173. Qaysi qatorda kirish gap berilgan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q. B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi. C) Gapning po‘sakallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi. D) Qishloqning orqa tomonida, es-es bilaman, katta uzumzor bor edi.
1-§. Undalma
174. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Asabga zo‘r bermang, odamlar... B) Salom senga, bahor ko‘rki majnuntol. C) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating. D) Vatan, sen munchalar ko‘rkam!
175. Yoyiq undalmali gapni toping.
A) Behudaga, o‘g‘lim, egma bosh. B) Otello, Otello, sening ishqingdan, Hayratga tushishning o‘zi bir sevgi. C) Salom senga, ko‘k archa, Qishin-yozin yashnaysan. D) Amudaryo, seni qalbdan kuylayman...
176. Uyushiq undalmali gapni toping.
A) Baxtiyor yoshlar, to‘g‘ri yo‘ldan adashmang, yoshlikni behuda o‘tkazmang B) Menda ixtiyor yo‘q, oyijon! - dedi Kumush. C) Kuyla, kuyla, respublikam, baralla! D) Xayr, yashil o‘rmonlar, moviy dengizlar!
177. To‘g‘ri so‘zi kirish so‘z vazifasini bajargan qatorni aniqlang.
A) To‘g‘ri so‘z toshni kesadi. B) To‘g‘ri o‘zadi, egri ozadi.
C) Sen misolni to‘g‘ri echding.D) To‘g‘ri, men yanglishibman.
178. Gap bo‘laklari bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydigan so‘z qaysi gapda qo‘llangan?
A) To‘g‘ri, o‘zbek adabiyotining tarixi ming yillar bilan belgilanadi. B) Qirlar bag‘rini hali ko‘m-ko‘k, saf-saf pistalar, do‘lanalar bezab turibdi. C) Asal ta’sirida yuzda qizillik, bilakda kuch, ko‘zda nur etarlicha bo‘ladi. D) Ba’zi vaqtda, sug‘orish paytlarida, kechalari ham tinim bo‘lmas edi.
179. Undalmali gapni aniqlang.
A) Inson ezgulikni va ulug‘likni orzu qilishi kerak. B) Oh, umr o‘tdi-ketdi oqar suvday! C) Sharofat, aftidan, bunaqa gaplar bilan Siddiqjonning g‘ashiga tegmoqchi edi. D) Hoy, quyoncha, o‘zing qayoqqa ketyapsan?
Do'stlaringiz bilan baham: |