Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet6/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

Beg‘ubor yoshligim taassurotlari hech qachon o‘chmaydi.

  • Gapni shakllantirishda morfologik omilning roli qanday?

    Gap shakllanishida morfologik omil. Gapning so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik kòrsatkichi-kesimlik qòshimchalari bilan shakllanganligidir. Zero eng kichik gap-morfologik shakllangan atov birligidir. M: O‘qituvchiman. Ishladim. Bu kichik gaplar atov birligi(òqituvchi, ishla)dan mahrum etilsa bu òz holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl -dim qoladi. Biroq bu gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari(sòz, sòz birkmasi)dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli gapda asosiy sintaktik vazifa -kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakl. Vositasiz tòldiruvchi vazifasida kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat'iy va xususiy bòlsa, kelay, òqituvchiman kabi birliklardagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish ham shunday.
    Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi- uning bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bòladigan murakkab tabiatga egaligi. Aniqroģi, kesimlik kategoriyasi kesimlik vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi zamon, shaxs son, mayl, tasdiq inkor kategoriyalari sintezidan iborat. O‘qidim gapida kesimlik shakli maxsus kòrsatgichlarga ega bòlsa, Bu yer shahar,- gapida u nol shaklli. Zero bu gapda ham 3-shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli manolari anglashilib turibdi. Morfologik shakldan faqat aloqa-munosabat(sintaktik) shakligina sintaktik qurilishga daxldor, undan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga tegishli. Chunki , odatda , kesimlik kategoriyasisiz gap shakllanishi mumkin emas . Gap mohiyati « atov birligi + kesimlik qo'shimchalari tarzida . Aloqa - munosabatning boshqa shakli ( kelishik , egalik ) esa gap tarkibidagi so'zlarni bog'lash uchungina xizmat qilib , SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi .

    1. SB tarkibida qaysi bo‘lak hamisha kengayuvchi hisoblanadi?

    Hokim qism kengayuvchi, tobe qism kengaytiruvchi bòladi.

    1. Gulnora – iste’dodli talaba.

    2. Propozitsiya nima?

    (Modus va diktum haqida ham shu yerda malumot bor) Sintaktik birlik (SB, gap bo‘lagi, gap)da ifodalangan borliq bo‘lagi, voqelik, vaziyat mazmuniy sintaksisda propozitsiya deb yuritiladi. Masalan, borliqda kitob ustida harakat bajarildi – Kitob o‘qildi. Bu propozitsiyadir. Propozitsiya SB bilan ham (kitobning o‘qilishi), gap bilan ifodalanishi ham mumkin (Кitob o‘qildi). Ma’lum bo‘ldiki, mazmun va shakl muvofiq emas. Bir mazmun (propozitsiya) turli shakl (SB va gap) bilan ifodalangan. Shuningdek, bir shakl turli mazmunlarni ifodalashi mumkin. Masalan, Men o‘quvchiman gapi sintaktik shakl sifatida ikki mazmunni ifodalagan. Qiyoslang:
    Men o‘quvchiman – I am schoolboy.
    Men o‘quvchiman – I am readineer.
    Mazmuniy sintaksisda gap mazmuni ikki unsur – obyektiv va subyektiv mazmundan iborat deb qaraladi. Obyektiv mazmun gapda aks etgan propozitsiya (diktum deyiladi), subyektiv mazmun esa bu voqelikka so‘zlovchining munosabati ( modus deb yuritiladi). Masalan, Halim keldi, Halim kelmoqchi, Halim kelsa edi, Halim, balki kelar gaplarida diktum bir xil, ammo har bir gapda modus turlicha.
    Bir propozitsiya sodda gap bilan ham, qo‘shma gap bilan ham ifodalanishi mumkin. Qiyoslang: Кamola kelgach, men ketdim (sodda gap). Кamola keldi va men ketdim (qo‘shma gap).
    Qo‘shma gap bilan bitta propozitsiya ifodalanib, gapning bir qismi modusnigina ifodalashi mumkin: Men o‘ylaymanki (modus), u bugun kelmaydi (diktum, propozitsiya).


    1. Download 1.07 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling