180. Yig‘iq undalmali gapni toping.
A) Aziz birodarlar, mehnatkash do‘stlar, hammamiz ham xalqimiz boyligi bo‘lgan paxtadan manfaatdormiz. B) Duradgor, amakim, kecha mukofot oldi. C) Oh, mayin allalarga boy ekansan, Farg‘ona! D) Cho‘lni obod qilish savob ish, albatta.
181. Sifat bilan ifodalangan undalma qaysi gapda berilgan?
A) Aziz vatan, mehring, ishqing bilan to‘liq ovozim. B) Sevan ko‘li, ruxsoringga g‘ubor qo‘nmasin... C) Dunyoni qizg‘anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
D) Beshinchi, beshinchi, uchinchiga quloq sol.
182. Undalmalar gap bo‘laklari bilan qay jihatdan bog‘lanmaydi?
A) ma’no B) ohang C) grammatik D) B va C
183. Undalmalar odatda qaysi shaxsga qaratilgan bo‘ladi?
A) I shaxsga B) II shaxsga C) III shaxsga D) II va III shaxsga
2-§. Kirish so‘z va kirish birikma
184. Kirish gapni aniqlang.
A) O‘qish, o‘rganish, hormay zo‘r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga etkazadi. B) Men sizga aytsam, buyuklikka eng yaqini halollikdir.C) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? D) Afsus, ming bor afsuski, bu xayolgina, xolos.
185. Dunyoda hech bir xalq to‘g‘ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga. Ushbu gapdagi mening bilishimcha birikmasi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) murakkab kesim B) mening – aniqlovchi; bilishimcha – kesim C) mening bilishimcha – aniqlovchi D) kirish birikma
1-§. Undalma
186. Undalma uyushiq holda qo‘llangan gapni toping.
A) Oyi, oyi, menga-chi, tutib bersin ninachi. B) So‘yla, so‘yla, ko‘zgujon, Haqiqatni et bayon. C) Gunafshaxon, gunafsha, Kulishlaring chiroyli. D) Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar.
187. So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z qaysi gapda berilgan?
A) Ey farzand, fe’l-atvoring kishilarni ranjitmasin.B) O‘qishdan keyin sof havoda dam olamiz, albatta. C) Oy tangalari suv betida milt-milt oqadi. D) Bu joylar shuqadar chiroyli, shuqadar go‘zal!
Do'stlaringiz bilan baham: |