalari kurilayati. Riformingni birinchi sanoat qurilmasi AQSH da 1941 yilda, Rossiyada esa 1953 yilda qurilgan. Katalitik riforming o’tkazishni ikki usuli keng tarqalgan: 1) qo’zg’almas katalizator qatlamida boruvchi riforming; 2) uzluksiz qayta tiklanuvchi qo’zg’aluvchan katalizator qatlamida boruvchi riforming. Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming jarayoni tavsifi Qurilma quyidagi bloklardan tuzilgan: xom ashyoni gidrotozalash, tsirkulyatsiyalanuvchi gazni tozalash, katalitik riforming, gazlarni separatsiyalash va benzinni barqarorlashtirish. Qo`zqalmas katalizator qatlamida boruvchi riforming texnologik sxemasi quyidagi 16-rasmda keltirilgan. Xom ashyo 12-nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) gidrotozalangan sirkulyatsiyalangan vodorod saqlovchi gaz va riformingdan ajralgan ortiqcha vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16- pechning aloqida bo`limida qizdiriladi (425 0 C gacha) va 15- gidrotozalash reaktoriga kiritiladi. Reaktordagi alyumokobal'tmolibdenli katalizator ishtirokida oltingugurtli birikmalar buzilib, so`ngra vodorod sul'fid qolatida chiqariladi. Shuningdek bir vaqtda xom ashyo azotli va kislorodli birikmalardan tozalash jarayoni boradi. Bug’-gazli aralashma 15-reaktordan pastki qismidan chiqarilib, 10qaynatkich va 14-sovutkichda sovitiladi va 35 0 C harorat bilan 8-gazseparatorga kiritiladi. Bu yerda aralashma suyuq gidrogenizatga va sirkulyatsiyalanuvchi gazga ajratiladi. Gaz 2- absorber pastki qismidan monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sul'fiddan tozalash uchun kiritiladi, so`ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha siqiladi va gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha sirkulyatsiyalanuvchi gaz 1- kompressor yordamida 5,0 MPa bosimgacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi. Gidrogenizat 8-gaz separatoridan 9-issiqlik almashtirgichda sovitiladi va 7- buqlatuvchi kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi vodorod sul'fid, uglevodorod gazlari va suv buqi 6-sovutkichda sovitiladi va 4separatorga yuboriladi. Separator pastki qismidan 5-nasos orqali kondensat yiqib olinadi va 7- buqlatuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod sul'fid va uglevodorod gazlari monoetanolamin (MEA) yordamida tozalash uchun 3kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi buqlar 27- fraksiyalovchi absorberga yuboriladi. Gidrogenizat 7- buqlatuvchi kolonna pastki qismidan chiqariladi va 10- qaynatkich va 9-issiqlik almashtirgichdan so`ng 13-nasos orqali platforming blokiga yuboriladi. Gaz mahsulotli aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgichda qizdiriladi, keyin 16-pechda va 500-520 0 C haroratda 19reaktorga kiritiladi. Aralashma 18 va 17- reaktorlardan ketma ketlikda o`tib, qar bir reaktordan so`ng 16-pechda qizdiriladi. Va niqoyat, oxirgi 17- reaktordan keyin gazmahsulotli aralashma 20-issiqlik almashtirgich va 21-sovutkichda 30 0 C gacha sovitiladi va 22- yuqori bosimli separator (3,2-3,6 MPa) ga katalizatdan sirkulyatsiyalanuvchi gazni ajratish uchun kiritiladi. Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5MPa bosim ostida 24-kompressor yordamida platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa - gidrotozalash tizimiga. Beqaror katalizat 22-separatordan 23- past bosimli separator (1,9 MPa) ga kiritiladi. Katalizatdan ajraluvchi uglevodorodli gaz separator yuqori qismidan chiqarilib, 27-fraksiyalovchi absorberga kirishdan oldin gidrotozalash-dagi uglevodorod gazlari bilan aralashtiriladi. Shu absorberga 23- past bosimli separatordan suyuq faza 25- nasos orqali beriladi. Absorbent sifatida barqaror katalizat(benzin) xizmat qiladi. Absorber 27 da 1,4 MPa bosimda yuqori qismidagi harorat 40 0 C pastki qismida 165 0 C da quruq gaz ajratiladi. Beqaror katalizat 26-nasos yordamida 31-issiqlik almashtirgich orqali 34kolonnaga beriladi va u yerda barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34 - jiqozlarning pastki qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech orqali sirkulyatsiyalanib turadi. Barqarorlashtirishni bosh fraksiyasi 32-jiqozda sovitiladi va 33-yiqgichga kiritiladi, u yerdan 35-nasos orqali kolonnaga "sovuq quyilish" hosil qilish uchun qaytariladi, ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi. Kolonna 34 ni pastki qismidagi barqaror benzin 31 va 30- issiqlik almashtirgichlarda sovitilgandan keyin 29-nasos orqali 27- fraksiyalovchi absorberga kiritiladi, uning ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi. Qurilma ish rejimi: Harorat, 0 C................................................................................................480 -520 Bosim, MPa.................................................................................................. .....3-4 Xom ashyoni uzatish hajmiy tezligi, soat- 1.................................................1,5-2,0 Sirkulyatsiyalanuvchi vodorodsaqlovchi gazning xom ashyoga nisbatan karrasi……………………………………………………………..1500 Bosqichlar bo`yicha katalizator tarqatilishi..................................................1: 2 :4 Izomerlash jarayoni mohiyati yengil normal parafin uglevodorodlarini mos izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o’zgarishi hisoblanadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling