120. Biz tong qorong‘isida Rishtonga etdik. Mazkur gap qaysi qatorda to‘g‘ri tahlil qilingan?
A) Biz – ega, etdik – kesim, tong – belgisiz qaratqich aniqlovchi, qorong‘isida – hol, Rishtonga – hol. B) Biz – ega, etdik – kesim, tong – aniqlovchi, qorongisida – to‘ldiruvchi, Rishtonga – hol. C) Biz – ega, etdik kesim, tong qorong‘isida – hol, Rishtonga – to‘ldiruvchi. D) Biz – ega, etdik – kesim, tong qorong‘isida – hol, Rishtonga - hol
121. Ko‘pni yomonlagan ko‘muvsiz qolar. Ushbu maqoldagi gap bo‘laklari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi, kesim C) to‘ldiruvchi, ega, hol, kesim D) to‘ldiruvchi, ega, kesim
GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI
1-§. Uyushiq bo‘laklar haqida umumiy ma’lumot
122. Lekin bu musiqa jimjitlikni buzmas, balki uni quyultirardi. Ushbu gapda zidlov bog‘lovchisi qanday bo‘laklarni bog‘lagan?
A) gap tarkibidagi sodda gaplarni B) uyushiq bo‘laklarni
C) turli gap bo‘laklarini D) bog‘lovchi vazifasini bajarmagan
123. Qaysi qatordagi gapda uyushiq bo‘laklar mavjud emas?
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Xalqqa qaradi-yu, lekin gapirmadi. C) Til bilan dil bir bo‘lishi kerak D) Men asta-sekin bu xonadonning past-balandini yaxshi o‘rganib oldim.
124. O‘zbek tilida gapning uyushgan bo‘laklarini bog‘lash vazifasida nisbatan kam qo‘llanadigan bog‘lovchilarni aniqlang.
A) biriktiruv bog‘lovchilari B) zidlov bog‘lovchilar C) ayiruv bog‘lovchilari D) A, B
2-§. Uyushiq qator a’zolarining o‘zaro aloqaga kirishuvi
125. Uyushgan egalar shaxsni anglatsa, kesim qanday shaklda bo‘ladi?
A) Kesim ko‘plik shaklda qo‘llanadi. B) Kesim birlikda qo‘llanadi. C) Kesim fe’l bilan ifodalansa, ko‘plikda, sifat, ravish, son bilan ifodalansa, birlikda qo‘llanadi. D) Kesim birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |