88. Gapdagi kesimni aniqlang. Choyxona yangi solingan, qo‘shni binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.
A) ko‘chib kirishi, ochilishi kerak edi. B) ko‘chib kirishi C) ochilishi D) solingan
89. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari to‘liq berilgan qatorni aniqlang.
A) Sodda va murakkab B) Sodda ot-kesim va sodda fe’l-kesim C) Murakkab ot-kesim, murakkab fe’l-kesim D) A, B, C.
90. Ravishga oid so‘z bilan ifodalangan kesim qaysi javobda berilgan?
A) Shamol qo‘zg‘alib, daraxtlarning uchi silkina boshladi.
B) Tog‘ni yaqindan sira ko‘rmaganman. C) Samarqand tonglari shavqli, farahli. D) Shoshilgan ishning pushaymoni ko‘p.
91. Quyidagi gaplardan qaysi birida bo‘lmoq so‘zi bog‘lama vazifasida kelgan? 1. Men vrach bo‘laman (kelajakda) 2. Men vrach bo‘laman (hozir) 3. Siz ulug‘ odam bo‘lasiz (hozir) 92. Siz ulug‘ odam bo‘lasiz (kelajakda)
A) 1, 3 B) 1, 4 C) 2, 4 D) 3, 4.
93. Qaysi qo‘shimchalar bog‘lamalar deb yuritiladi?
A) egalik qo‘shimchalari B) kelishik qo‘shimchalari
C) –man, -san, -dir qo‘shimchalari D) barchasi to‘g‘ri.
94. Ega va kesim shaxsda moslashmagan gapni toping.
A) Qushlar sayraydi. B) Dadam keldilar. C) Shularni ko‘rib, tabiatga hayron qolasan kishi. D) A va B.
95.Qaysi gapda fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmagan?
A) Jur’atsizlik bizda faqat nafrat uyg‘otadi. B) Hasad hech qachon quvonchni bilmaydi. C) Izlaganimiz yonimizda bo‘lganligini biz doim kechikib tushunamiz. D) Moviy osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.
96. Qaysi gapda fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmagan?
A) Bizning nevaralarimiz, shubhasiz, xalqimiz qahramonligini eslaydilar. B) Har kimning qalbida o‘z xalqining jajji qiyofasi yashaydi. C) Yaxshi kishilar yuksak axloqiy etuklik va yuksak axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar. D) Moviy osmonda oq bulutlar suzib yuribdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |