Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test


Shaxsi topilmas gap qaysi qatorda?


Download 143.09 Kb.
bet9/49
Sana02.06.2024
Hajmi143.09 Kb.
#1838901
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.-fayllar.org

62. Shaxsi topilmas gap qaysi qatorda?
A) Bu xabarni eshitganman. B) Umrni oqar suvga o‘xshatishadi. C) Mehnat bilan hamma narsaga erishsa bo‘ladi. D) Oydin kecha. Hali tong otishidan darak yo‘q.
63. Shaxsi noma’lum gapni toping.
A) Nimani xor tutsang, shunga zor bo‘lasan. B) Halol odamni badnom qilib bo‘lmaydi. C) Bilmaganni boshqalardan o‘rganadilar.D) Sizga baxt tilayman.
64. Atov gap qaysi qatorda?
A) Xo‘p, o‘rtoq shifokor! B) Bolalikka buyuk ehtirom bilan qarash lozim. C) Mana Hirot. Husayn Boyqaro saroyi. Hamma motamda. D) Shu yorug‘ yo‘lda sizga zo‘r baxtlar tilayman.
65. Tasdiqni bildiruvchi so‘z-gapni belgilang.
A) - Kecha muzeyga bordingizmi? - Ha, bordik. B) Laylakning ketishini emas, kelishini kutadilar. C) Uh! Rosa charchadim.
D) - Ertaga Yangierga borasizmi? - Ha.
66. Odobli kishini hamma hurmat qiladi. Ushbu gap tahliliga oid javoblarning qaysi biri xato?
A) sodda gap B) sodda yoyiq gap
C) darak gap D) shaxsi umumlashgan gap.
67. Bir bosh bo‘lakli gap qaysi qatorda berilgan?
A) Halol mehnat kishini ulug‘laydi. B) Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. C) Paxtakor o‘zbekman - zabardast, mag‘rur. D) Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
68. Qaysi qatorda to‘liqsiz gap bor?
A) Bu maydonga nima ekiladi? B) Olamni quyosh yoritadi, insonni – ilm. C) Farg‘ona vodiysi naqadar go‘zal! D) Abdulla kelayotgan emish. - Rostdanmi?
69. Ikki dugona termilib qolishdi. Bu gap grammatik asosiga ko‘ra qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) bir bosh bo‘lakli gap B) yig‘iq sodda gap
C) yoyiq sodda gap D) shaxsi ma’lum gap
70. Yigit ham shunaqa bo‘ladimi? Ushbu gap qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) sodda yig‘iq gap B) sodda yoyiq gap C) bir bosh bo‘lakli gap D) A va C

Download 143.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling