Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test


Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang


Download 143.09 Kb.
bet28/49
Sana02.06.2024
Hajmi143.09 Kb.
#1838901
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili (Sintksis) fanidan YaB uchun test.-fayllar.org

199. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gapni aniqlang.
A) Ko‘z yoshi yo ko‘ngildagi g‘am-g‘ussaning damini kesish, yo berahmning rahmini keltirish uchun to‘kiladi. B) Uyatsizlik hamma narsa uchun dog‘, hayo hamma narsa uchun ziynatdir. C) Qorong‘i kechada otilgan mushak ham go‘zal, quyoshga qarab xandon tashlab turgan gul ham go‘zal.
D) Dam jahlim chiqadi, dam kulgim keladi.
200. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni toping.
A) Adabiyotga o‘g‘ri mushukka o‘xshab tuynukdan oshib tushadiganlar ham bo‘ladi. B) Nima uchun ko‘cha harakat qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi? C) Sen berahm bo‘lsang ham, ammo Men dushmanlik qilmasman aslo. D) Taqdirimiz birdir, go‘zalim Gar o‘rtada daryo bo‘lsa ham.
201. Voqea-hodisalarning o‘zaro zidlanish mazmunini ifodalagan bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A) Bu odam to‘nkarilib qolgan qo‘ng‘izga o‘xshaydi, o‘nglab qo‘yadiganlarning qo‘lini sasitadi. B) Adabiyot atomdan kuchli, lekin kuchini o‘tin yorishga sarflash kerak emas. C) O‘quvchi asarimizni qiziqib, shavq bilan o‘qimas ekan, uning g‘oyasini obrazlar orqali qabul qilmas ekan, maqsadimiz qog‘ozda qolaveradi. D) Ba’zi so‘zlarda sehr bo‘ladi, ba’zi she’rlarda hikmat bo‘ladi.
202. Quyidagi gapning tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang. Ishim to‘g‘rilanib ketdi ham erim o‘zimga qoldi.
A) bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘lovchisiz qo‘shma gap C) ergashgan qo‘shma gap D) uyushiq bo‘lakli sodda yoyiq gap
203. Ushbu birliklardan qaysi biri qo‘shma gapning teng huquqli qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?
A) -u, -yu, -da B) va, hamda, ammo, lekin
C) chunki, shuning uchun D) A, B
204. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini qo‘rquv bosadi.(O.) Ushbu gapning turini toping.
A) bog‘langan qo‘shma gap B) zidlov munosabatli
C) biriktiruv munosabatli D) ayiruv munosabatli

Download 143.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling