Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari
Download 1.07 Mb.
|
HO\'AT YN 306
Nosintaktik hodisalarga nimalar kiradi? Tabibning ta’biricha, bu dardga da’vo yo‘q emish Qolipning shakliy tomoni haqida gapiring. LSQ butunlik sifatida chap hamda o'ng tomonlardan iborat bo'ladi. Masalan, Halimning oti birikmasi [Ism Mana shu qismning chap tomoni ya'ni [ ism< qaratqich kelishigi> + ism LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o‘xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‘ng tomonlardan iborat bo‘ladi.Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ismegalik qo‘shimchasi= qaratuvchi-qaralmish] LSQi ham ikki – [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan tashkil topgan.LSQning chap, ya’ni [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi. LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‘z va qo‘shimcha vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilishi mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi. Sintaktik valentlik nima? Sintaktik valentlik hokim mavqedagi leksemaning tobe leksemalarni o'ziga tortish uchun ularning ma'lum bir sintaktik shaklda, kelishik, ko'makchi, ravishdosh, sifatdosh, qo'shimchasini olishini talab qilishi. Bu hokim leksemaning sintaktik mavqeyi, grammatik shakli bilan belgilanadi. Masalan, xatni yozdi, xat yozildi sintaktik qurilmalaridagi (xatni) va (xat) so'zlarining grammatik shakli hokim so'zning grammatik shakli bilan belgilangan. Keldim so'zidagi grammatik shakllar 1-shaxs kishilik olmoshini talab etadi. Ko'pincha, sintaktik valentlik hokim bo'lakka qarab aniqlanadi. U soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida, qorga ko‘milib uzoq turdi Qolipning mazmuniy tomoni haqida gapiring. Yuqoridagi 31-savolda qolipning shakliy tomoni haqida ya'ni Halimning oti birikmasi misoli bilan ko'rib o'tgan edik. Undagi qolipning chap tomoni ya'ni [ism< qaratqich kelishigi>+ism Uning o'ng tomoni ya'ni, [qaratuvchi va qaralmish] qismi uning mazmuniy qismini lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang munosabatlar tashkil etadi. Qolipning mazmuniy tomoni deganda har bir nutqiy so'z birikmasidan anglashiladigan turli ma'no va munosabat tushuniladi. Masalan, mening kitobim-qarashlilik, stolning oyog'i-butun-qism, e'tiborsizlik oqibati-sabab-oqibat, yashashning zavqi-holat va uning natijasi kabi. Valentlik va sintaktik aloqa haqida gapiring. Valentlik tilshunoslikda lisoniy birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo'llaniladi. Valentlikning: 1.leksik valentlik 2. Sintaktik valetlik 3. Grammatik valentlik Kabi 3 ta turi bor. Sintaktik aloqa. Mustaqil so'zlarning nutq jarayonidagi erkin bog'lanishi sintaktik aloqa deyiladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling