Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet11/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

A’lochi...
A’lochi.
A’lochi. !
A’lochi. ?
A’lochi. !?
Ma’lum bo’ladiki, so’zning atov birligimi yoki gap, gap bo’lsa, qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko’rsatmoqda. So’z yoki SB atov birligi sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning turlarini farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko’rsatmoqda. Voy, jonim! gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra tiplari (darak, so’roq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko’ra turlarini belgilashda, leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo’lishi shart.
Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. Men shaharga boramanmi?Men shaharga boray. Bu gaplarda so’zlovchining maqsadi har xil bo’lganligi bois, ular turlicha shakllangan hamda gapning darak, so’roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohangga ega bo’lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo’lganda ham, ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo’lsa-da, so’zlovchining maqsadi va ohangi har doim muvofiq.
Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, SHaharga boraman! gapida xabar bilan so’zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan».
Ohang qo’shma gap tarkibiy qismlarini bog’lashda ham namoyon bo’ladi. Ko’pincha, u grammatik vosita o’rnini bosish darajasiga ko’tariladi: Biz ishonamiz - ko’nglimiz to’q. Bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasida qo’llangan.



  1. Kesim haqida gapiring.

Kesim asosan fe'lning tuslovchili shakli bilan ifodalanadi.Kesimning kelganman kabi leksemashakl bilan ifodalanishi ayrim adabiyot larda ot kesim deyiladi. Asli bunday leksemashakl tarkibida tuslovchidan oldin
qatnashadigan -gan affiksi – sifatdosh yasovchisi emas, balki zamon yasovchisi;
shunga ko‘ra bunday ifodalanish fe'lning tuslovchili shakllari qatoriga kiradi.
Fe'l leksemashakl bilan ifodalangan kesim tuslovchi qatnashmagan holda
ham shakllanadi. Bunday kesim odatda -b ravishdoshi shaklida bo‘lib:
1) uyushiq qator tarkibidagi ayrim a'zoda voqe bo‘ladi: suv sepib, supurib
qo‘ydi kabi;
2) qo‘shma gapshakl tarkibidagi ergash gapshakl qismining kesimida voqe
bo‘ladi: Kuz kelib, yaproqlar sarg‘aya boshladi kabi.
Fe'ldan boshqa turkum leksemasi odatda tuslovchi qo‘shilib kesim vazi fasida keladi: Sog‘lomman, O‘qituvchi + I + II + siz kabi. Bunday kesimda
tuslovchi edi o‘tgan zamon shaklini yasovchi affiksoiddan keyin, ekan, emish,
emas modal ma'no ifodalovchi affiksoidlardan keyin ham qo‘shiladi: Go‘zal ed ing. Go‘zal ekansan. Go‘zal emishman. Go‘zal emasman kabi.
Boshqa hollarda mayl, zamon yasovchilari bevosita bu tur leksemashakllar ga qo‘shilmaydi, vositachi sifatida bo‘l- yordamchisi ishlatiladi; ana shunday
vositachi bo‘lib kelgan bo‘l- yordamchisi bog‘lama deyiladi: O‘qituv-chi + I
+ II bo‘l + sa + m, O‘qituvchi + I + II bo‘l + di + m, O‘qituvchi + I +
II bo‘l + a + man kabi.

  1. Kesimlik kategoriyasi haqida batafsil ma’lumot bering.

Kesimlik kategoriyasining ma’nolari murakkab bo'lib , ular
quyidagilardir:
a) tasdiq /inkor ma’nosi;
b) mayl ma'nosi;
d) zamon ma'nosi;
e) shaxs ma’nosi;
f) son ma’nosi;
g) kesimni shakllantirish va uni gapning egasi hamda hol bilan bog'lash .
Demak, kesimlik kategoriyasida beshta ma’noviy xususiyat va bir
sintaktik vazifa mujassam . «Tasdiq/inkor, mayl-munosabat, zamon, shaxs,
son, ma’nosini ifodalab, kesimni shakllantirish va uning gap
kengaytiruvchilari (ega, hol)ga sintaktik munosabatini ko'rsatish » - kesimlik
kategoriyasining UGMsidir.
Kesimlik kategoriyasi shakllari uchun shaxs, son, zamon, mayl,
tasdiq /inkor ma'nolarini yaxlit ifodalash xos bo'lib , bu ma ’no bir qo'shimcha
bilan ham , bir necha qo'shimcha bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan,
kitobni o'qi gapida o'qi so'z shakli ikkinchi shaxs, birlik, hozirgi-kelasi
zamon, tasdiq ma'nolari voqelangan bo'lib , bitta nol shakl bilan yuzaga
chiqqan. Otam - ishchi gapida ham shunday hol kuzatiladi. Kitobni
o'qimadingiz gapida shaxs-son ma'nosi -ingiz, inkor m a ’nosi -та, zam on
ma'nosi -di shakli bilan alohida-alohida ravishda ifodalangan.

  1. Gapning qaysi ta’riflarini bilasiz.

Gap haqida umumiy ma’lumot. Tildan foydalanish fikni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo‘ladi.
Gap - kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan
asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko‘rinishi. U so'zlovchi
uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish
vositasi.
Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap
sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so'z birikmalaridan tuziladi. Gapning
tashkil etuvchilari - so‘z (ibora ham ), grammatik shakl v a so‘z birikmalari.
Tilning asosiy vazifasi - kishilar muloqotida vosita bo'lib xizmat qilish.
Axborot uzatish va qabul qilish vositasi bo‘lish - tilning kommunikativ
mohiyati.Kommunikatsiya jarayoni uchun jamoa zarur. Aniqrog'i , muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish shu tilda so‘zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi.
Gap sintaktik yaxlitlik, bu uning grammatik shakllanganligi, tarkibiy
uzvlari bir butunlik holiga kelganligi bilan izohlanadi. Demak, gapda bir
necha jihat birlashgan bo'ladi. Birinchi jihat gapning moddiy qobig‘i, bu uni
tashkil etuvchi so‘z va grammatik shakllar. Masalan, aksariyat gapda
kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi (kesim )ning bo'Iishi
shart. Ikkinchi jihat ana shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul - fikr
- axborot. Uchinchi jihat esa so'zlovchining voqelikka munosabati, nutq vaziyati. Bu uch jihat nutqda uchlikni - sintaktika, semantika va pragmatika
birligini tashkil etadi.

  1. Nutqiy gapning belgilarini ayting.

Nutqiy gapning belgilari. Gap, avvalo, sintaktik tugallangan qurilma
ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu esa u orqali ifodalanayotgan fikning
nisbatan tugallanganligi bilan belgilanadi. Sintaktik tugallanganlik - gapning
kesimlik ko'rsatkichlari bilan shakllanganligi va tugal ohangga egaligi. Gap
kesimga ega bo'lmasdan tugal fikr ifoda eta olmaydi. Masalan, chiroyli kitob
birikuvida so‘zlovchi nazarda tutgan axborot yuzaga chiqmagan, chunki
uning kitob haqida nima demoqchiligi hali aytilmagan. Shu bois mazkur
qurima fikrni ifodalaydigan qurilmaning asosiy shakli -kesimlikdan xoli.
To‘g‘ri, chiroyli kitob birikmasida kitobning xususiyati haqida axborot
bordek, ammo u so'zIovchining asosiy maqsadi bo'lgan axborot emas, balki
u ikkinchi darajali axborot, asosiy planda gapning yakunidan anglashiladigan
kitobning, deylik, borligi, sotilganligi yoxud yo'qolganligi haqidagi axborot
yotadi. Demak, gapdan anglashilgan fikr deyilganda, undagi asosiy axborot
tushuniladi. Boshqa yordamchi, asosiy bo‘lmagan axborotlar uning yuzaga
chiqishida vosita bo'lib xizmat qiladi. (To'liqsiz gaplarda sintaktik tugallik
bo'lmasa ham , fikr anglashilaveradi. Ulardagi sintaktik tugallik kontekstdan
yoki nutq vaziyatidan ma’lum bo‘lib turadi). Sintaktik tugallik sintaktik
o'rin bilan ajralmas holda, ya'ni lug‘aviy birlik kesimlik shaklida
bo'lishining o'zi uni gap sifatida qarashga asos bo‘la olmaydi. Masalan,
Aytdim deganing nimasi? gapidagi aytdim so'zshakli - kesimlik
ko'rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi. Lekin u kesimlik o'rni bilan
ta’minlanmaganligi bois ushbu qurshovda gap maqomiga ega emas. K esimlik
shaklidagi so'z gap bo'lishi uchun kesimlik maqomiga ega bo 'lishi kerak.
Sintaktik tugallanganlik kesimlik shakli va o'rni bilan belgilanar ekan, bunda
tilning yaxlit vujudligi yana bir karra yaqqol namoyon bo'ladi.
Til sathlardan iborat. Til yaxlit vujud ekan, bu sathlar gapning asosiy
vazifasi bo'lgan axborot uzatish va qabul qilish jarayonida butunlik sifatida
ishtirok etishi lozim . Buni gapda ko'ramiz. Gapning sintaktik tugalligi uchun dastavval, ma’lum bir mustaqil sòz va kesimlik shakli talab etiladi. O'qidim
birligi o'qi atov birligi va -dim kesimlik shakli birikuvidan iborat. Demak,
bunda tilning tarkibiy uzvlari - leksik va morfologik sathlarning birgalikdagi
harakati ko‘zga tashlanadi. Gap uchun lug‘aviy va morfologik omil
hamkorligi yetarli emas. Uning uchun sintaksisning xos omili - sintaktik
o'rin zarur bo'ladi. Sintaktik o'rin esa qurilmaning o'ziga xos tugal ohang
bilan namoyon bòlishini taqozo qiladi. Bundan ko'rinadiki, fonetik omil
sintaktik tugallikka yakun yasaydi. Demak, gapda tilning barcha sathlari -
leksik, morfologik, sintaktik va fonetik sathlar yaxlit vujud sifatida namoyon
bo'lib, voqelanadi. Quyida ularning har biriga bir butunlikning bolaklari
sifatida alohida-alohida to‘xtalam iz.

  1. Hukm va gap bir xil tushunchami?

  2. Gapning aktual bo‘linishi qanday hodisa?

Gapning axborot vazifasi
nuqtayi nazaridan tuzilishi aktual tuzilish deyiladi. Aktual tuzilmaning
tarkibiy qismlari aktual bo‘lak deyiladi.
Aktual vazifa nuqtayi nazaridan gapni tashkil etuvchi unsurlar tema
(ma’lum) va rema (yangi) qismlarga bo‘linadi. Gapning rema qismi
kommunikativ (axborot) nuqtayi nazardan ahamiyatli bo‘ladi. Savol ana shu
rcmani aniqlash uchun beriladi. Gapning tema qismi ma’lum bo‘lganligi
uchun so'roq gapda aynan takrorlanadi. Yuqoridagi gaplarda tema-rematik
(aktual) bo'linish quyidagicha
Tema Rema
Halim maktabga ketdi
Maktahga Halim ketdi
Aktual bo'linish - sof nutqiy hodisa. Lekin aktuallashish lisoniy
strukturadan mutlaqo uzilgan deyish noto'g'ri. Har qanday hodisa muayyan
mohiyatning ko'rinishi bo'lganligi kabi aktuallashish ham konstruktiv sintaktik sathdan butunlay uzilmagan. Aktuallashishda gapning lisoniy
strukturasi unsurlari bo'lgan kesim, ega, hol o'rinlari to'ldiruvchilari yoki bu
to'ldiruvchilar kengaytiruvchilarining kommunikativ ahamiyati aktual
bo'linishni keltirib chiqaradi. Shu boisdan aktuallashishning lisoniy asosi
konstruktiv-sintaktik lisoniy sath, aktuallashish jarayoni esa kommunikativ sintaktik sath deb yuritiladi.

  1. Lisoniy birliklarda shakl va mazmun dialektikasi haqida gapiring.

Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy sathdagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakliy va mazmuniy jihatidan farqlanadi.
Gapning eng kichik qurilish qolipi – [WPm = fikr ifodalovchi eng kichik birlik] lisoniy sathda o‘rnashgan. Bunda LSQning chap tomoni shakliy va o‘ng tomoni mazmuniy jihati.
Nutqiy sathda esa shakliy va mazmuniy jihat lisoniy sathdagidan farqliroq. Gapning nutqiy sathdagi shakliy-mazmuniy munosabatini tilshunoslikning mazmuniy sintaksis yo‘nalishi o‘rganadi.


  1. Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling