Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet7/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

[WPm]da shakliy va mazmuniy tomonni bayon qiling.

Yiģiq gap umumiy qolip- WPm ning voqelanishidir. Gapning minimal qolipi – [WPm]dir. Agar gapning bu qolipi ega va hol bilan kengaytirilsa u [E-H-WPm] dek kòrinish oladi. Gapning maksimal qurilish qolipi – [E-H-WPm] dir.
Gap kengaytiruvchisi gap tarkibida ma’lum bir bo‘lak vazifasida kelayotgan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga emas, balki gapning kesimini shakllantirgan morfologik vositaga bog‘lanadi. Masalan, Biz bu kitobni kecha o‘qidik gapini olaylik. Bu gapda ega (biz), aniqlovchi (bu), hol (kecha) va kesim (o‘qidik ) ishtirok etgan. Gap markazi o‘qidikni lug‘aviy ma’noni anglatuvchi [W] va kesimlik qo‘shimchalari [Pm]ga ajratamiz: o‘qi [W] – dik[Pm]. Gapdagi biz (ega) kesimlik kategoriyasi shaklining (-k) qismiga, kecha (hol) esa (-di) qismiga bog‘langan. kitobni so‘zi (to‘ldiruvchi) kesimning lug‘aviy ma’no anglatuvchi qismiga, bu (aniqlovchi) esa kitobni so‘ziga bog‘lanmoqda. Demak, gapning kesimi tarkibidagi kesimlik qo‘shimchalariga tobelangan kecha (hol) va biz (ega) so‘zlari – gap kengaytiruvchilari. Biroq o‘qidik kesimining lug‘aviy ma’no anglatuvchi qismi bo‘lgan o‘qi so‘zi istalgan boshqa fe’l (yoz, chiz, ol, ber) bilan almashtirilib, -dik qismi saqlab qolinsa, biz so‘ziega, kecha so‘zi hol vazifasida qolaveradi.

  1. Bolalarimizni yoshligidan kattani hurmat qilishga o‘rgatishimiz zarur.

  2. Diktum nima? Modus-chi?

(Modus va diktum haqida ham shu yerda malumot bor) Sintaktik birlik (SB, gap bo‘lagi, gap)da ifodalangan borliq bo‘lagi, voqelik, vaziyat mazmuniy sintaksisda propozitsiya deb yuritiladi. Masalan, borliqda kitob ustida harakat bajarildi – Kitob o‘qildi. Bu propozitsiyadir. Propozitsiya SB bilan ham (kitobning o‘qilishi), gap bilan ifodalanishi ham mumkin (Кitob o‘qildi). Ma’lum bo‘ldiki, mazmun va shakl muvofiq emas. Bir mazmun (propozitsiya) turli shakl (SB va gap) bilan ifodalangan. Shuningdek, bir shakl turli mazmunlarni ifodalashi mumkin. Masalan, Men o‘quvchiman gapi sintaktik shakl sifatida ikki mazmunni ifodalagan. Qiyoslang:
Men o‘quvchiman – I am schoolboy.
Men o‘quvchiman – I am readineer.
Mazmuniy sintaksisda gap mazmuni ikki unsur – obyektiv va subyektiv mazmundan iborat deb qaraladi. Obyektiv mazmun gapda aks etgan propozitsiya (diktum deyiladi), subyektiv mazmun esa bu voqelikka so‘zlovchining munosabati ( modus deb yuritiladi). Masalan, Halim keldi, Halim kelmoqchi, Halim kelsa edi, Halim, balki kelar gaplarida diktum bir xil, ammo har bir gapda modus turlicha.
Bir propozitsiya sodda gap bilan ham, qo‘shma gap bilan ham ifodalanishi mumkin. Qiyoslang: Кamola kelgach, men ketdim (sodda gap). Кamola keldi va men ketdim (qo‘shma gap).
Qo‘shma gap bilan bitta propozitsiya ifodalanib, gapning bir qismi modusnigina ifodalashi mumkin: Men o‘ylaymanki (modus), u bugun kelmaydi (diktum, propozitsiya).

  1. SBning so‘z va gapdan farqini ayting.

Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, hukm ifodalamaydi va shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. Gapda ohang va mazmunan tugallik bòladim SB ning sòzdan farqiga kelsak sòz tushuncha, sòz birikmasi esa fikr ifodalaydi. Sòz leksik birlik, SB esa sintaktik birlik.
So‘z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq
tushuncha munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So‘z asosida leksema va
morfema hamda ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga leksemalar
birikuvini tartibga soluvchi LSQ asos buladi. Aytilganidek, so‘zda tushuncha, ma’no keng va mavhum buladi. So‘z birikmasida esa bu kenglik
va mavhumlik bir qadar barham topgan buladi. Masalan, qiziq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bulgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki
uning badiiy yoki ilmiyligi hali mavhum va noaniq. Qiziq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi.Gapni esa so'z, so'z
birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko'rsatkichi kesimlik qo'shimchalari bilan shakllanganligi. Zero, eng «kichik» gap -
morfologik shakllangan atov birligi. Misollar: O'qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o'qituvchi, ishla)dan mahrum etilsa, bu o 'z
holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl - -dim qoladi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa
sathi birliklari (so'z, SB) dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl. Gapda hükm tugal buladi.

  1. Yoshlarimizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri kattani hurmat qilishdir.


  2. Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling