Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test


Gumon ma’nosini bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda?


Download 143.09 Kb.
bet26/49
Sana02.06.2024
Hajmi143.09 Kb.
#1838901
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.-fayllar.org

188. Gumon ma’nosini bildiradigan kirish so‘z qaysi qatorda?
A) Xullas, o‘zbek paxtakori mo‘l hosil etishtirish uchun hamma kuch, vositalarga ega bo‘lishi kerak. B) Darvoqe, bu gap agronomning uyida ham aytilgan edi. C) Yaxshi ishlasam, albatta, chakki bo‘lmaydi.D)Dadam, ehtimol, Qo‘qonga ketgandir.
2-§. Kirish so‘z va kirish birikma


189. Kirish birikmani toping.
A) Olimning ta’kidlashicha, izchil mehnat hamma to‘siqlarni engadi. B) Menimcha, badiiy asar o‘qish yaxshi hordiq chiqarishdir. C) Nihoyat, Sultonmurod Hirot voqealari haqida gapirishni so‘radi. D) Haqiqatan, Kimsan bugun unumli mehnat qilgan edi.
190. 1. Jahonga yuz tutgan O‘zbekistonim, sening har bir yutug‘ing mening yutug‘imdir. 2. O‘g‘lim, Yodgor! Aftidan sen bu gaplarni eshitmagansan. 3. O‘-o‘, do‘stim. Buning hammasi xom xayol. 4. Sobir! Eski oshnalaringni topib keldim. Ushbu gaplarning qaysi biri tarkibida yoyiq undalma mavjud?
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 C) 3, 4 D) 2, 3
1-§. Undalma
191. Yoyiq undalmani aniqlang.
A) Asabga zo‘r bermang, odamlar. B) Salom senga, polosonlik Haydar kapitan! C) Seni, archa, bugun barcha, Mehr bilan bezatar. D) Oyi, oyi menga-chi, tutib bersin, ninachi!
192. Nasriddinovning xonadonida beminnat xizmat qiladi, bog‘-chorbog‘idan, chorvasidan xabar oladi. (Nasriddinovning «xobbisi» bir juft qo‘y, o‘n-o‘n besh tovuq boqish edi.) Gapdagi qavsga olingan jumla nimani bildiradi?
A) ajratilgan izoh bo‘laklarni B) kirish birikmani
C) kirish gapni D) uyushiq bo‘laklarni
193. Xanda ur, jo‘sh ur, yurak, ozod zamindur bu zamin, Nazm tuz, Erkin, axir, erkin zamondur bu zamon. Mazkur gapda undalma kimga qaratilgan?
A) tinglovchiga B) so‘zlovchiga
C) uchinchi shaxsga D) jonsiz narsalarga



Download 143.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling