Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test


Bir bosh bo‘lakli gap qo‘llangan qatorni aniqlang


Download 143.09 Kb.
bet8/49
Sana02.06.2024
Hajmi143.09 Kb.
#1838901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.-fayllar.org

53. Bir bosh bo‘lakli gap qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) Qo‘rqoq hamma narsadan mahrum. B) Elni ixtilof buzadi. C) O‘tgan narsa hamisha totli. D) Toshdan gavharni farq qilish kerak.
54. Shaxsi ma’lum gapni toping.
A) Otangning amaliga suyanma. B) Kitoblarni kutubxonaga topshirgani ketdi. C) Hayotni go‘zalliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. D) Keksalikni ko‘prikka tashbeh qiladilar.
55. Bir bosh bo‘lakli gapni toping.
A) Insonni bilish uchun uni sevish kerak. B) Nahotki, bugun yomg‘ir yog‘sa? C) Hayotning go‘zalligi ham xalqlarning rang-barangligida emasmi? D) Saida bu suhbatni diqqat bilan kuzatdi.
56. Qish kelib, o‘riklar gulladi. Ushbu gap qaysi jihatdan bog‘lanmagan?
A) grammatik jihatdan B) ohang jihatdan
C) mazmun jihatdan D) grammatik va mazmun jihatdan
57. Sodda va qo‘shma gaplar asosan qaysi xususiyatga ko‘ra farqlanadi?
A) sodda va qo‘shma gaplar tarkibidagi bo‘laklarning ko‘p yoki ozligiga ko‘ra B) grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra
C) qo‘shma gapda ikki va undan ortiq alohida sodda gaplar ishtirok etishiga ko‘ra. D) B va C
58. Quyidagi gap qaysi qatorda grammatik jihatdan noto‘g‘ri tahlil qilingan? Ko‘p o‘qigan kishi ko‘p biladi.
A) qo‘shma gap B) ergash gapli qo‘shma gap C) ikki bosh bo‘lakli gap D) A va B.
59. Siddiqjon nimalar to‘g‘risida so‘zladi? – Maktab tajriba uchastkasi haqida. Bu to‘liqsiz gapda qaysi bo‘laklar ifodalanmagan?
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega, kesim
60. Bir bosh bo‘lakli gap qaysi qatorda?
A) Mayin shamol sadalarning ko‘m-ko‘k yaproqlari bilan o‘ynashmoqda. B) Ma’naviy fazilatlar husnni oshiradi. C) Hamma narsaga asta-sekin erishiladi. D) Men bu institutning dovrug‘ini ko‘p eshitganman.
61. Shaxsi umumlashgan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Yaxshilik qilganga zinhor yomonlik qilma. B) Qirq besh yildan beri she’r yozaman.C) Tabiatni onaga qiyos qilishadi.
D) Ma’naviyatsiz yashab bo‘lmaydi.

Download 143.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling