Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanidan nazorat savollari


Download 1.07 Mb.
bet15/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1734963
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
HO\'AT YN 306

[WPmWPm]qolipli qo‘shma gaplarni izohlang.

Bunday tipik ko’rinishli gapda har ikkala sodda gap ham shakllangan [Pm]ga ega bo’lsa ham birinchi gapning markazi mustaqil sodda gap kesimi bo’la olmaydi.Masalan:Men o’qisam,u eshitadi.

Bunda birinchi gap ikkinchisini , ikkinchi gap birinchisini taqazo qiladi. Bu xuddi,ikkita gapda ham istak gapni yozgandek, mas. Oyi, havo ochilib ketsa edi, daryo boʻyiga borar edik. Otam boʻlsa ekan, men yursam. Unga sal qarashib yuborsa bormi, hammasi yaxshi boʻlib ketardi. Yetim qoladigan boʻlsa,tugʻilmasin edi.



  1. [WPmWPm] qolipli qo‘shma gap haqida gapiring.

Umumiy ko’rinishli qo’shma gapni tashkil etuvchi sodda gap kesimining biri ikkinchisini,ikkinchisi birinchisini taqzo qiladi.Boshqacha aytganda bu sodda gap qo’shma gapdan anglashilgan mazmunni ifodalash uchun bir-biriga ehtiyoj sezadi.Masalan:O’zi sorasa ekan,men aytsam.
Uning mohiyati shundaki,tarkibiy qismi bo’lgan sodda gap kesimining har biri mustaqil shakllangan bo’lib,ularni osongina alohida sodda gapga aylantirish mumkin.Masalan:Men seni o’ylayman,shuni bilasanmi
Bunda har ikki gapda ham shakllangan kesim boʻlsa ham,birinchi gapning kesimi mustaqil sodda gap kesimi boʻla olmaydi. U faqat tobe gap markazini shakllantiruvchi omil boʻlib xizmat qiladi. Qisqasi, bu ergashgan qoʻshma gap qolipi

  1. [WPm, WPm] qolipli qo‘shma gap haqida gapiring.

Bogʻlovchisiz qoʻshma gap
Qolipli qõshma gapning mohiyati shundaki, uning tarkibiy qismi boʻlgan sodda gap kesimining har biri mustaqil shakllangan boʻlib,ularni osongina alohida sodda gapga aylantirish mumkin. Bunday kõrinishli gaplarda mustaqil kesimlik shakli birlashtiradi. Birlashish ohang yoki boʻlib jigar yordamida shakllanadi.

  1. Gap kengaytuvchilar haqida ma’lumot bering.

Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo‘shimchalari tarkibidagi shaxs-son, hol esa zamon, modallik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog‘lanadi. Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so‘zga tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe birliklarning umumiy – faqat bir so‘zga tobelanish, lekin birdan ortiq so‘zga hokim mavqeyida bo‘la olish qonuniyatini (xususiyatini) namoyon qiladi.



  1. Minimal qolip haqida ma’lumot bering va misollar keltiring.

[WPm] ega va hol

  1. Kimki ilm izlasa, albatta, xazina topadi.

  2. Kengaygan gaplarni izohlang va misollar keltiring.

To’ldiruvchi,aniqlovchi va hol ishtirok etgan gaplar kengaygan gaplarga misol bo’la oladi.Masalan:Men kecha bir qancha qiziqarli kitoblar sotib oldim.



  1. Qolipning shakliy tomoni haqida gapiring.

LSQ shakily tomoni umumiylikka ega.Chunki u nutqda voqealangan cheksiz birliklar sintezi.O’zbek tilida so’z birikmasi LSQ si 18 tani tashkil qiladi. LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o‘xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‘ng tomonlardan iborat bo‘ladi. Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ism <|ara,q":h kclish, jsni с81,1,к qo‘$himchasi_ qaratUVchi-qaralmish| LSQi ham ikki - [ism ,,ari"4ich ke,islligi ^ ism e8allk 40 5l“n,c'las,l va qaratuvchi-qaralmish qismlaridan taslikil topgan. LSQning chap, ya’ni [ism ‘,ari"<,ich keli,higi ism egalik q'*‘shi"lch3si] qismi uning shaklini tashkil etadi. LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda - so‘z va qo'shimcha vositasida ifodalangan, o'qilishi, yozilishi. aytilishi, eshitilishi mumkin bo'lgan shakl tushuniladi.



  1. Halimning tepa sochi tikka bo‘ldi.

  2. So‘z birikma va sintagma.

Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. В unday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A ’lochi o'quvchilar barcha imtihonlarni
muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo‘ linadi: l)a’lochi o'quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar. Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa tokxtamdan so‘ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalami ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq boiadi. Sintagma - grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik. Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, ko‘pincha, yetakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a’lochi o'qmchilar sintagmasidagi hokim a’zo (o'quvchilar) barcha so'ziga tobe bo‘lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so‘ziga tobelanadi. Sintagma SBga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a’zolar sintagma hosil qila oladi: a’lochi o'quvchilar birikuvi ham SB, ham sintagma. O'quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, sintagma emas, chunki a’zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan. Sintagmaning SBdan farqli у ana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo‘lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o'qidim gapidagi kitobni o'qimoq SB orasida unga daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan. Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va toNdirilmish, hoi va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi. So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga boMishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. Masalan: Halim shofyor akamning o'rtog'i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; /. Halim - shofyor akamning о ‘rtog'i. 2. Halim shofyor - akamning o'rtog'i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.

  1. Hol tobe gaplarga misollar keltiring va izohlang.

Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo`llangan qo`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar, shart mayli shakllari; sabab, maqsad, shart bog`lovchilari; deb so`zi yordamida bog`lanadi. Hol ergash gaplar holning ma’no turlariga mavofiq o`z ichida payt, o`rin, sabab, maqsad, shart, miqdor-daraja ergash gaplar singari bir necha turlarga bo`linadi. Oqsoqol qayerda bo`lsa, o`sha joyda ish bir tartibda borardi.

  1. U soyda, qo‘sh yong‘oqning tagida, qorga ko‘milib uzoq turdi.

  2. Kesim tobe gapli qo‘shma gaplarga misollar keltiring va izohlang.

Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga – kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko`rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz.

Kesim ergash gapli qo`shma gapda bosh gapning kesimi shuki, shundayki, shundan iboratki, shundaki, shu bo`ldiki, shu ediki kabi shakllanadi. Bosh gap ergash gapdan oldin keladi: Maslahatim shuki, bugun o`zga bir go`shaga chekining. Qizig`i shundaki, u hali bundan bexabar ekan. Bizda shundayki, o`zidan kichiklarni ham sizlashadi.



  1. Qosim maktabga keldi-yu ketdi.

  2. Frazemalar orasidagi semantik munosabatlar haqida ma’lumot bering.

Frazemalar orasidagi semantik munosabatlar haqida ma’lumot bering.. Frazeologizm la rda semantik munosabat. Leksikada bo'lgani kabi fraze- ologiyada ham lisoniy-semantik munosabat amal qiladi. Frazeologik sinonimiya. Ma’nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham mavjud. Frazeologizmning ma’nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari darajasiga ko'ra farqlanadi: yaxshi ko'rmoq - ko'ngil bermoq, yer bilan yakson qilmoq - kulini ko'kka sovurmoq, ipidan ignasigacha - miridan sirigacha, qilidan quyrug'igacha va h. Ma’nodosh frazeologizm laming atash semasi bir xil bo'ladi. Masalan, ipidan ignasiga - miridan sirigacha, qilidan quyrug'igacha kabi ibora larida «butun tafsiloti bilan» atash semasi umumiy. Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bo'yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari bilan farqlanadi. Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim iboralarda ayni bir so'z bir xil bo'lishi mumkin. Lekin qolgan so'zlar sinonim leksemaning ko'rinishlari bo'lmasligi lozim. Jonini hovuchlab va yuragini hovuchlab iboralarida bir xil so'z mavjud. Ammo jon va yurak so'zlari sinonim leksema ko'rinishi emas. Ko'ngliga tugmoq va
yuragiga tugmoq iboralari frazeologik variant.

  1. Gap kengaytuvchilar haqida ma’lumot bering.

Gap kengaytiruvchisi. Gap kengaytiruvchisi gap tarkibida ma’lum bir bo'lak vazifasida kelayotgan so'zlaming lug'aviy ma’nosiga emas, balki gapning kesimini shakllantirgan morfologik vositaga bog'lanadi. Masalan, Biz bu kitobni kecha o'qidik gapini olaylik. Bu gapda ega {biz), aniqlovchi {bu), hoi {kecha) va kesim {o 'qidik ) ishtirok etgan. Gap markazi qidikm lug'aviy ma’noni anglatuvchi [W] va kesimlik qo'shimchalari |P,n]ga ajratamiz: o'qi [W] - dik [P,„]. Gapdagi biz (ega) kesimlik kategoriyasi shaklining {-k) qismiga, kecha (hoi) esa {-di) qismiga bog'langan. Kitobni so'zi (to'ldiruvchi) kesimning lug'aviy ma’no anglatuvchi qismiga, bu (aniqlovchi) esa kitobni so'ziga bog'lanmoqda. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin (41-jadval): 41-jadval o'qi ! di к Kitobni kecha Biz Bu
Demak, gapning kesim i tarkibidagi kesimlik qo'sh imchakiriga tobelangan kecha (hoi) va biz (ega) so'zlari - gap kengaytiruvchilari. Biroq o'qidik kesimining lug'aviy ma’no anglatuvchi qismi bo'lgan o'qi so'zi istalgan boshqa fe’l (yoz, chiz, ol, her) bilan almashtirilib, -dik qismi saqlab qolinsa, biz so'zi ega, kecha so'zi hoi vazifasida qolaveradi. Demak, kesimlik kategoriyasi gapning markazini shakllantiruvchi asosiy vosita bo'lganligi sababli, yuqorida keltirilgan gapdagi ega gapning sintaktik qurilishiga bevosita aloqador qism - gap kengaytiruvchisi deb baholanishi kerak. Eganing mavjudligi kesim vazifasida kelgan so'zning ma’nosi bilan emas, balki kesimlik grammatik shaklining, jumladan, uning tarkibidagi shaxs-son ma’nosi bilan bog'liq. Ko'rinadiki, ega kesimlik kategoriyasi tarkibiga kiruvchi shaxs ma’nosini o'zida muayyanlashtiradi. Darslik va qo'llanmalarda eganing shu gap tarkibidagi boshqa bir so'zga ergashib so'z birikmasi tuza olmasligi (masalan, yuqoridagi gapda biz o'qidik hosilasi so'z birikmasini emas, balki gapni berishi) ta’kidlanadi. Xuddi shuningdek, men o'qituvchiman gapida ham men olmoshi o'qituvchi so'zi bilan so'z kengaytiruvchisi sifatida birikib so'z birikmasi tuza olmaydi. Mening о‘qituvchim so'z birikmasida esa boshqacha holatni kuzatamiz, ya’ni bu yerda so'z birikmasi grammatik shakl - egalik qo'shimchasi -im ning sintaktik qobiliyati asosida yuzaga keladi va o'qituvchi so'zining semantik valentligiga aloqador emas. Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik qo'shimchalari tarkibidagi shaxs-son. hoi esa zamon, modallik, tasdiq-inkor shakllari bilan bog'lanadi.
Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning boshqa bir so‘zga tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik qurilmadagi barcha tobe birliklarning umumiy - faqat bir so‘zga tobelanish, lekin birdan ortiq so'zga hokim mavqeida bo‘la olish qonuniyatini (xususiyatini) namoyon qiladi


  1. Download 1.07 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling