161. Qaysi qatorda kirish gap qo‘llangan?
A) Sharqning kattakon adabiyotini bilish uchun, afsuski, bizning yoshlarimizda intilish yo‘q. B) Kecha, desangiz, yomg‘ir yog‘ib qoldi. C) Gapning po‘skallasini aytganda, kiyim-kechak masalasida ham yordam berishadi. D) Ibrohim, Qurbon ota aytmoqchi, gullarni o‘z ilmi bilan bahramand qilmoqchi.
162. Menimcha, fikrimcha, aytishlaricha, nazarimda, eshitishimcha kirish so‘zlarining ifodasi to‘g‘ri berilgan qatorni ko‘rsating.
A) his-hayajonni ifodalaydi B) fikrni shakllantirishga xizmat qiladi C) fikrning tartibini ko‘rsatadi D) fikr manbaini ko‘rsatadi
1-§. Undalma
163. Qaysi gapda undalma mavjud emas?
A) - Qulluq, qulluq, G‘afurjon. B) Samarqand, Samarqand! degani shu ekan-da! C) - Hoy! Sizni kutib turibmiz. D) - Hoy, soqoling to‘kilgur, - dedi xotin,- bu qanday qiliq?
2-§. Kirish so‘z va kirish birikma
164. Kirish gapni aniqlang.
A) Bugun menga bir qarashib yubormaysanmi, Otabek? B) Afsus, ming bor afsuski, bu bir xayolgina , xolos. C) O‘qish, o‘rganish, hormay zo‘r ishtiyoq bilan ishlash, shubhasiz, g‘alabalarga etkazadi. D) Bu voqeadan Qodirni ham (sen uni taniysan) xabardor qildim.
165. Tarkibida ega ham qatnashgan undalmali gapni toping.
A) Umidaxon, bu kishiga kabinetlarini ko‘rsating. B) Ey, yaxshilar, bir-birimizga mehr-oqibatli bo‘laylik C) Asabga zo‘r bermang, odamlar. D) Ey farzand, aytar so‘zing, fe’l-atvoring odamlarni ranjitmasin.
3-§. Kiritma gap
166. Kirish gap (kiritma gap) berilgan qatorni toping.
A) Niyatingga etkur, quloq sol B) Bir so‘z bilan aytganda, tabiat ayolni alohida mahorat va muhabbat bilan yaratgan. C) Qosimjon aka (u bizdan to‘rt-besh yosh katta edi) choy olib keldi. D) Boboning aytishicha, bir vaqtlar bu telefonni Orif oqsoqolga eng katta oqsoqol sovg‘a qilgan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |